Modernizatsiyalash jarayonlari


O‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
pedagogika (2)a

O‘quv muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati
Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi 
internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. 
Bu foydalanuvchilar orasida ko‘pchilik qismini albatta, talabalar, o‘quvchilar, 
ilmiy izlanish bilan band bo‘lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib 
aytish mumkinki, ta’lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o‘quv 
muassasalariga bag‘ishlangan veb - saytlardan foydalanish ta’lim sifati va 
samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam 
beradi.
Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib 
borayotgan hozirgi sharoitda o‘quv muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchi 
yoshlarning (umuman har qanday sohada faoliyat ko‘rsatuvchilarning) zarur 
axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch 
keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to‘la va to‘g‘ri hal qila 
olishidagi muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda.
Ta’lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning 
samaradorligini aniklashda avval Internet hizmatining turlari va ularning 
harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan 
ma’lumotlar Internet tarmog‘ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va 
usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikasiyalashga asos qilib 
internetning ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server 


446 
xizmatlarini ikkiga: axborotli va kommunikasion xizmat turlariga ajratish 
kerak.
Axborotli xizmatga WWW (ma’lumotlar majmuasi) va G‘TR (dasturlar 
majmuasi) lar kiritiladi.
Kommunikasion xizmatni esa ikkiga: 
bevosita 
(PC, chat) va 
bilvosita 
muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin.
Internetdagi barcha “o‘quv muassasa uchun yaratilgan sayt” larni o‘z 
navbatida bir necha turga ajratish mumkin:
-
o‘rgatuvchi internet manbalari;
-
maslahat beruvchi internet manbalari;
-
axborotli internet manbalari;
-
baholovchi internet manbalari;
-
taqdimotli internet manbalari;
Quyida ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin