Modernizatsiyalash jarayonlari



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82
pedagogika (2)a

Aqli zaif shaxslar
rivojlanish va nuqson darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. 
Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: 
1.
Ona qorinidaligi miyasi shikastlangan bolalar. 
2.
Tug‘ilishi paytida yoki tug‘ilgandan keyin uch yil davomida miyasi 
shikastlangan bolalar.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994 yilda aqli zaiflikning 
quyidagi to‘rt darajasini e’tirof etgan: sezilmas (kam), o‘rtacha, og‘ir va 
chuqur darajalar. 
Kam darajadagi aqli zaiflik o‘quvchilar maktabni bitirish davrida o‘zlarining 
psixometrik va klinik namoyon bo‘lishi bilan normal rivojlanayotgan 
odamlardan kam farq qiladilar hamda muvaffaqiyat bilan ishga joylashadilar. 
Aqli zaiflik tuzatib bo‘lmaydigan hodisa sifatida e’tirof etilsa ham, uni 
korrektsiya qilib bo‘lmaydi degan ma’noni anglatmaydi. Aksariyat 
tadqqiqotlarda maxsus (Korreksion) ta’lim muassasalarida metodik jihatdan 
to‘g‘ri yo‘l tutilishi aqli zaif bolalarning rivojlanishida ijobiy natijaga erishish 
mumkinligini ko‘rsatmoqda. 
Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlar. 
Aqli zaif bola 
bilan korreksion ishlarni erta boshlash nuqsonni maksimal darajada tuzatish va 
ikkilamchi chetlanishlarning olidini olishga imkon beradi. Aqliy qoloqlikni 
psixologik-pedagogik diagnostika qilishni o‘z vaqtida o‘tkazish juda 
muhimdir.
Aqli zaif bolalar oila yoki sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli maxsus 
yaslilarida tarbiyalanadilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib 
boriladigan Korreksion ishlar aqli zaif bolalar uchun maxsus bolalar 
bog‘chalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bo‘lgan maktabgacha yoshdagi 
bolalar ommaviy bolalar bog‘chalaridagi maxsus guruhlarga qabul qilinishlari 
mumkin. Ularda o‘qitish maxsus bolalar bog‘chasidagi kabi maxsus dastur 
bo‘yicha olib boriladi. 
Maktab yoshidagi aqli zaif bolalar maxsus (korreksion) maktablarda 
o‘qitiladilar, bu yerda o‘qitish davlat ta’lim standarti asosida maxsus dastur 
bo‘yicha olib boriladi. Bunday maktablarda umumiy o‘rta ta’lim fanlari (ona 
tili, o‘qish, matematika, geografiya, tarix, tabiat, fizkultura, rasm, musiqa, 
chizmachilik) bilan birga maxsus korreksion fanlarni ham o‘qitiladi. Maxsus 
maktablarda mehnat ta’limi muhim o‘rin egallaydi. Mehnat ta’limi IV 
sinfdayoq professional xususiyatga ega bo‘lib, bolalar o‘zlari bajara oladigan 
kasbni o‘zlashtiradilar. Tarbiyaviy ishlar ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, 


506 
asosiy maqsad tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish, bolalarda ijobiy 
sifatlarini tarbiyalash, atrofdagilar va o‘zlariga to‘g‘ri baho berishga 
o‘rgatiladilar. Ayni vaqtda respublikada aqli zaif bolalar uchun maxsus 
maktablarning 90 % ini maktab-internatlari tashkil etadi. 
Goho aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolaning ommaviy umumiy o‘rta 
ta’lim maktabiga jaob etilish holati ko‘zga tashlanadi. Bunday holatda 
bolaning taqdiri, uni o‘qitish va tarbiyalash mas’uliyatini ota-onalar 
o‘qituvchi-defektologlar bilan kelishib olishlari zarur. Normal rivojlanuvchi 
bolalar bilan bir sinfda o‘qiydigan aqli zaif bola alohida munosabatni talab 
etadi. Bola kuchi yetganicha, darsning borishiga halaqit qilmay sinf faolitida 
ishtirok etishi kerak. Unga biror narsaning tushunarsiz bo‘lishiga yo‘l qo‘yish 
mumkin emas. Bu holat keyin o‘quv materialining mutlaqo tushunmasligiga 
olib keladi. Aqli zaif bolani ommaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qitish 
ota-onalarining bevosita ishtiroklarini talab etadi,

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin