504
Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo‘yicha
ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko‘ra amalga
oshiriladi. Sinf 12 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi.
Ular rivojlanishidagi
nuqsonlarning bartaf etilishiga ko‘ra ommaviy umumiy o‘rta ta’lim
muassasalariga o‘tkazilishlari mumkin.
Ikkinchi bosqichda ta’lim (V-IX sinflar) ayrim o‘zgartirishlar (muayyan
o‘quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda, ta’limning 1-bosqich
muddati zarur
holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin.
Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi
bilimlarni egallab
olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy
o‘quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni
egallash va
amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o‘quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni Korreksion
o‘qitish davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi
zarur. O‘quv materiali hamda ta’lim metodi PROQ
bolalarning rivojlanish
darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
Dostları ilə paylaş: