Modernizatsiyalash jarayonlari


Сурдопедагогика ва сурдопсихология



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
pedagogika (2)a

Сурдопедагогика ва сурдопсихология 
эшитиш қобилияти бузилган
болаларни ривожлантириш, ўқитиш ва тарбиялашни ўрганади 


502 
Muhtoj shaxslar quyidagi turlarga bo‘lingan: aloqa faoliyatining buzilishi 
(ko‘r, kar, soqov), aqliy faoliyatning buzulishi, jismoniy imkoniyati 
cheklanganlik (mo‘rt suyak kasalligi, yarim miya falaji, mushak distrofiyasi 
kabilar) va rivojlanishida nogironlik belgilari mavjud insonlar
124
.
Aqliy va psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan o‘quvchilarni 
Korreksion o‘qitish.
 
Psixik rivojlanishdan ortda qoluvchi bolalarning psixologik-pedagogik 
tavsifnomalari. 
Tadqiqotlar predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar 
orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, 
intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi 
markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari 
ekaniligini ko‘rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni 
o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. 
PROQni bolalar rivojlanishini ko‘rsatuvchi anomaliya sifatida o‘rganish XX 
asrning 50-yillarning oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. 
Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi 
to‘rt variantini keltiradilar: 
konstitusional 
kelib chiqish; 
 
somatogen kelib 
chiqish; 
psixogen 
kelib 
chiqish; 
serebral–
organik 
kelib 
chiqish. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Ular maktabda o‘qishga to‘la tayyor emaslar, 
124
https://en.wikipedia.org/wiki/Special_education 


503 
ularda maktabda o‘qish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalar 
shakllanmagan, dastur talablarini o‘zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. 
Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o‘qish va yozishni, shuningdeq maktabdagi 
tartibni o‘rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his 
etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish 
qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. 
Ko‘pincha boshlari og‘riydi. 
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalarning xulqi ham o‘ziga xos. Maktabda 
ular o‘zlarini maktabgacha yoshdagi bolalar kabi tutishadi. Ularda o‘qishga 
nisbatan qiziqish yo‘q yoki juda past bo‘liB, maktabga nisbatan ijobiy 
munosabat kuzatilmaydi. O‘yin ular uchun asosiy faoliyat bo‘lib qoladi. 
PROQli bolalarni ko‘pincha aqli zaif deb hisoblab xato qiladilar. Ularni 
o‘zaro farqlashda ayrim omillar qo‘l keladi. Chunonchi, PROQ bolalarda 
oddiy bilimlarni o‘zlashtirish, hisoblash ko‘nikmalarini egallab olishda 
qiyinchilik ko‘zga tashlanishi bilan birga she’r yoki ertaklarni eslab qolish 
qobiliyati va idrok etish faolligi ancha Yuqori bo‘ladi. Bunday xususiyatlar 
aqli zaif bolalarda kuzatilmaydi.
Ko‘pchilik hollarda PROQ (ZPR) o‘quvchilar ommaviy umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarida o‘qitiladilar. Ular bilan individual Korreksion ishlar olib 
borilmaydi, shu bois ular amalda o‘quv jarayonidan chetda qoladilar va 
predmetlarni o‘zlashtira olmaydigan o‘quvchilar qatoriga kiritiladilar. Ular 
maxsus tashkil etiluvchi Korreksion-rivojlantiruvchi ta’limga muhtojlar. 
Ularga alohida e’tibor ko‘rsatish talab etiladi.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin