296
Xususiy
sarmoya
ustav,
qo‗shilgan,
zaxiralar
sarmoyadan
va
taqsimlanmagan foydadan iboratdir. Zarur hollarda ustav, qo‗shilgan zaxiralar
sarmoya tahliliy jihatdan hisobga olinadi.
Buxgalteriya balansidagi xususiy sarmoyaning miqdori aktivlar qiymatini va
majburiyatlarni baholashga bog‗liqdir.
Buxgalteriya balansida zaxiralar alohida tarkiblanadi. Ularning ahamiyati va
zarurligi yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarni yoki zararlarni
kamaytirishga qaratilgan.
Xo‗jalik yurituvchi subyektni va kreditorlarni zararlarning oqibatlaridan
qo‗shimcha tarzda himoya qilishni ta‘minlash uchun zaxiralarni vujudga keltirish
zarur. Zaxiralarni hosil qilish va ularning miqdori haqidagi axborot qarorlar qabul
qilishda foydalanuvchilar uchun ahamiyatlidir. Zaxiralarni vujudga keltirish
xo‗jalik yurituvchi subyektga doir qonunchilikda va ustavda (soliq qonunlarini
buzmagan holda) ko‗zda tutiladi.
Aktivlar kapital va majburiyatlarni tan olish va ularni buxgalteriya
balansida aks ettirish tartiblari.
Dostları ilə paylaş: