450
-
yagona kutubxona muxitini shakllantiradi (elekron kutubxonani
yaratilishi, elektron darsliklar va noan'anaviy axborot tashuvchilar fondining
shakllanishi, yagona ma’lumotlar bazasini yaratilishi v h.);
-
pedagogik ta’lim soxasida yagona telekommunikasiya tarmog‘i muhiti
shakllantiriladi;
-
yangi axborot-ta’lim muhitini shakllantiradi, ta’limda axborot va
kommunikasiya
texnologiyalaridan
foydalanishning
ijtimoiy-psixologik
asoslarini yaratadi;
-
yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish
orqali pedagogik ta’lim sifatini oshiradi;
-
yangi ta’lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta’minoti tizimini
yaratadi;
-
ta’lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni ta’minlashi,
hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini tizimlashtirishi, respublikada
pedagogik ta’limning holati bo‘yicha axborotlarni jamoatchilik uchun
ochiqligini amalga oshiriladi;
-
masofaviy ta’lim tizimi rivojlantiriladi.
Pedagogika ta’lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi
pedagogik ta’limning sifatini va axborot ta’minotini rivojlanishiga yaxshi
sharoit yaratadi. Hozirda portalda pedagogika ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha
davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalar, ma’ruzalar matnlari, nomzodliq doktorlik dissertasiyalari,
avtoreferatlar, "Pedagogik ta’lim" jurnalining elektron versiyalari
joylashtirilgan elektron kutubxona va masofaviy kurslar va testlar, elektron
konferensiyalar, har bir pedagogik OTM haqida ma’lumotlar va pedagogika
OTMlari
bitiruvchilari,
pedagogika
sohasidagi
yangiliklar
haqidagi
ma’lumotlar joylashtirilgan.
11-MAVZU. XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM TARAQQIYOTI
VA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
REJA
Xorijiy davlatlar ta’lim tizimi (AQSh, Yaponiya, Germaniya, Janubiy
Koreya, Angliya, Rossiya davlatlari misolida). Boloniya jarayoni. Ta’lim
oluvchilarning bilish faolligini oshirish va mustaqil ta’limini tashkil etish
asosidagi innovatsion ta’lim shakllari: modulli-kredit tizimi, masofali o‘qitish,
blended learning (aralash o‘qitish), mahorat darslari, Vebinar mashg‘ulotlar,
“Assesment” texnologiyasi.
Dostları ilə paylaş: