500
hisobga olinadi. Eshitish yoki ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish vaqti alohida
ahamiyatga ega.
Anomal bolaning rivojlanishi normal boladan ko‘ra ko‘proq darajada
o‘qitishga bog‘liq. Shuning uchun anomal bolalar o‘qitilmasa yoki o‘qitish
kech boshlansa uning rivojlanishiga jiddiy zarar yetkaziladi, psixik
funksiyalarning shakllanishi ortda qoladi, normal tengdoshlaridan ortda qolishi
darajasi oshadi, nuqsonlar o‘ta jiddiy bo‘lsa aqliy rivojlanishi imkoniyatlari
yuzaga chiqmay qolishi mumkin.
Maxsus didaktikaning markaziy muammosi mehnat ta’limi va tarbiyasini
tashkil etish masalasi hisoblanadi. Maxsus maktablarda
uni tashkil etish
alohida ahamiyatga ega. Binobarin, ushbu jarayonda o‘quvchilar ijtimoiy
hayot, shuningdeq imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan
funksiyalarini tiklash, shuningdeq aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarining
darajasini pasaytirishga yordam beradi.
2.
Anomal bolalarni tarbiyalash
- korreksion pedagogikaning asosiy
tushunchasi bo‘lib, uning maqsad va vazifasi nuqsonning darajasi va
tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal bolalarni
faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini
shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim
muassasasi o‘rtasidagi yaqin aloqa, bir-birlarini qo‘llab-quvvatlash, bir-biriga
yordam ko‘rsatish, talabchanlik hamda oqilona
mehribonlik asosida amalga
oshiriladi.
Tarbiyaviy ishlar anomal bolalarning individual va yosh xususiyatlarini
inobatga olish asosida ularda mustaqilliq o‘ziga xizmat ko‘rsatish, mehnat
ko‘nikmalari, xulq madaniyati, shuningdeq ijtimoiy muhitda yashash va
ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Anomal bolani
tarbiyalash atrofdagilarning uning psixik yoki jismoniy kamchiliklariga
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi. Bunday bolalarda
optimizm
va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning
o‘rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda
harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3.
Korreksiya
(Yunoncha
tuzatish)
bolaning
psixik
va
jismoniy
rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo‘qotish va pasaytirishni nazarda tutadi.
4.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar
kategoriya sifatida shaxsning
anomal
rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-
tadbirlari tizimidan iborat. Korreksion–tarbiyaviy masalalarida sinf va sinfdan
tashqari ishlarning barcha tur va shakllaridan foydalaniladi.
Korreksion –tarbiyaviy ishlar anomal bolalarni o‘qitish jarayonida amalga
oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar
yaratadi. Mehnat ta’limi jarayonida faqat kasbiy malakalari emas, balki o‘z
501
ishlarini rejalashtirish ko‘nikmalari, og‘zaki ko‘rsatmalarga amal qilish
malakasi, ishning sifatini tanqidiy baholash
va boshqa malakalari
tarbiyalanadi. Kamchiliklarini tuzatish yordamida anomal bolalarning normal
rivojlangan bolalar bilan aloqalari uchun sharoitlar yaratish muhimdir. Bir
qator hollarda anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolash
jismoniy mashqlari, masala, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-
darmonlar qabul qilish va boshqalar) ni tashkil etish zarur bo‘ladi.
5.
Kompensasiya
(Yunoncha
«compensatio»
–
o‘rnini
to‘ldirish,
tenglashtirish) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining
o‘rnini to‘ldirish yoki qayta qurishdir. Kompensasiya jarayoni oliy nerv
faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayanadi.
6.
Ijtimoiy reabilitasiya
(Yunoncha «rehabilitas» – layoqati,
qobiliyatini
tiklash) tibbiy-pedagogik mazmunida anomal bolaning psixofiziologik
imkoniyatlari darajasida ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit
yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Bu rorreksion
pedagogika nazariyasi va amaliyotida asosiy vazifa hisoblanadi.
Reabilitasiya nuqsonlarini yo‘qotish va yumshatishga yo‘naltirilgan maxsus
tibbiy vositalar hamda maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida
amalga oshiriladi. Reabilitasiya jarayonida kasallik oqibatida buzilgan
funksiyalarning o‘rni to‘ldiriladi. Reabilitasiya vazifalari anomal bolalarning
turli kategoriyalari uchun maxsus o‘quv muassasalari tizimida hal etilib, unda
o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari bolalarning anomal rivojlanishi
xususiyatlariga qarab belgilanadi.
7.
Ijtimoiy adaptasiya
(Yunoncha «adapto» - moslashish) – anomal
bolalarning individual va guruhli xulqlarini jamoatchilik qoidalari va
qadriyatlari tizimiga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy
munosabatlarni tashkil etish qiyin, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga mos
ravishda javob qaytarish qobiliyati past, shu bois murakkab talablarni
bajarishga ularning layoqati yetmaydi. Ijtimoiy adaptatsiya bolalarga ijtimoiy
foydali mehnatda faol ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8
. Oilaviy tarbiya
Reabilitasiya ni samarali tashkil etish omili. Oila va
maktabning hamkorlikdagi harakatlari anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb
etish, uning mehnat qobiliyatlarini aniqlash va
imkoniyat darajasida kasb
ko‘nikmalarni shakllantirishni ta’minlaydi
Коррекцион педагогика
Dostları ilə paylaş: