303
shaxslar bilan bo‗ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‗lovga qobillik va
moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi.
Korxonaning
moliyaviy
holati
uning
moliyaviy
resurslar
bilan
ta‘minlanganlik darajasini, raqobatbardoshlik va bankrotlik darajasini, moliyaviy
barqarorlik va to‗lovga qodirlik holatini, davlat va boshqa xo‗jalik subyektlari
oldidagi majburiyatlarini bajarishga qodirligi kabi ko‗rsatkichlarni tavsiflovchi
kategoriya va jarayonlar natijalari majmuini o‗z ichiga oladi.
Moliyaviy holatni o‗rganish va tahlil etish orqali xo‗jalik subyektining
samarali faoliyatini yo‗lga qo‗yish va uni o‗stirish imkoniyatlarini baholashga,
korxona ishlab chiqarish, tijorat va moliya faoliyatidan moliyaviy resurlarning
kirimiga va ulardan moliyaviy holatni o‗stirishda foydalanish darajalariga,
moliyaviy natijalarni kutilishini prognozlash va iqtisodiy rentabellikni xo‗jalik
faoliyatining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda oshirishning yo‗llarini
belgilashga, moliyaviy resurslardan yanada samarali foydalanishning chora-
tadbirlarini belgilashga imkon tug‗iladi.
Moliyaviy raqobatdoshlikka va to‗g‗ri moliyaviy siyosatni yuritishga
korxona foydasini maksimallashtirish, kapital tarkibini optimallashtirish va uning
moliyaviy barqarorligini ta‘minlash, mulkdorlar (qatnashchilar, ta‘sischilar),
investorlar va kreditorlar uchun moliyaviy holatning jozibadorligini oshirish,
korxona boshqaruvi yuzasidan samarali mexanizmni shakllantirish, shuningdek,
moliyaviy resurslarni jalb etishda bozor mexanizmining barcha imkoniyatlaridan
foydalanish orqali erishish mumkin.
Moliyaviy holatni baholash orqali ikkita natijaviy ko‗rsatkichga ega
bo‗linadi. Birinchisi korxona boshqaruv apparatining faoliyatiga baho beriladi,
ikkinchisi moliyaviy holatning ayrim ko‗rsatkichlarini prognozlash imkoni
tug‗iladi.
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida moliyaviy hisobotlarga
quyidagicha tasnif beriladi.
Dostları ilə paylaş: