506
14.3. Xususiy kapital va uning o„zgarishini tahlili
Xususiy kapital va uning o‗zgarishini baholashda kapitalning davr boshi va
oxiridaga o‗zgarishlariga va o‗zgarish sabablariga baho beriladi. Kapitalning
o‗zgarishi jamlangan qator va uning tarkibiy birliklari bo‗yicha alohida o‗rganiladi.
Xususiy kapital o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi birliklarga: ustav sarmoyasi,
qo‗shilgan
sarmoya,
zaxira
sarmoyasi,
sotib
olingan
o‗z aksiyalari,
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda bo‗lg‗usi
xarajatlar va to‗lovlar zaxiralarining o‗zgarishi ta‘sir etadi. Jumladan qimmatli
qog‗ozlar emissiyasi bilan bog‗liq jarayonlar ustav va qo‗shilgan sarmoyaning
o‗zgarishiga; uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash rezerv kapitali o‗zgarishiga;
ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‗lgan valyuta kursi farqlari qo‗shilgan
kapital
o‗zgarishiga; rezerv kapitaliga ajratmalar rezerv kapitali va
taqsimlanmagan foyda o‗zgarishlariga; joriy yilning taqsimlanmagan foydasi
jamlangan, taqsimlanmagan foydaning o‗zgarishiga; tekinga olingan mol-mulk
rezerv kapitali o‗zgarishiga; hisoblangan dividendlar taqsimlanmagan foyda
o‗zgarishiga ta‘sir etadi. Xususiy kapitalning shakllanishini yuqorida keltirilgan
manbalaridan tashqari boshqa manbalari barcha tarkibiy birliklarni o‗zgarishiga
ta‘sir etadi.
14.5-jadval
Dostları ilə paylaş: