451
12.6. Muddati o„tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari va ular
yuzasidan rezervlar tahlili.
Amalda tovarlar jo‗natilgan ishlar bajarilgan, xizmatlar ko‗rsatilgan kundan
boshlab 90 kun o‗tgandan keyin, yetkazib berilgan tovarlar, ko‗rsatilgan xizmatlar
va bajarilgan ishlar uchun mablag‗lar kelib tushmaganligi muddati o‗tib
ketgan
debitorlik qarzi deb hisoblanadi, qonunchilikda belgilangan hollar bundan
mustasno.
62
Muddati o‗tgan qarzdorlik tahlilida analitiklar nimalarga e‘tibor berishi
lozim?
Birinchidan: muddati o‗tgan majburiyatlar yuzasidan
avvalo axborotlarning
aniqligi, ishonchligi va asosligiga ahamiyat qaratish lozim. Debitorlik va
kreditorlik qarzlari muddati o‗tgan majburiyat sifatida nazoratga olinadi qachonki,
yuqorida qayd etilgan (3 oy yoki 90 kalendar kun) muddat o‗tsa. Debitorlik va
kreditorlik qarzlarini balans qatorlari bo‗yicha juda ko‗p tarkibiy qatorlari
guruhlanadi. Lekin ushbu tartib qarzdorlikning faqat mahsulot (tovar,
ish va
xizmat)larga tegishli bo‗lgan qismiga tegishli. Ya‘ni, xaridor va buyurtmachilardan
majburiyatlar hamda mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan qarz qatorlariga
nisbatan qo‗llaniladi. Negaki, qolgan majburiyatlarni undirish va to‗lash tartiblari,
ularni kechiktirish shartlari va talablari tegishli majburiyatlar bo‗yicha qonunchilik
normalarida aniq belgilab qo‗yilgan. Masalan, soliqlar va majburiy to‗lovlar
bo‗yicha majburiyatlarni to‗lash tartibi va muddatlari Soliq kodeksida, mehnat haqi
bo‗yicha majburiyatlarni to‗lash tartibi va muddatlari Mehnat kodeksi va kasaba
uyushmalari bilan uch
tomonlama kelishuv aktlarida, sug‗urta bo‗yicha
majburiyatlarini to‗lash tartiblari va muddatlari sug‗urta qonunchiligi (ikki
tomonlama shartnomalarda) aniq belgilab qo‗yilgan.
Muddati o‗tgan debitor va kreditor qarzdorlik korxonalarni umidsiz qarzlari
sirasiga kiradi. Ularni undirish ehtimoli kamdan kam hollardagina kuzatiladi. Shu
sababli umidsiz qarzlar bo‗yicha boy berilgan imkoniyatlarni o‗rnini qoplash
62
Президентнинг ―Халқ хўжалигида ҳисоб-китоблар ўз вақтида ўтказилиши учун корхона ва
ташкилотлар раҳбарларининг маъсулиятини ошириш борасидаги чора-тадбирлар тўғрисида‖
12.05.1995 йилдаги ПФ-1154-сон Фармонининг 2-банди.
452
maqsadida qarzdorlik yuzasidan zaxiralar tashkil etilishi tartibi belgilangan. Kuchli
raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti albatta bir turdagi korxonalarning iqtisodiy
nochorlikka yuz tutishiga sabab bo‗ladi. Xaridor va buyurtmachi sifatida doimiy
hamkorlarning nochorlikka yuz tutishi va bankrotlikka
uchragan korxonalarda
qarzni undirishdan harakatlarini boshlashdan yoki davom ettirishdan ko‗ra ushbu
qarzlardan ba‘zan uzil-kesil umidni uzish ham foydali hisoblanadi.
Umidsiz qarzlar yuzasidan zaxiralarni tashkil etishning albatta bitta manbasi
mavjud u ham bo‗lsa, korxonaning sof foydasidir. Umidsiz qarzlarni xarajatlar
hisobiga shakllantirishga yo‗l qo‗yilmaydi.
Umidsiz qarzlar yuzasidan zaxiralarni shakllantirish tartibi va hajmi korxona
mulkdorlari kelishuvi hamda belgilovi asosida hal etiladi.
Umidsiz qarzlar zaxirasini ishlatish oqlanish ehtimoli yo‗qqa chiqarilgan va
oqlanish ehtimoli kichik bo‗lgan qarzdorliklar bo‗yicha amalga oshiriladi. Agarda
umidsiz qarzlar bo‗lmagan, zaxira ishlatilmagan hollarda undagi mablag‗lar
korxona sof foydasiga qaytariladi va boshqa maqsadlarga ishlatiladi.
Xo‗sh umidsiz qarz nima?
Umidsiz qarz – sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi,
qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki vafot etishi oqibatida yoxud
ilish muddati
o‗tishi oqibatida uzish mumkin bo‗lmagan qarzdir.
63
Korxonalar debitorlik qarzi bozor qiymatini baholash buxgalteriya
hisobining milliy standartlariga ko‗ra quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
birinchidan, qarzdor tashkilotlar buxgalterlik hisoboti (Buxgalterlik balansi
(1-shakl)), shuningdek, buxgalterlik balansiga ilova
asosida debitorlik qarzi
strukturasi va harakati tahlili amalga oshiriladi, keyin esa buxgalterlik hisobi
registrlari va birlamchi hujjatlashtirish ma‘lumotlari asosida aniq xo‗jalik
shartnomalari bo‗yicha debitorlar kesimida debitorlik qarzi summalari
inventarizatsiyadan o‗tkaziladi. Inventarizatsiya natijalariga ko‗ra debitorlik qarzi
qarzdor tashkilotlar bo‗yicha aniqlashtiriladi, uning umumiy summasidan undirib
olish umidsiz qarzlar va muddati uch oydan ortiq qarzdorlik ajratiladi;
63
Ўзбекистон Республикаси Солиқ кодекси, 22-модда
453
ikkinchidan, korxonalarning moliyaviy holatini baholash va balansning
qoniqarsiz strukturasini aniqlash bo‗yicha moliyaviy ko‗rsatkichlar (va
ularning
o‗lchov qiymatlari) asosida har bir debitorning moliyaviy ahvolini baholash
o‗tkaziladi.
Shunday qilib, qarzdorlikning umumiy hajmidan undirilishi umidsizlarni
ajratishni va keyin debitor korxona moliyaviy holati: joriy likvidlik koeffitsiyentini
hisoblash, o‗z mablag‗lari bilan ta‘minlanganlik koeffitsiyenti va to‗lovga
qobillikni tiklash koeffitsiyentini tahlil qilishni nazarda tutiladi. Fikrimizcha,
debitor korxonalar tahlili korxona to‗lovga noqobil ekanligini ko‗rsatsa, aynan turli
nuqtayi nazardan korxonalar faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy ko‗rsatkichlarni
tahlil qilish kerak.
Muddati o‗tgan majburiyatlarni tahlil etishda buxgalteriya
balansiga ilova
sifatida beriladigan muddati o‗tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi
ma‘lumotlaridan foydalaniladi.
Uning tuzilishi quyidagi tarkibiy birliklarni o‗z ichiga oladi. Ushbu
rasshifrovka muddati o‗tgan qarzdorlikka mavjud bo‗lgan hollarda to‗ldiriladi.
12.6-jadval
Dostları ilə paylaş: