Toshkent moliya instituti m. Y. Raximov, N. N. Mavlanov, N. N. Kalandarova



Yüklə 5,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə262/287
tarix24.12.2023
ölçüsü5,29 Mb.
#191144
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   287
Iqtisodiy tahlil darslik

Moliyaviy faoliyat
Olingan va to‗langan foizlar 
10.0 
15.0 
15.0 
15.0 
Olingan va to‗langan dividendlar 




Aksiyalar chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan 
bog‗liq bo‗lgan boshqa instrumentlardan kelgan pul 
tushumlari 




Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to‗lovlari 




Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‗yicha pul 
tushumlari va to‗lovlari 
25.0 
25.0 
25.0 
25.0 
Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‗yicha pul 
tushumlari va to‗lovlari 
35.0 
35.0 
35.0 
35.0 
Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va 
to‗lovlari 
10.0 
5.0 
5.0 
5.0 
Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirim / chiqim 
(satr 110+/-120+130-140+/-150+/-160+/-170) 
70.0 
65.0 
65.0 
65.0 
Soliqqa tortish 
To‗langan daromad (foyda) solig‗i 
35.0 
35.0 
35.0 
35.0 
To‗langan boshqa soliqlar 
10.0 
10.0 
10.0 
10.0 
Jami: to‗langan soliqlar (satr 190+200) 
45.0 
45.0 
45.0 
45.0 
Jami: moliyaviy-xo‗jalik faoliyatining sof pul kirimi / 
chiqimi (satr 050+/-100+/-180-210) 
100.0 
138.0 
117.0 
130.0 
 
13.5. Asosiy faoliyat, moliyaviy va investitsion faoliyatdan pul oqimlari 
tahlili 
Operatsion faoliyatdan pul mablag‗lari kirimi va chiqimida: hisobot davrida 
sotilgan mahsulot (ish va xizmat)lar uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va 
kassasiga kelib tushgan pul mablag‗lari summasi; mahsulot yetkazib beruvchilarga 
materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‗langan pul mablag‗lari summasi; 
xodimlarga mehnatga haq to‗lash ko‗rinishida to‗langan pul mablag‗lari summasi, 
shuningdek‚ davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗langan mablag‗lar summalari


477 
byudjetga jismoniy shaxslar daromad solig‗ini to‗lash, kasaba uyushmasiga 
ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari 
bo‗yicha to‗lash, xodimlarga ko‗rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq 
to‗lashi, kassadan va bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan 
operatsiyalarga doir boshqa sarflar; operatsion faoliyatga doir boshqa pul 
tushumlari va chiqimlari (royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig‗imlar va 
boshqa operatsion faoliyatdan to‗langan pul mablag‗lari kirimi va chiqimi); 
operatsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi aks etadi. 
Investitsion faoliyatdan pul mablag‗lari kirimi va chiqimida: asosiy 
vositalarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilarga to‗langan pul 
mablag‗lari summalari, asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag‗lar 
summalari; nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot yetkazib 
beruvchiga to‗langan pul mablag‗lari, nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib 
tushgan mablag‗lar summalari; qimmatli qog‗ozlar va investitsiyalar boshqa 
dastaklarini xarid qilish uchun to‗langan pul mablag‗lari summasi, shu jumladan 
vositachilarga komission taqdirlashlar va birjada to‗langan foizlar, qimmatli 
qog‗ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul 
mablag‗lari summasi aks ettiriladi; boshqa investitsion faoliyatga oid to‗langan pul 
mablag‗lari kirim va chiqimi; investitsion faoliyatning sof pul kirimi yoki chiqimi 
aks etadi. 
Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‗larining kirimi va chiqimida: olingan 
(kirim) va to‗langan (chiqim) foizlar summalari; olingan (kirim) va to‗langan 
(chiqim) dividendlar summalari; hisobot yilida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar 
yoki o‗z sarmoyasi bilan bog‗liq boshqa dastaklar uchun aksiyadorlardan kelib 
tushgan pul mablag‗lari summasi; sotib olingan xususiy aksiyalarni sotishdan kelib 
tushgan pul mablag‗lari summalari, shuningdek‚ korxonada bo‗lgan xususiy 
aksiyalar, hissalar va paylar uchun, ularni keyingi sotish yoki yo‗q qilish (bekor 
qilish) maqsadida, egalariga to‗langan pul mablag‗lari summasi; hisobot davrida 
kelib tushgan kreditlar va qarzlar (kirim) summasi, kreditlar va qarzlar bo‗yicha 
to‗lovlar summasi (chiqim); ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to‗langan pul 


478 
mablag‗lari, ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag‗lari 
summasi; boshqa moliyaviy faoliyatga oid to‗langan va olingan pul mablag‗lari 
summasi; moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag‗lari kirimi yoki chiqimi aks etadi. 
Soliqqa tortish pul mablag‗lari chiqimi qatorida: to‗langan daromad (foyda) 
solig‗i, to‗langan boshqa soliqlar va jami to‗langan soliqlar yuzasidan chiqimlar 
aks etadi. 

Yüklə 5,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin