Operatsion faoliyat. Xo‗jalik yurituvchi subyektning operatsion faoliyati
natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo‗jalik yurituvchi subyekt amalga
oshiradigan operatsion faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati
462
ssudalarni to‗lash, xo‗jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvatlarini
saqlab turish, dividendlarni to‗lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga
murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik yetarli ekanini aks
ettiruvchi asosiy ko‗rsatkich hisoblanadi. Operatsion faoliyatdan keladigan oldingi
pul oqimining ayrim qismlari to‗g‗risidagi axborotdan operatsion faoliyatdan
bo‗lajak pul oqimlarini prognoz qilish uchun axborotning boshqa turlaridan
qo‗shib foydalanish mumkin bo‗ladi.
Operatsion faoliyatdan pul oqimi xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy
faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo‗jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati
mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko‗rsatishga qaratilgan
bo‗ladi. Operatsion faoliyatdan asosiy pul oqimiga quyidagilar kiradi
65
:
a)
tovarlarni sotish va xizmat ko‗rsatishdan tushgan pul;
b)
royalti, badallar, vositachilik haqi va o‗zga yo‗llar bilan pul mablag‗lari
tushumi;
c)
tovarlar va xizmatlar uchun ularni yetkazib beruvchilarga pul to‗lovlari;
d)
xodimlarga va xodimlar nomidan to‗lovlar;
e)
sug‗urta kompaniyasining sug‗urta polislari bo‗yicha mukofotlari,
talablari, yillik va o‗zga to‗lovlari bo‗yicha pul tushumlari va to‗lovlari;
f)
soliqlar bo‗yicha pul to‗lovlari yoki uning o‗rnini bosuvchi to‗lovlar,
agar ular investitsiya va moliya faoliyatiga taalluqli bo‗lmasa;
g)
savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo‗yicha pul
tushumlari va to‗lovlari;
h)
boshqalar.
Asosiy vositalar birliklarini sotish kabi ayrim operatsiyalar bo‗yicha foyda
kelishi va zarar ko‗rilishi mumkin, ular sof foyda yoki zarar qatoriga kiritiladi.
Lekin bunday bitimlar bo‗yicha pul oqimi investitsiya faoliyatidan chiqadigan pul
oqimlariga kiritiladi.
65
Ўзбекистон Республикаси бухгалтерия ҳисобининг миллий стандарти 9-сон БҲМС Пул оқими
тўғрисидаги ҳисобот. Ўзбекистон Республикаси Молия Вазирлиги томонидан тасдиқланган
16.10.1998 й.
463
Korxona vositachilik yoki savdo maqsadlari uchun qimmatli qog‗ozlar yoki
ssuda olgan bo‗lishi mumkin, bunday holatlarda ular qayta sotish uchun xarid
qilingan tovar-moddiy zaxiralarga o‗xshash bo‗ladi.