Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova


Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

10.2. Buxgalteriya balansi va uning tarkibiy tuzilishi: aktivlar, kapital 
va majburiyatlar 
Buxgalteriya balansi axborotlariga tayangan holda xo‗jalik yurituvchi 
subyektning moliya-xo‗jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. 
Buxgalteriya balansidagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat 
buxgalteriya balansi tuzilishi to‗g‗risida tasavvurga ega bo‗lish, balki uning 
moddalari va ayrim ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi mantiqiy va o‗ziga xos 
bog‗liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni 
o‗qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya balansining aktivi va passivining tuzilishi hamda mazmuni 
undagi axborotdan foydalanuvchilar, eng avvalo, tashqi foydalanuvchilarga 
qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning 
joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim 
turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalarning batafsillik darajasini 
yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
10.3-jadval 
Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy jihatlari 
Buxgalteriya balansi 
elementlari 
Tavsifi 
Aktivlar 
Subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan 
daromad 
olish 
maqsadida 
avvalgi 
faoliyat 
natijasida olingan iqtisodiy resurslardir
 
Xususiy kapital (sarmoya) 
Subyektning 
majburiyatlarini 
chegirib 
tashlagandan keyingi aktivlaridir 
Majburiyatlar 
Shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) 
foydasiga muayyan ishni amalga oshirish, masalan 
mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‗lash 
va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti- 
harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor 
esa qarzdordan o‗z majburiyatlarini bajarishini 
talab qilishga haqlidir 


291 
Buxgalteriya balansini moliyaviy tahlilga tayyorlash yuzasidan uning 
elementlari va moddalarini turli tasnifiy belgilari bo‗yicha ko‗rsatkichlar tizimiga 
jamlash talab etiladi. Bu tasnifiy belgilar ularning shakli, aylanuvchanlik darajasi, 
likvidligi bo‗lishi mumkin.
10.4-jadval 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin