Moliyaviy faoliyat. Xo‗jalik yurituvchi subyekt moliyaviy faoliyatidan
bo‗ladigan pul oqimlari to‗g‗risidagi axborotni alohida ko‗rsatadi. Bu axborot
moliyaviy faoliyatdan bo‗lajak pul oqimlarini taxmin qilish uchun zarur bo‗ladi.
Moliyaviy faoliyatdan keladigan asosiy pul oqimlariga quyidagilar kiradi:
a)
aksiyalar yoki o‗z mablag‗i bilan bog‗liq boshqa vositalarni chiqarishdan
keladigan pul tushumlari;
b)
subyektlar aksiyalarining haqini to‗lash yoki sotib olish uchun ularning
egalariga to‗lovlar;
c)
ta‘minlanmagan obligatsiyalar emissiyasidan, moliya korxonalari
tomonidan berilgan ssudalardan, garovga qo‗yilgan va boshqa qisqa hamda uzoq
muddatli zayomlardan pul tushumlari;
d)
zayomlarni to‗lash;
e)
moliyaviy
lizing
bo‗yicha
majburiyatlarni
qisqartirish
uchun
ijarachilarning to‗lovlari;
f)
va boshqalar.
Pul oqimini tahlil etishni o„rganish maqsadi va vazifalari. Tahlil maqsadi: moliyaviy hisobot ma‘lumotlari asosida pul oqimini
obyektlari, faoliyat turlari, shakli va davri bo‗yicha o‗rganish orqali xo‗jalik
yurituvchi subyektning pul mablag‗larini ichki va tashqi omillarga bog‗liq holdagi
o‗zgarishlarini retrospektiv va perspektiv tahlilini amalga oshirish orqali ularni
maqsadli boshqarishni yo‗lga qo‗yishdan iborat.
Tahlil vazifalari: - pul oqimi to‗g‗risidagi hisobotni tasniflash, pul oqimini tarkib qatorlari
bo‗yicha o‗rganish;
- pul oqimini joriy tahlilini va istiqboldagi prognozlarini tashxislash;
- pul oqimining sof kirimi va chiqimiga baho berish orqali biznes
samaradorligiga baho berish;
- pul oqimining moliyaviy holat va barqarorlikka ta‘sir darajasini, ular
naqdligining likvidlik va to‗lovga qobillikka ta‘sirini baholash;
465
- operatsion va moliyaviy richaglar orqali pul oqimini moliyaviy
koeffitsiyentlarda baholash;
- pul oqimini taktik boshqarishning aniq chora-tadbirlarini belgilab berish va
ularni amalga oshirish.