Modulli-kredit tizimi
451
Modulli-kredit tizimi zamonaviy ta’limning eng takomillashgan shakli
sanaladi. Bugungi kunda taraqqiyparvar insoniyat davlatlar o‘rtasida ijtimoiy,
iqtisodiy, harbiy va madaniy sohalarda o‘zaro kelishuvga erishish, hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishning yangidan yangi yo‘llarini izlashda davom etmoqda.
Binobarin, yuqorida aytib o‘tilganideq insoniyatning omon qolishi va
rivojlanishda davom etishining yagona chorasi irqiy, etniq diniy ziddiyatlarga
barham berish va o‘zaro birliq hamkorliq hamjihatlikka erishishdir. XX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab barcha sohalarda bo‘lgani kabi oliy ta’lim
tizimida ham xalqaro hamkorlikka erishish, oliy ma’lumotli, malakali
kadrlarni tayyorlashga yagona yondashuvni qaror toptirish yo‘lida amaliy
harakatlar olib borilmoqda. 1954 yilning 19 dekabrida qabul qilingan Yevropa
kengashining Yevropa madaniyati konvensiyasi ham dastlab mazkur mintaqa
davlatlari miqyosida oliy ma’lumotli, malakali kadrlarni tayyorlashga nisbatan
yagona yondashuvning qaror topishi uchun zamin tayyorlagan edi. Hozirda esa
u jahonning ko‘plab mamlakatlari universitet (institut, akademiya)lari
faoliyatining o‘qitish tizimida yagona malakaviy talablar asosida tashkil
etilishida muhim hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda 108 . Mazkur Konvensiya
g‘oyalari Yevropa hududida shaxs tafakkurini shakllantirishda ko‘p tillikka
asoslanish uchun zarur shart-sharoitlarni hosil qilishdan iborat edi.
Konvensiyani imzolovchi tomonlar o‘z hududlarida fuqarolar tomonidan
Yevropa hududida mavjud bo‘lgan tillar, turli millatlarning tarixi va
rivojlanish taraqqiyotini o‘rganish hamda o‘z hududida boshqalarga o‘z tili
yoki boshqa tillarni o‘rgatish imkoniyatini yaratib berish109lari zarur edi.
Zamonaviy Yevropada yagona kasbiy
ta’lim makonini yaratilishi uchun ilk
qadamlar 1949 yilda qo‘yildi. Xuddi
shu yili asosiy maqsadi Yevropada
ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar kechishi
va birligini ta’minlashdan iborat
bo‘lgan birinchi xalqaro tashkilot –
108
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 75.
109 // http://sun.tsu.ru/mminfo/000063105/340/image/340-081.pdf.
Модуль
-
мазмуний ва
мантиқий якунга эга бўлган,
дидактик жиҳатдан ишлаб
чиқилган,
натижагақаратилган, кириш
ва чиқиш назоратларидан
иборат бўлган бирликдир
452
Yevropa Kengashi tashkil etildi.
Bolonya jarayoni yagona Yevropa
oliy
ta’limi
makonini
yaratish
maqsadida Yevropa mamlakatlari oliy
ta’lim
tizimining
bir-biriga
yaqinlashishi va o‘zaro uyg‘unlashuvi
jarayonidir. Ushbu jarayonning rasman
boshlanish muddati 1999 yilning 19
iyun deb e’tirof etilgan. Binobarin,
xuddi mana shu sanada 29 mamlakat
vakil-lari ishtirokida Bolonya deklara-
siyasi imzolangan edi. Ayni vaqtda
mazkur tizim o‘ziga 1954 yilda
Yevropa Kengashi tomonidan qabul
qilingan Yevropa madaniyati Konven-
siyasini ratifikasiya qilgan (oliy davlat
hokimiyati organi tasdiq-lagan) 49
mamlakatdan
47
ishtirokchi
mamlakatlarni qamrab olgan.
.
Bolonyaning maqsadi ijtimoiy sub-
yektlar tomonidan oliy ma’lumot olish
imkonini kengaytirish, Yevropa oliy
ta’limining sifati va samara-dorligini
istiqbolli oshirish, tala-balar hamda
o‘qituvchilarning
hara-katchanligi,
faolligini rivojlan-tirish, shuningdeq
akademik daraja va boshqa kasbiy
malakalarning
meh-nat
bozoriga
Модуль дастур
-
бир фан
доирасидаги модуль
блокларининг йиғиндиси
бўлиб, эришиш лозим
бўлган дидактик мақсад,
қўлланиладиган
усуллар ва
воситалар йиғиндисидир
Ўқув модули–
нисбатан
мустақил, мантиқий якунга эга
бўлган ўқув курсининг
бўлагидир. У ўқув методик
таъминотдан назарий ва амалий
қисмлардан, топшириқ ва жорий
ҳамда якуний назорат каби
қисмлардан
иборат
453
yo‘naltirgan holda bi-tiruvchilarni ish
bilan ta’minlash
Mazkur tizimni qabul qilgan mamlakatlar oliy kasbiy ta’limni
zamonaviylashtirish, oliy o‘quv yurtlarining Yevropa komissiyasi tomonidan
moliyalashtiriladigan turli loyihalarda teng huquqliliq hamkorlik asosida
qatnashish, talabalar va o‘qituvchilarni o‘zaro akademik almashtirish uchun
yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqdalar.
Tizimning umumiy asoslari Bolonya shahrida imzolangan deklarasiyada o‘z
ifodasini topgan. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Diplom ilovasiga ko‘ra fuqarolarni ishga samarali joylashtirish, Yevropa
oliy ta’lim tizimining xalqaro raqobatga bardoshliligini oshirish imkoniyatini
yaratadigan o‘zaro muvofiq keluvchi akademik darajalar tizimni qabul qilish.
2. Ikki siklli: tayyorgarlik va bitiruv ta’limiga o‘tish. Ta’limning birinchi sikli
uch yil davom etadi. Ikkinchi sikl esa magistrlik va doktorlik darajalarini olish
uchun yo‘naltiriladi.
Модулли технологиялар
-
энг замонавий технология бўлиб, модуль блокларидан
ташкил топган ахборотни тизимли равишда қайта ишлаш ва таҳлил қилишга,
талабанинг мустақил фаолиятига асосланган, билим, кўникма ва малакалар
диагностикасида турли шаклларидан фойдаланган ҳолда ташкил этилувчи яхлит
жараён.
Модулли ўқитиш –
ўқув жараёнини ўқув ахборотларини модул шаклида тақдим
этилиши асосида ташкил этилиш йўли. Модулли ўқитиш мазмуни дидактик мақсадда,
касбий ва таълим олувчиларнинг даражасига мўлжалланган автоном ташкилий
-
методик модуллар мазмуни ва ҳажми асосида ишлаб чиқилади. Модуллар конкрет
ўқув материалини ўрганишга (ёки мустақил ўрганиш) йўналтирилган бўлиши лозим.
.
454
3. Keng ko‘lamda talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash uchun
mashaqqatli sinov birliklarini qayta topshirishning Yevropa tizimiga o‘tish.
Mazkur tizim talabalarning o‘rganiladigan fanlarni tanlash huquqiga ega
bo‘lishlari uchun imkoniyat yaratadi. Buning uchun asos sifatida “Umr bo‘yi
ta’lim olish” konsepsiyasi doirasida qo‘llash imkonini beradigan tizim -
YeSBT (Yevropa sinov birliklari tizimi)ni qabul qilish taklif etiladi110.
4. O‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish. Yevropa hududida ishga
sarflanadigan vaqt davrini inobatga olgan holda o‘qituvchilar va b. xodimlar
almashuvini kengashtirish. Transmilliy ta’lim standartlarini o‘rnatish.
5. O‘zaro mos mezon va metodologiyalarni ishlab chiqish hamda sifatini
ta’minlashda Yevropa hamkorligini qaror topshirishga ko‘maklashish.
6. Oliy ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini ishlab
chiqish va oliy o‘quv yurtlari talabalari va xodimlari faoliyatini tashqi
baholashga tortish.
7. Oliy ta’limda, ayniqsa, o‘quv rejalarini takomillashtirish, oliy ta’lim
muassasalariaro hamkorliq talaba va o‘qituvchilar almashinuvi va birgalikdagi
ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga oid amaliy tayyorgarlik va
ularni olib borish borasida zarur yevropacha nuqtai nazarlarning shakllanishiga
ko‘maklashish.
Deklarasiyaga a’zo bo‘lish uchun quyidagi dastlabki talablar qo‘yiladi:
- oliy o‘quv yurtigacha 12 yillik ta’lim;
- ikki bosqichli oliy ta’lim-bakalavriat va magistratura;
- o‘quv jarayoni va o‘qitish natijalarini baholash YeSTS kredit texnologiyasi
asosida tashkil etilishi
Bolonya deklarasiyasiga a’zo davlatlarda ta’lim modul-kredit tizimiga
asoslanadi.
110
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 76.
455
1989 yildaYevropadaYevropahamjamiyatining ERASMUS (European
Community Action Scheme for mobility of University students) va TEMPUS
kabidasturlarjoriyetildi. 2001 yilda 29 ta Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari
tomonidan Bolonya deklarasiyasi imzolandi. Bugungi kunda ERASMUS
dasturi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi talabalar
almashinuvi 145 ta oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan. Ular o‘rtasida Yevropa
universitetlari ta’limi natijalarini o‘zaro tan olish tizimi – YeSTS (European
Credit Transfer System) shakllantirilgan.
Kredit birliklarining soni talabalar
tomonidan
sarflanadigan
mehnat
sarfiga
mos
holda
belgilanadi.
Talabaning mehnat sarfi – auditoriya
mashg‘ulotlari, mustaqil ishlar va
o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan boshqa
faoliyatlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quv fani (moduli)ni o‘rganish uchun talaba tomonidan sarflangan umumiy
mehnat sarfi miqdori (auditoriya va mustaqil ish soatlari) bir o‘quv yilida 750-
800 soatni tashkil etishi lozim. Ayni o‘rinda aytib o‘tish zarurki, kreditlar
auditoriya soatlari bilan chegaralanib qolmay, balki talabaning auditoriyadan
tashqari sharoitda ham o‘quv fani (moduli)ni o‘zlashtirish uchun sarflaydigan
yuklamani ham inobatga olgan holda belgilanadi. Odatda o‘quv rejasiga
kiritilgan fanlar bo‘yicha ajratiladigan kreditlar soni 3 ga teng. Ba’zan o‘quv
fani uchun ajratilgan kredit soni 3 tadan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin.
Kreditlar barcha (majburiy va ixtiyoriy) tanlangan o‘quv fanlari bo‘yicha
taqsimlanadi.
Kreditlarning taqsimlanishida fan bo‘yicha kurs loyihalari va amaliy
ishlarining mavjudligi inoatga olinadi. O‘quv fani uchun ajratiladigan kreditlar
miqdori fanning murakkabligi hamda talabalar tomonidan uning
o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. YeSTSda kreditlar yig‘indisi semestrda – 30
Кредит”
атамаси (ЕСТS
-
credit)
–
“синовдан
ўтди”
456
tani, o‘quv yili davomida – 60 tani, bakalavriat davrida esa – 240 ni tashkil
etadi.
YeSTS kredit texnologiyasiga o‘tishdan ko‘zlangan maqsad talabalarga
xorijda o‘qishni davom ettirish uchun oliy yurtini tanlashda shart-sharoit
yaratish; muayyan davlatdagi mavjud ta’lim olish muddatining xorijiy
davlatlarda tan olinishini ta’minlash; Yevropa oliy o‘quv yurtlari o‘quv
rejalarini o‘rganish va shu asosida o‘quv jarayonini takomillashtirish; talabalar
qobiliyatini to‘la rivojlantirish va o‘qitishning yuqori natijalariga erishish.
Modul-kredit tizimi ham muayyan tamoyillarga tayanadi. Ular:
Axborot targ‘iboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) almashish sxemasiga kiritilgan talabalarning o‘qish natijalari haqida bir-
biriga o‘z vaqtida axborot yetkazib turish;
2) oliy o‘quv yurtlarining o‘z axbrot paketlari bilan muntazam almashib
turishlari, ta’lim xizmatlari doirasida bir-birini imkoniyatlarini o‘rganish;
3) oliy o‘quv yurtlarida, YeSTS haqida to‘la ma’lumotlarning mavjudligi.
“Модул
-
кредит тизими –
ҳар бир ўқув фани (модули)нинг талабалар томонидан маълум
миқдордаги кредит бирликлари асосида ўзлаштирилишини таъминловчи тизим
1. Transferancy
–
ЕСТS тизимига хоҳлаган шахс ёки ташкилотнинг тўсиқсиз киришига
шарт
-
шароит яратиш. Ушбу шарт
-
шароит кучли ахборот тарғиботи воситасида
яратилади, унинг натижасида умумий янгилик, аниқлик ва очиқлик
муҳитишакллантирилади.
457
2. Аgreement –
талаба билан иккала олий таълим муассасасининг ЕСТS
координаторлариорасида тайёрлаш мазмуни, ўқув тартиби ва муддатлари, аттестация
тадбирлари, ўқув режаларидаги фарқни бартараф этиштартиблари ҳақида ўзаро
келишувларини англатади.
3. Сredits –
Host (талаба қабул қиладиган) университетида муваффақиятли ўтилган барча
фанлар Post (талабани бошқа ОТМга юборган) университетда ҳисобга олиниши зарур.
4. Таълимнинг инсонпарварлашуви –
шахснинг турли таълим хизматларига бўлган
эҳтиёжини қондириши ва таълим жараёнида инсон қобиятининг очилишини англатади.
ЕСТS таълимни давом эттириш учун олий таълим муассасасини, ўқув фанларини ва
ўқитувчиларни танлиш имкониятини беради.
5. Таълимнинг индивидуаллаштируви ҳар бир талабанинг индивидуал режа ва таълим
дастурларига эга эканлигини ифода этади. Талаба танлови асосидаги фанлар 70 % ни,
мажбурий фанлар эса 30 % дан ошмайди. Талабанинг мустақил иш ҳажми 70 % ни,
аудиториядаги иши эса 30 % ни ташкил этади. Ушбу кўрсаткичлар индивидуал таълимни
ташкил қилишга асос бўлиб хизмат қилади.
6. Таълимнинг самарадорлиги гуруҳда индивидуал ўқитишли аудитория машғулотлари ва
талабанинг муставқил ишларини уйғунлаштириш орқали таъминланади. Аудитория ўқув
вақтининг 70% гача қисмини индивидуал ўқитишга, шунингдек умумий ўқув вақтининг
70%гача қисмини мустақил ишга ажратилиши ўқув фанларининг талабалар томонидан ўз
қобилиятлари
даражасида ўзлаштиришга имкон яратади. Бу асосида таълимнинг
самарадорлиги таъминланади.
458
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi, OTMning jihozlanganligi, professor-
o‘qituvchilar tarkibi faqat darajali, yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lishi,
o‘qitishning yuqori sifatlari – YeSTS uchun dastlabki zaruriy talablar
hisoblanadi. O‘quv jarayonini tashkil etishning ushbu tizimi, quyidagi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. O‘quv rejasi bo‘yicha barcha o‘quv fanlari ikki
guruhga bo‘linadi:
1) majburiy fanlar;
2) talaba tomonidan ixtiyoriy tanlanadigan fanlar.
Ular taxminan 1:2 nisbatda bo‘ladi. Har bir talaba shaxsiy o‘quv rejasiga ega
bo‘lishi zarur. Qolaversa, talaba har bir o‘quv fani bo‘yicha o‘qituvchini
tanlash huquqiga ega. Modul-kredit tizimi uchun har bir semestrda
o‘rganiladigan fanlarning soni kamida 3 ta, ko‘pi bilan 7 ta bo‘lishi, mustaqil
ishga ajratilgan soatlarning auditoriya soatlaridan ko‘pligi o‘ziga xos jihatlar
sanaladi.
Transkript ta’lim natijalarining tan olinishi uchun majburiy hujjat sanaladi.
Unda talaba o‘qiyotgan davlatda qabul qilingan baholash tizimi hamda o‘z
mamlakatida olgan baholari to‘g‘risidagi ma’lumot beriladi. O‘quv fanlari
bo‘yicha dasturlar “sillabus” deb nomlanib, ular quyidagi tarkibiy tuzilmaga
ega bo‘ladi:
Асосий ҳужжат транскрипт (transcript of ruords) –
унификациялашган ҳужжат бўлиб,
ягона шаклга эга
459
- o‘quv fanining to‘liq nomi va uning o‘quv rejasidagi tartib raqami;
- o‘quv fanini o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad;
- o‘quv fanining qisqacha mazmuni; - mashg‘ulotlar jadvaliilovasiga
asoslangan taqvimiy reja;
- o‘qitish texnologiyasi;
- talabaning mas’uliyati va unga qo‘yilgan talablar;
- talabalar bilimini baholash tartibi va mezonlari; - asosiy va qo‘shimcha
adabiyotlar ro‘yxati
Modul-kredit tizimiga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari shaxsga yo‘naltirilgan
o‘qitish texnologiyalari va talabaning mustaqil o‘qib-o‘rganishiga asoslanadi.
Ta’limning birinchi bosqichida har bir talabaga axborot paketi beriladi. Unda
ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ular talabalarga modul- kredit tizimi bo‘yicha
muvaffaqiyatli ta’lim olish shartlaridan xabardor bo‘lish imkoniyatini yaratadi:
- oliy ta’lim muasasasi haqida ma’lumot;
- o‘quv rejasi;
- o‘quv jarayonining grafigi;
- o‘quv fanlarining mazmuni;
- OTMda mavjud bo‘lgan o‘qitish tizimining - metodik xususiyatlari haqida
ma’lumotlar;
- talabalar bilimini baholash tizimi va baholar shkalasi haqida ma’lumotlar;
- ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarga oid ma’lumotlar;
- OTM faoliyatining tarixiy taraqqiyoti va uning zamonaviy rivojiga oid
ma’lumotlar;
- qo‘shimcha ta’lim xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar.
O‘quv kreditlarini hisoblashda haftalik auditoriya o‘quv yuklamasi 36,
talabalarning haftalik mehnat sarfi o‘rtacha 54 soat miqdorida qabul qilingan.
Modul-kredit tizimi bo‘yicha tashkil etiladigan ta’lim uchun ham ta’lim
460
standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejasi ta’lim jarayoni uchun
asosi bo‘lib xizmat qiladi. Aynan o‘quv rejasiga muvofiq o‘quv faoliyatining
turlari bo‘yicha talabalar tomonian sarflanadigan mehnat sarflari aniqlanadi.
O‘quv faoliyati turlari bo‘yicha mehnat sarflarini hisoblash taxminan shunday
kechadi (4-jadval):
4-jadval
O‘quv faoliyati turlari bo‘yicha kreditlar taqsimoti (namuna)
№ DTS asosida o‘quv
faoliyatining nomi
Haftalar
soni
Auditoriya
soatlari
Umumiy
o‘quv
yuklamasi
Kredit
1.
Nazariy va amaliy
ta’lim
136
[136∙36]
136∙54=734
4
7344∙0,02
9=213
2.
Pedagogik
amaliyot
8
288
432
13
3.
Bitiruv ishi
5
5∙36=180
5∙54=270
8
4.
Attestasiya
19
-
6
5.
Ta’til
32
-
Jami
204
5508
8262
240
Kreditlarni hisoblash va ularni o‘quv faoliyatlari turlari, bloklar - alohida
fanlar bo‘yicha taqsimlashda o‘tish koeffisiyenti (Ko‘t)ni aniqlash talab
etiladi:
Ko‘t= 240:8262-0,029
Bu yerda: 240 – bakalavriatning YeSTS bo‘yicha umumiy mehnat sarflari
yig‘indisi, soat. Jami kreditlar soni talabalarning mehnat sarfiga ko‘ra o‘tish
koeffisiyenti (0,029)ga ko‘paytiriladi. O‘quv faoliyatining turlari, bloklar va
461
alohida o‘quv bo‘yicha kreditlarni hisoblash quyidagi namuna bo‘yicha
amalga oshiriladi (5- jadval)111:
5-jadval
Fanlar bloklari bo‘yicha kreditlar taqsimoti
№ Fanlar bloklarining
nomlanishi
Auditoriya
soatlari
Umumiy
o‘quv
yuklamasi
Kredit
1.
Umumgumanitar va
ijtimoiy fanlar
1214 (≈25 %) 1726
50
2.
Matematik va tabiiy-
ilmiy fanlar
846 (25 %)
1292
37
3.
Umumkasb fanlari
2034(50 %)
3682
89
4.
Ixtisoslik fanlar
468 (≈10 %) 794
23
5.
Qo‘shimcha fanlar
334 (≈5 %)
450
14
6.
Malakaviy amaliyot
432
6
648
9
19
7.
Bitiruv ishi
180
270
8
Jami
5508
8262
240
O‘quv jarayoni modul-kredit tizimi asosida tashkil etilganida, odatda 4 balli
yoki 100 foizli baho shkalasi qo‘llaniladi (6-jadval).
6-jadval
Modul-kredit tizimi asosida baholash shkalasi
4 balli baho shkalasi
100 foizli baho shkalasi
111
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 81.
462
A-4 b
mashg‘ulotlarda qatnashishi – 5%
V-3,5 b
joriy nazorat (test) – 30 % (odatda 10 % dan 3
marta)
S-3 b
mustaqil ta’lim – 15 % (o‘rtacha 5 % dan 3
marta)
D -2,5
laboratoriya ishi – 10 %
Ye-2 b
kurs loyihasi (ishi) – 10 %
F- 1,5 b
yakuniy imtihon – 30 %
F-1 b
Yevropa mamlakatlarida modul-kredit tizimi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan
universitetlarda baholash mezonlari va darajalari quyidagicha (7-jadval):
7-jadval
Baholash mezonlari va darajalari
Baholar
ta’rifi
Shartli
belgisi
O‘zlashtiris
h %
Baholash mezoni
Tayyorgarlik
darajasi
A’lo
A
90-100
(baholash)
Bilimlarni umumlashtira
oladi, ma’lumotlarni
baholaydi, tahlil qiladi,
tushunadi, biladi
4-daraja
(ijodiy daraja)
Juda
yaxshi
V
80-90
(sintez va
tahlil)
Bilimlarni sintezlaydi,
tahlil qiladi, qo‘llaydi,
tushunadi, biladi
3-daraja
(ko‘nikma va
malakalarga
egalikni to‘la
namoyish
etish darajasi)
Yaxshi
S
70-80
Bilimlarni qo‘llaydi,
3-daraja
463
qo‘llash
tushunadi, biladi
(ko‘nikma va
malakalarga
egalik
darajasi)
Qoniqarli
D
tushunish
Bilimlarni tushunadi,
biladi
2-daraja
(bilimlarni
qayta tiklash
darajasi)
Yetarli
Ye
50-60 bilish Bilimlardan xabardor
1-daraja
(tasavvur etish
darajasi)
Yetarli
emas,
qo‘shimcha
yana
ishlash
talab
qilinadi
FY
40-50
Bilimlardan yomon
xabardor
0-daraja
(yomon
tasavvur etish
darajasi)
Yetarli
emas,
qo‘shimcha
yana juda
ham qo‘p
ishlash
talab
qilinadi
F
40 kam
Bilimlardan mutlaqo
xabardor emas
0-daraja
(mutlaqo
tasavvur eta
olmaslik
darajasi)
O‘quv fani (moduli) materialining 90-100 % o‘zlashtirilishi uchun “a’lo”
baho qo‘yiladi. Bu kasbiy tayyorgarlikni 4-darajasiga teng bo‘lib,“ijod
darajasi” deb belgilanadi. Agarda o‘quv fani (moduli) dasturi bo‘yicha
materiallar kamida 50 % o‘zlashtirilsa, u holda “yetarli” bahosi qo‘yiladi va u
o‘zlashtirishning “tasavvur etish darajasi” deb belgilanadi. O‘quv fani
464
materiallarining 40 % dan kam o‘zlashtirishi, tayyorgarlikning 0-darajasi
(“mutlaqo tasavvur eta olmaslik darajasi”)ga teng hisoblanadi. Har bir kurs
yakunlangandan so‘ng talaba kreditni yakunlaganligi to‘g‘risidagi
guvohnomaga ega bo‘ladi.
Masofaviy ta’lim
Masofali o‘qitish zamonaviy ta’limning eng muhim va tobora ommaviylashib
borayotgan shakli sanaladi. Zamonaviy sharoitda axborot- kommunikasion
texnologiyalarning tezkor rivojlanishi ta’lim jarayonida ularning
imkoniyatlaridan foydalanish uchun qulay sharoitni vujudga keltirdi. Ayni
vaqtda yetakchi xorijiy mamlakatlar masofadan o‘qitish borasida boy tajriba
to‘plangan112.
Internet tarmogini keng tarqalishiga olib keldi, buni esa biz London
Iqtisodiyot Maktabini tekshirish natijasida shunga amin bo‘ldiq yoshlarning
74% 9 yoshdan 19 yoshgacha bulgan yoshlar orasida internet tarmogidan
hattoki uyda foydalanishgan, 98% yoshlar har joylarda internet tarmogidan
foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi, 24% yohslar esa doimiy har kuni
maktabda internet tarmogidan foydalanishgan. 40 % yoshlar esa doimiy har
kuni internet tarmogidan foydalanisgan. Bu esa bizga haqiqatdan ham
texnologiyardan foydalanish maktablarda va darsdan tashqarida bo‘lgan
pedagogic amaliyotlardan foydalanishda muhim sifat bo‘lib xizmat qilishini
kursatadi. Shunga qaramay yoshlar texnologiyalardan darsadan tashqarida
bo‘lgan paytlarida faqat maktab mashgulotlarinigina emas balki boshqa
narsalarda foydalanishlarini ko‘rsatib berdi, va shu borada turli tadqiqotlar va
o‘qituvchilarning fiklarini ko‘radigan bo‘lsak ular ICT dasturini darsdan va
sinfdan tashqarida bo‘lgan mashgulotlarni qisqartirish va sinfdan tashqari
paytlarida internet tarmogini qisqartirish kerakligini malahat berishni va shuni
inobatga olish kerakligi takidlashishdi.
Shu borada yana bir pedagog Bridget Somekh ham uz etirozini bildirdi:Agar
biz ICT dasturini 21 asr boshida qo‘llasaq dars jarayonidagi va darsdan
tashqarida bo‘lgan mashgulotlarni o‘rgartirish lozim Ko‘p yoshlar internet
112
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 83.
465
tarmogidan bemalol foydalana olishadi o‘zlarining kompyuteri orqali, uyali
telefonlari orqali, bunda esa ICT tarmogini ozgina cheklashtirish lozim
(Somekh 2006, p.121).
Pedagog Somekh yana shuni takidlaydiki an’anaviy kitoblarda yozilgan va
kursatilgan narsalarni internet turli usullar bilan ko‘rsatib beradi. Kitoblar esa
bir uzunlikka bo‘lishi lozim ekanligini bildiradi. Yana shu narsani etiborga
olish kerakki kitoblarni o‘qish va o‘rganish ma’lum bir muddatni o‘z ichiga
oladi, internetda esa aksincha ozgina vaqt davomida o‘qib o‘rganish
muhimligini ko‘rsatib o‘tiladi. Yana shuni e’tiborga olish kerakki internet
tarmogidan foydalanish judaa tez, qulay, urgartirish mumkinligi ham ijobiy
fikrni bildiradi. Hozirgi kunda dunyoning barcha va turli maktablarida
mashgulotlaning xilma xilligi, turi ko‘pligini inobatga oladigan bulsaq dars
jarayonida hamda darsdan tashqarida, uyda beriladigan mashgulotlar yoshlarni
ishlanishini ta’minlaydi. Pedagog Somekhning takidlashicha shunga o‘xshash
mashgulotlarni bajarishda yoshlarning texnologiyalardan foydalanib ishlashi
haqiqatdan ham o‘z mevasini beradi deb takidlaydi va hattoki bu yoshlar
orasida intizomni yaxshilaydi diydi. Somekhning aytishicha an’anaviy bilib
olish dasturi hozirgi yoshlarga mos emas, ularning xohish istakalrini tadbiq
qilishda texnologiyalarning o‘rni haqiqatdan ham yuqori ekanligi bildiradi113.
113154-155.
Масофавий таълим –
муайян нуқтадан ахборот
-
коммуникация воситалари (видео,
аудио, компьютер, мультимедиа, радио, телевидение ва б.) ёрдамида таълим
хизматларини кўрсатиш, таълимий маҳсулотларни тарқатиш ва етказиб беришдаи
анъанавий ҳамда инновацион шакл, метод, воситаларга асосланган ҳолда таълим
ресурсларидан фойдаланишга йўналтирилган таълим
466
Masofaviy ta’lim texnologiyasi 1969 yilda Angliya premyer-ministri
G.Vilson tashabbusiga ko‘ra shakllantirilgan deb hisoblanadi. Ammo
masofadan o‘qitish ancha oldinroq, ya’ni, birinchi barqaror, muntazam pochta
aloqasining shakllanish davrida yuzaga kelgan. 1858 yildan boshlab London
universitetida barcha xohlovchilarga ularning mustaqil bilim olishlari, barcha
ixtisosliklar va barcha sohalardagi akademik daraja uchun imtihon
topshirishlariga ruxsat etilgan. 1938 yildan buyon Sirtqi ta’lim bo‘yicha
Xalqaro kengash, 1982 yildan boshlab, Masofaviy ta’lim bo‘yicha Xalqaro
Kengash nomi bilan mashhur xalqaro ta’lim tashkilotlari sifatida faoliyat
ko‘rsatmoqda. Ochiq universitetlardagi o‘qish xarajatlari an’anaviy
institutlarda o‘qitishga qaraganda 8-10 marta arzon. M: Angliyada turg‘un
o‘qishga 3000, masofaviy o‘qitish orqali bilim olishga esa atiga 300 funt
sterling to‘lanadi. Binolarga xizmat ko‘rsatish, jihozlar va laboratoriya uchun
xarajatlar, o‘qituvchi, ma’muriyatlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar shtati
qisqaradi. Ta’lim oluvchilarga filiallar tarmog‘i, telestudiya va kompyuter
tarmog‘i orqali maslahatlar beriladi. Angliyada o‘quvchilarni tayyorlash
dasturi 130 ta kursni o‘z ichiga qamrab oladi, ularning ko‘plari fanlararo
bog‘lanish xususiyatiga ega. Masofaviy ta’lim AQShda o‘tgan asrning 60-
yillarning o‘rtalaridan, Yevropada esa 70-yillarning boshlarida jadal rivojlana
boshlandi.
O‘qitishning bu shakli ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarning bir-birlari
hamda o‘qitish vositalari bilan o‘zaro ta’sirining maqsadga yo‘naltirilgan
interfaol jarayonidan iborat bo‘lib, bunda ta’lim jarayoni ularning geografik
fazoviy joylashishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Ta’lim jarayoni kichik tizimlardan
iborat, ya’ni o‘qitish maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy
shakllari, nazorat, o‘quv- moddiy, moliyaviy-iqtisodiy, me’yoriy-huquqiy va
marketing kabi elementlarni qamrab olgan o‘ziga xos pedagogik tizimda
kechadi. Axborot-ta’lim muhiti ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot
resurslari, o‘zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga
bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan apparat- dasturiy, tashkiliy-
uslubiy ta’minot va boshqalar masofadan ta’limning tizimiy-tashkiliy majmui
467
sanaladi. Masofaviy ta’lim o‘qitishning an’anaviy usullaridan foydalanish,
turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari tibbiy
shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar, shuningdeq kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining tinglovchilari, xorijiy
mamlakatlarning ta’lim muassasalarida o‘qitish istagida bo‘lgan abituriyentlar,
ikkinchi mutaxassislikni egallashni xohlovchi kadrlarga juda qulay sharoitni
yaratib beradi. Mazkur ta’limni tashkil etishda o‘qituvchilarning faoliyati faqat
o‘quv axborotlarini uzatish bilan cheklanmaydi. Shu sababli bu turdagi
ta’limni tashkil etishga bir necha mutaxassis jalb qilinadi. Ular o‘z vazifalariga
ko‘ra turlicha nomlanadi. Xususan114:
114
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 84.
1. Ўқитувчи –
масофавий таълимни ташкил этишда фойдаланиладиган ўқув
-
методик
қўлланмаларнинг
муаллифи.
2. Модератор –
масофавий таълим негизида ташкил этилаётган семинар, тренинг,
давра суҳбати ва форумларга бошчилик қилувчи (бошқарувчи) педагог (мулоқот
жараёнининг тўғри ташкил этилишини таъминлайди, билдирилаётган фикрларни
умумлаштиради, зарур бўлганда уларни тўғрилайди, таълим олувчиларнинг мустақил
фикрлаш ва ишлаш қобилиятларини ривожлантиради, билиш фаолиятларини
фаоллаштиради).
3. Тьютор (лот. “tutorem”) –
ўқув курслари учун интерфаол методларни танловчи,
маъруза ўқитувчиси билан талаба ўртасида таълимий алоқани ўрнатувчи педагог (устоз,
мураббий).
4. Эдвайзер (фр. “avisen” –
“ўйламоқ”, “advisor” –
“ўйловчи”) битирув малакавий иши,
курс лойиҳаларининг таълим олувчилар томонидан индивидуал, мустақил
бажарилиши вақтида методик ёрдам берадиган маслаҳатчи.
468
Masofaviy ta’lim tizimida produktiv, reproduktiv, muammoli bayon, evristik
va ilmiy izlanish (tadqiqot) metodlari qo‘llaniladi. Mazkur tizimda o‘qitish
vositalari sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
- kitoblar (bosma va elektron shaklda);
- didaktik materiallar;
- kompyuter o‘quv tizimlari (oddiy va multimedia shaklida);
- audio o‘quv axborotlari;
- video o‘quv axborotlari;
- virtual stendlar;
- trenajyorlar;
- ma’lumotlar bazasi;
- texnik vositalar – radio, televideniye, magnitofon, videomagnitofon,
kinoproyektor, diaproyektor, videoproyektor, kodoskop, kompyuter, Internet
tarmog‘i va b.
5. Фасилитатор (лот. “facilis”, ингл. “facilitator” –
енгил, қулай) –
масофавий таълим
хизматидан фойдаланаётган гуруҳларнинг фаолиятини муаммонинг ечимини топишга
йўналтирувчи, гуруҳларда юзага келадиган мулоқотни ривожлантирувчи, шунингдек,
гуруҳлар фаолиятини холис, самарали баҳоловчи педагог.
6. Инвигилатор –
масофавий таълим асосида ташкил этиладиган ўқитиш натижаларини
назорат қилувчи мутахассис
-
педагог.
469
O‘quv kurslarida bir tinglovchining o‘rniga boshqa tinglovchi qatnashishi,
uning o‘rniga sinov topshiriqlarini topshirishning olini olish maqsadida H
tizimida nazorat videokonferensiyalarni tashkil etilishiga asoslanadi.
Masofaviy ta’lim tizimiga ko‘ra mashg‘ulotlar ma’ruza, seminar, laboratoriya
mashg‘uloti, kurs ishi, sinov, imtihon, maslahat, mustaqil ish kabi shakllarda
yo‘lga qo‘yiladi. Avvaldan yozib olingan videoma’ruzalar ta’lim oluvchilarga
ma’ruzalarni tinglash va ko‘rish uchun sharoit yaratsa, faksimal aloqa, xabar,
topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o‘zaro teskari aloqa
orqali o‘qitish imkonini beradi. Zamonaviy sharoitda telekommunikasiya
vositalari – bosma matnlar, audio va videoyozuvlar o‘rni elektron o‘quv-
axborot resurslari, dasturlari bilan to‘ldirilmoqda. Masofadan o‘qitishning
tashkiliy-metodik modeli sifatida quyidagilar tavsiflanadi:
- eksternat asosida o‘qitish;
- bir universitet negizida o‘qitish;
- bir necha o‘quv yurtining hamkorligi;
- maxsus masofaviy o‘qitish maqsadida tashkil etilgan avtonom ta’lim
muassasalari;
- avtonom o‘qitish tizimlari;
- multimedia dasturi asosida norasmiy integrallashgan masofali o‘qitish;
- yagonalik modeli va b115.
Hozirda rivojlangan xorijiy mamlakatlarda Hning quyidagi modellari
(YuNESKO, 2000 yil) amal qilmoqda (1-rasm):
115
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 85.
470
3-rasm. Masofaviy ta’limning yetakchi modellari.
Quyidagi ushbu modellarning mohiyati ochib beriladi.
1.Birlamchi model (u faqat Hni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra
ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha holatlarda
masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatining
Етакчи моделлар
Бирламчи модел
Иккиламчи модел
Аралаш модел
Франчайзинг
Узоқлаштирилган аудиториялар
Консорциум
Валидация
Лойиҳалар
471
shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va o‘quv
jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan
bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, yakuniy
imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq
universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat
ko‘rsatadi).
2. Ikkilamchi model (unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali
dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish
dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘lib, e’tibor amaliy
tajribaga, pedagogika innovasiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi
Yangi Angliya universiteti (University of New England) shu model asosida
ishlaydi).
3. Aralash model (Hning turli shakllari, bir necha shakllarning integrasiyasiga
asoslangan model; ta’lim oluvchilar H kurslari va universitet dasturlarini
o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual
seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil
etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey
universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.
4. Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”;
Hni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv
materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni o‘zaro bo‘lishib
olgan holda bajaradi; m: bir universitet H uchun o‘quv materiallarini
tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi
yoki H dasturlarining akkreditasiyasini ta’minlaydi; bunday holatda
universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat
muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin;
Kanadadagi Yetakchi modellar
5. Franchayzing (ingl. “franchise” – “lisenziya”, “huquq”; o‘zaro hamkor
universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan H
kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim
oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalar-da, konsorsiumga a’zo
yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim
xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega
472
bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi
(Open University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka
erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib
faoliyatni tashkil etadi).
6. Validasiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim
xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi;
masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim
muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq Hni barcha darajada birgalikda
tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validasiyasi,
ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akreditasiya qiladi, uchinchisi
namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy
darajalar beradi va h.k.).
7. Uzoqlashtirilgan auditoriyalar (unga ko‘ra zamonaviy axborot
texnologiyalari va innovasion xarakterdagi ta’lim vositalari keng qo‘llaniladi;
bir oliy o‘quv yurtida tashkil etilayotgan o‘quv kurslari, ma’ruza va seminarlar
undan uzoq masofada joylashgan ta’lim muassasalarining o‘quv
auditoriyalarga telekommunikasiya vositalari orqali sinxron teleko‘rsatuv,
videoanjuman va radioeshittirish ko‘rinishida uzatiladi; o‘qituvchi bir vaqtning
o‘zida talabalarning katta auditoriyasi bilan ishlaydi; AQShning Viskonsiya
universiteti (Wisconsin University, USA), Xitoyning markaziy radio va
televedeniye universiteti (China Central Radio and TV University)da Hning
ushbu modelidan foydalaniladi.
8. Loyihalar (u davlat ta’lim yoki ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida keng
qamrovlik loyihani amalga oshirish uchun mo‘ljallanadi; asosiy e’tibor o‘quv
materiallarini tayyorlovchi yetakchi mutaxassislar, xodimlar, H kurslarini
tashkil etadigan o‘qituvchi va olimlardan iborat ilmiy-metodik markazni
shakllantirishga qaratiladi; markaz tomonidan tayyorlangan H kurslari
muayyan davlat hududida katta auditoriyaga uzatiladi; loyiha doirasida
rejalashtirilgan ishlar bajarilgach (tugatilgach) yakunlanadi; Afrika va Lotin
Amerikasining rivojlanayotgan davlatlarida turli xalqaro tashkilotlar
tomonidan qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, ekologiya bo‘yicha tashkil etiladigan
ana shu modelga misol bo‘la oladi).
473
Masofaviy ta’lim ham barcha ta’lim turlari kasbi muayyan tamoyillar asosida
tashkil etiladi. Ular (2-rasm):
2-rasm. Masofaviy ta’limining ustuvor tamoyillari.
Quyida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib beriladi.
Устувор тамойиллар
Интерфаоллик тамойили
Бошланғич билимларга эгалик
тамойили
Индивидуаллик тамойил
Таълимнинг аниқ вақтга
асосланганлиги тамойили
Идентификациялаш тамойили
Таълимнинг ошкоралиги ва
ўзгарувчанлигини таъминлаш
тамойили
Замонавий ахборот технологияларини қўллашнинг педагогик мақсадга
эгалиги тамойили
474
1. Interfaollik tamoyili (u talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqani ta’minlab
qolmay, balki talabalar o‘rtasida o‘zaro aloqani yuzaga keltiradi).
2. Boshlang‘ich bilimlarga egalik tamoyili (masofaviy o‘qitish tizimida
tinglovchilarning oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari, texnik vositalari –
kompyuter, model, elektron doska va b. bilan ta’minlanishi, Internet aloqa
tizimiga ulanishi, tizimda samarali ishlay olish malakalariga ega bo‘lishlar
muhim).
3. Individuallik tamoyili (bu tamoyil real o‘quv jarayonida kirish va oraliq
nazoratlari o‘tkazilishini, ularning natijalarini tahlili asosida individual o‘quv
rejalari tuzilishini ifodalaydi).
4. Identifikasiyalash tamoyil (u masofaviy o‘qitish tizimida mustaqil ta’lim
natijalarini nazorat qilish shakli bo‘lib, talabalarning BKM darajasini
o‘rganishda bevosita muloqot videokonferensiyalaridan foydalanish, shu
maqsadda samarali texnik vositalarni qo‘llashni nazarda tutadi).
5. Ta’limning aniq vaqtga asoslanishi tamoyili (unga ko‘ra o‘quv jadvali
qat’iy rejalashtiriladi va rejalashtirilgan jadvalga qat’iy rioya qilinishi
nazoratga olinadi).
6. Ta’limning oshkoraligi va o‘zgaruvchanligini ta’minlash tamoyili (Hning
yosh, ma’lumoti jihatidan turlicha bo‘lgan talabalar uchun qulayligini,
o‘qitishning ochiq rejalashtirilishini; ta’lim vaqti, sur’ati va joyini erkin
tanlash imkoniyati mavjudligini; o‘quv mashg‘ulotlarida ixtiyoriy qatnasha
olishini, izchilliq tizimliliq uzviylik nuqtai nazaridan o‘quv materiallarining
muntazam o‘zgarib borishini ta’minlash imkoniyatiga egaligi tavsiflaydi).
7. Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik maqsadga
egaligi tamoyili (unga ko‘ra H tizimini loyihalashtirish, yaratish va tashkil
etishda mavjud texnik vositalarini maqsadga muvofiq qo‘llanilishi tahlil qilib
borilishi hamda ularni qo‘llashda yo‘l qo‘yilishi ehtimoli bo‘lgan xatolarning
oldi olinishi lozim).
O‘quv yurtlarida Hning tashkil etilishi muayyan jarayon sifatida kechadi.
Tabiiyki, har bir jarayon ma’lum bosqichlarda amalga oshiriladi. Masofaviy
475
ta’limni tashkil etish bosqichlar quyiagilardir: O‘quv muassasaslarida Hni
amalga oshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi (3-rasm):
3-rasm. Masofaviy ta’limni amalga oshirish bosqichlari.
Ayni o‘rinda Hni amalga oshirish bosqichlarining mohiyati xususida so‘z
yuritiladi.
1. Tahlil bosqichi (unda o‘quv muassasining Hni tashkil etishga bo‘lgan
ehtiyoji, ta’lim oluvchilarning soni, ta’lim shakli, metod va vositalari, loyihani
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan texniq dasturiy va inson resurslari,
loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi).
2. Loyihalashtirish bosqichi (unda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan
ishlar ko‘lami va texnik topshiriqlar loyihalashtiriladi).
Амалга ошириш босқичлари
Таҳлил босқичи
Лойиҳалаштириш босқичи
Жорий қилиш босқичи
Ишга тушириш босқичи
Ўқув контентларини яратиш босқичи
Ривожлантириш босқичи
476
3. Joriy qilish bosqichi (ushbu bosqichda H jarayonini boshqaruvchi dasturiy
majmua tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga muvofiq domen tanlanadi; H
jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuadan foydalanish va unga texnik
xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi xodimlarga ish o‘rgatish bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlari tashkil etiladi).
4. O‘quv kontentlarini yaratish bosqichi (unda soha mutaxassislari bilan
hamkorlikda Hning asosiy elementlaridan biri – o‘quv kontentlari yaratilib,
ular ekspertlar tomonidan ekspertizadan o‘tkaziladi).
5. Ishga tushirish bosqichi (unda H jarayoni ishga tushiriladi; o‘quv jarayoni
doimiy nazoratga olinadi; tizim xavfsizligi monitoring qilib boriladi).
6. Rivojlantirish bosqichi (unda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud
bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik
imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar
ko‘lami bajariladi).
Ushbu texnologiyalar ta’lim axborotlarini taqdim etish, ta’lim axborotlarini
uzatish hamda ta’lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini
o‘z ichiga oladi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari orasida elektron axborot-
ta’lim resurslari (EATR) muhim o‘rin tutadi (5-rasm). Masofaviy ta’lim
tizimida EATR elektron axborot tashuvchi vositalar – disketa, SD-ROM, DVD
kabilarda o‘quv axborotini tashish yoki Internet tarmog‘i orqali elektron
pochta orqali yuborish imkoniyatini ta’minlaydi.
Масофавий таълим технологиялари таълимнинг белгиланган мазмун асосида амалга
оширилишини таъминлашга йўналтирилган шакл, метод ва воситалар мажмуасидир
477
Masofaviy ta’lim texnologiyalari quyidagicha asosiy talablarga javob bera
olishi zarur (5-rasm)116:
116
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 91.
Асосий турлари
ЎМнинг ишчи ўқув дастури
ЭЎММ
Электрон дарслик
Электрон ўқув қўлланма
Электрон маъруза матнлари
Электрон методик қўлланма
Машқлар тўпламлари
Масалалар тўпламлари
Методик кўрсатмалар
Альбомлар, атласлар
Хрестоматиялар
Рақамли видео лавҳалар
Ўқув ва ишчи йўриқномалар
Амалий машғулотлар учун
топшириқлар тўплами
478
Виртуал стендлар
Имитацион тренажёрлар
Электрон луғат ва маълумотномалар
Лойиҳа ишлари (намуналар)
Аудио ва видео материаллар, визуал
анимациялар
ЭЎММ ҳужжати
Мультимедиа маҳсулотлари
Тақдимотлар
Педагогик амалиётни ташкил этишга
доир ҳужжатлар тўплами
(“Педагогик амалиётни ташкил этиш
ва ўтказиш тўғрисида”ги Низом,
педагогик амалиёт топшириқлари,
талабаларнинг амалиётдаги
Назорат
-
синов ишлари (тест саволлари
тўплами, амалий топшириқлар,
лаборатория ишлари вазифалари,
ижодий лойиҳа, БМИ мавзулари,
талабалар БКМни баҳолаш мезонлар
Ишчанлик ўйинлари
Очиқ on
-
linе курслари
479
5-rasm. EATRning asosiy turlari.
Shu bilan birga H texnologiyalari quyidagi qo‘shimcha talablarga javob bera
olishi zarur:
1. Adaptasiya (ta’lim oluvchining o‘z shaxsi, turar-joy sharoiti, moliyaviy
ahvoli, psixologik va fiziologik xususiyatlari ko‘ra ta’lim jarayoniga moslasha
olishi zarurligini ifodalaydi).
2. Iqtisodiy muvofiqlik (bu talab ta’lim tizimini moliyalashtirishda
mablag‘lar miqdorining cheklanganligini bildiradi).
3. O‘zgaruvchanlik (u ta’lim sifati va mazmunini tezkor, izchil, uzluksiz
yangilab borish, o‘quv manbalari va materiallarini modernizasiyalash
zarurligini anglatadi).
4. Nazorat (o‘qitishning barcha bosqichlarida ta’lim natijalarini sifatli nazorat
qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash muhimligini ifodalaydi)
Axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etishda bu tizimda faoliyat
olib boruvchi o‘qituvchilar malakasini oshirishga yuqori talablar qo‘yiladi.
O‘qituvchi malaka oshirish tizimiga kelishlari bilan ta’lim berish subyektidan
ta’lim olish obyektiga aylanadi va o‘quv jarayonidagi o‘zaro munosabatlar
xarakteri o‘zgaradi.
Blended learning. Blended learning
(aralash o‘qitish) zamonaviy
ta’limning nisbatan yangi, biroq,
tobora ommalashib borayotgan shakli
sanaladi.
Ushbu shakldagi o‘qitish jarayonida
talaba mustaqil ta’lim oladi, ammo
ayni vaqtda unga guruh va o‘qituvchi
Blended learning (аралаш
ўқитиш) –
онлайн ўқув
материаллари ҳамда ўқитувчи
раҳбарлигида гуруҳда таълим
олишга асосланган ўқитиш
шакли
480
tomonidan yordam ko‘rsatiladi.
Guruhli mashg‘ulotlar davomida “blended learning” (aralash o‘qitish)ning
qo‘llanilishi tufayli har bir talaba o‘quv materiallarini o‘zlashtirish borasida
o‘zida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etgan holda muloqot
ko‘nikmalarini o‘zlashtirib boradi, o‘tilgan materiallarni takrorlaydi va yangi
mavzuni o‘rganishga tayyorlanadi. Blended learning (aralash o‘qitish) ko‘p
holatlarda topshiriqlarga tayanadi va asosiy, muhim ma’lumotlar negizida
tashkil etiladi, qo‘shimcha materiallar esa talabaga onlayn platforma orqali
uzatib beriladi117.
Blended learning (aralash o‘qitish) – onlayn o‘quv materiallari hamda
o‘qituvchi rahbarligida guruhda ta’lim olishga asoslangan o‘qitish shakli93
Talaba mustaqil ta’lim olar ekan, guruhning boshqa a’zolari bilan onlayn
rejimda tashkil etilayotgan muhokamada ishtirok etish orqali hamkorlik qiladi.
Auditoriyada va onlayn rejimda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar vaqt miqdori
bo‘yicha o‘zaro mos kelishi turlicha o‘zgarib turishi mumkin. Ta’limning turli
bosqichlarida masofaviy va mustaqil ta’lim samarali ravishda qorishtirib
yuboriladi. Aralash ta’lima o‘qituvchi rahbarligida tashkil etiladigan
mashg‘ulotlar uchun soatlar hajmi kamaytiriladi degan faraz noto‘g‘ridir.
Vlended learning (aralash o‘qitish)ning muvaffaqiyati ta’lim vositalarining
to‘g‘ri tanlanishi bilan belgilanadi. Bu ta’lim shaklining afzalligi shundaki,
talabaning o‘zi o‘quv materialini o‘zlashtirish tezligi va ta’lim jarayonining
intensivligini o‘zi belgilaydi. Aralash o‘qitish o‘zida quyidagi Yevropa ta’limi
modellarini jamlaydi:
117
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 92.
481
Bu shakldagi ta’lim quyidagi shaxslar uchun nihoyatda ahamiyatlidir: ish
vaqti qat’iy tartibga solinmagan sohalarning xodimlari; ishlab chiqarish
ajralmagan holda ta’lim olishlari lozim bo‘lgan korxona, tashkilot va
firmalarning xodimlari; “jonli muloqotga asoslangan ta’lim” muhitida o‘qishni
xohlovchi shaxslar uchun. Aralash ta’limning tarkibiy tuzilmasi ham
o‘zgaruvchan hisoblanadi. Ayni vaqtda xorijiy mamlakatlarda aralash
ta’limning o‘ndan ortiq shakllari mavjud. O‘qitish amaliyotida aralash ta’lim
o‘z “o‘lcham” (ko‘rsatkich)lariga ega. Ular quyidagilardir:
- malakali kadrlar guruhining shakllantirilganligi;
- mahorat darslariga asoslangan ta’lim;
- yuqori darajadagi yutuqlari kafolatlovchi muhit;
- talabalarning o‘z shaxsiy ta’limiy yutuqlari uchun javobgarligi118.
OTMda blended learning (aralash o‘qitish) quyidagilarga asoslanadi:
Blended learning – aralash o‘qitish tizimi bo‘lib, ta’limiy konsepsiya
hisoblanadi, qaysiki mustaqil ravishda bilimlarni onlayn orqali va kunduzgi
holatda o‘qituvchi ishtirokida o‘rganiladi. Ya’ni “shu yerda va hozir” degan
ma’nolarni tushuniladi. Brick and Mortar (kirpich i rastvor) ingliz tili
118
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 93.
Масофавий
таълим
(distance learning).
Аудиториятаълими
(face-to face learning).
Интернеттаълими
(online learning).
Узлуксизтаълим
(lifelong learning)
482
idiomasi bo‘lib, an’anaviy ma’noni anglatadi. Demaq Brick and Mortar
Education kunduzgi o‘qitishning an’anaviy shaklidir. Bu holatda kompyuter
ta’limda mediatr bo‘lib xizmat qiladi. Aralash o‘qitish shakllari:
Онлайн маъруза машғулотлари.
Онлан амалий машғулотлар.
Интернет тармоғида муҳокама қилинадиган лойиҳа ва гуруҳ ишлари.
Онлайн режимда ташкил этиладиган лаборатория машғулотлари.
Онлайн режимда мустақил топшириладиган тест.
Онлайн режимда ташкил этиладиган маслаҳат.
Blended learning;
Hubrid learning;
Technology-Mediated Instruction;
Web-Enhanced Instruction;
Mixed-Model Instruction.
483
XX asrning 60 yillarida mavjud bo‘lib, tushunchasi 1999 yilda amerika
pressasi Interctive learning Center markazi EPIC Learning deb o‘zgartirdi.
Ularning ma’ruzasida internet orqali o‘qitishni tavsiya qilingan. Blended
learning metodologiyasidan foydalanishi e’tiborga olingan. 2006 yilda Bonk
va Grem kitoblarida “yuzma-yuz” va kompyuter orqali o‘qitish ekanligi
e’tiborga olingan. 1998 yilda Aleksandr Mak Kenzi tadqiqotida kompyuter
yordamida BKMlarini o‘zlashtirishini osonligi qayd etilgan. Blended learning
uch qismdan iborat:
Foydali jihatlari: bilimlar to‘plami va baholash imkoniyati hamda
o‘qituvchiga ko‘p odamlarni o‘qitish imkoniga ega.
Kamchiliklari: Akt bo‘yicha
Blended learning modellari:
Face – To – FaceDriver (Drayver kunduzgii ta’lim)
Rotation Model (Rotasiya modeli)
Flex Model (Moslashuvchan model)
Online lab (Onlayn laboratoriya)
Self-Blend Model (O‘zing aralashtir)
Масофали
ўқитиш
(Distance learning);
Синфда
ўқитиш
(Face
–
To
–
Face learning);
Интернет
орқали
ўқитиш
(Online learning)
484
Online Driver Model (Drayver onlayn ta’lim)119
Mahorat darslari. Mahorat darslari
zamonaviy ta’limning yana bir tobora
ommalashayotgan shakli sanaladi.
Bu shakldagi o‘qitish bir martalik
sanaladi.
Mahorat darslarini tashkil etishda ko‘p yillik ish tajribasiga ega, shuningdeq
samarali metodika yoki texnologiyaga ega innovator pedagoglarning kasbiy
malakalari ochiq tarzda, interfaol muloqot asosida hamkasb pedagoglar hamda
talabalarga namoyish etiladi. Malakali pedagoglar tomonidan mahorat
darslarini tashkil etishda quyidagi vazifalar bajariladi:
muayyan muammo bo‘yicha tajribali, mahoratli pedagogning ish
tajribasining ommalashtirilishi;
tajribali, mahoratli pedagog tomonidan izchil harakatlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri
va izohli namoyish etish orqali pedagogik faoliyatda samarali shakl, metod va
vositalardan foydalanish tartibining ko‘rsatilishi;
malakali, mahorali pedagogning metodik yondashuvlarini belgilangan
muammoni hal etish usullari bilan o‘zaro muvofiqlashtirish;
mahoratli pedagog tomonidan o‘zining kasbiy malakalarining shogird
(talaba)larga o‘rgatilishi;
119https://en.wikipedia.org/wiki/Blended_learning
Маҳорат дарслари –
очиқ ташкил этилиб,
илғор педагогик тажрибаларни тарғиб этишга
йўналтирилган самарали ўқитиш шакли
485
talabalarning kasbiy takomillashuvlari uchun mahorali pedagog tomonidan
yoram ko‘rsatilishi;
pedagog xodimlar o‘rtasida innovasion g‘oya, texnologiyalarni
ommalashtirish;
mahorat darslari ishtirokchilari (talabalar)ning kasbiy kompetentliklarini
oshirish;
mahorat darslarning har bir ishtirokchisida individual ijodiy pedagogik
faoliyat uslubini shakllantirish.
Mahorat darslarini tashkil etish natijasi sifatida quyidagi mahsulotlar
yaratilishi mumkin:
- pedagoglarning ijodiy ishlari mahsuli (dastur, metodik qo‘llanma); -
mashg‘ulotlar uchun tarqatma materiallar;
- pedagogik adabiyot va manbalar kartotekasi;
- ta’lim va tarbiyaning yangi shakllarini metodik jihatdan asoslash;
- yangi pedagogik texnologiyalarni shakllantirish;
- malaka oshirish kurslari, seminarlar, praktikumlarning dasturlari;
- ijodiy va ommaviy xarakterdagi tadbirlar Nizomi va b120.
120
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 94.
Мастер
-
класс
(МК) —ўқитувчи томонидан касбий тажрибасини ҳаракатлар кетма
-
кетлиги ҳамда натижаси маҳорат билан кўрсатиб бериш
486
Mahoratli darslar (Master-klass ta’lim tizimida quyidagi imkoniyatlar asosida
tizimlashtiriladi.
1. Ishtiroki asosida:
- masofali tarzda
- pedagogning shaxsiy ishtiroki.
2. Auditoriya bo‘yicha:
- o‘qituvchilar uchun;
- ta’lim oluvchilar uchun;
- aralash guruh.
3. O‘tkazish joyi bo‘yicha:
- auditoriya (sinf);
- ustaxonalarda;
- plenerda.
4. Auditoriyani taqsimlash bo‘yicha:
- individual;
- guruhli
Shuningdek:
1. Mahorat darslarini tashkil etishning an’anaviy shakli:
Nazariy qismi
Amaliy qismi
Refleksiya (amaliy faoliyat bo‘yicha tavsiyalar, savol-javoblar).
2. Mahorat darslari (Master-klass)da materialani tanishtirishning yangi
texnikasi va usullari:
mavzu, maqsadi va vazifalari e’loni;
487
o‘tkazish joyi;
Topshiriqni bajarish texnikasi va materialari;
Ilgari bajarilgan ishlardan namunalar;
Mavzu doirasida topshiriqlarni bajarish bosqichlari;
Yakuniy bosqich
3. Mahorat darslari (Master klass) fan bo‘yicha o‘qitish metodikasi yoki
yangi dasturlar bilan tanishni hohlovchi o‘qituvchilar uchun:
mavzu, maqsadi va vazifalari e’loni;
o‘tkazish joyi;
o‘qitish metodikasi va dasturi bilan tanishtirish;
yangi dastur va o‘qitish metodkasi asosida bajarilgan ishlardan namunalar;
tinglovchilar savollariga javob berish.
Zamonaviy ta’limda tyutor, supervizorlik va moderatorlik faoliyati
Zamonaviy pedagog - ta’lim oluvchining qanday o‘qiyotganligi va
rivojlanayotganligini to‘liq tushunib, his qila oladigan, ya’ni uning hayotini
o‘z shaxsiy hayoti singari his qilib, o‘quvchining ichki, axloqiy-ma’naviy,
umummadaniy o‘sib rivojlanishiga, bolalar hamda kattalar hamjamiyatining
mustahkamlanishiga ko‘maklasha oladigan o‘qituvchi.
Tyutor – bu o‘qituvchi. Muhim o‘qituvchi, uning asosiy maqsadi faqat bilim
berish emas, bolaning maqsadga erishishi uchun mustaqil ravishda harakat
qilishga o‘rgatish. Tyutor – pedagog ta’lim oluvchilarning mustaqil ravishda
maqsadini belgilashiga, o‘z kamchiliklarini tushunishga, ajdodlar tajribasini
amalda qo‘llashga o‘rgatadi.
Таълим
олувчигакерак
бўлганбилимни
топа олади
Таълим
олувчидаиндивиду
ал
ҳаракатланишига
488
6-rasm. Tyutor.
Supervayzer (ingliz “supervise” – kuzatish ma’nolarini bildiradi) –
kuzatuvchi. U ta’lim jarayonidagi kamchilik va yutuqlarini kuzatadi.
Shuningdeq adminstator savollarini yechishga harakt qiladi u kreativ,
ambisioz, kuzatuvchi, kommunikativliq analitiq ijrochi, mas’uliyatli, strategik
fikrlovchi xususiyatlariga ega shaxs. Uning vazifalari:
shaxsni tanlash va o‘qitish;
ta’lim oluvchilar o‘rtasida topshiriqlarni bo‘lib berish;
ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatga kirisha olish;
ta’lim sifatini nazorat qilish;
Тьютор
Таълим
олувчигатушунишга
ёрдам беради
Таълим
олувчида“мен
ўрганам” деган
тушунчани ҳосил
Таълим
олувчида“менга
керак” деган
тушунчаси
489
ta’lim oluvchilar faoliyatidan xabardor bo‘lish.
Moderator – axborotlarni tekshiradi, o‘rnatilgan tartibda taxrir qiladi yoki
o‘chirib tashlaydi.
Assesment texnologiyasi
Bugungi kunda respublika ta’lim muassasalaria ta’lim oluvchilar faoliyatini
nazorat qilishda “assesment” sinovi keng qo‘llanilmoqda. Mazkur texnologiya
shaxsning kasbiy tayyorgarligi, mutaxassis sifatida shakllanganlik darajasi
hamda kasbiy kompetentlik sifatlariga egaligini aniqlash, baholashga xizmat
qiladi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin
egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy
kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo
etmoqda. “Assesment” texnologiyaning yaratilish tarixi o‘tgan asrning 30-40-
yillariga borib taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to‘g‘ri
baholay oladigan, harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur
o‘rinlarda oqilona harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari
orasidan bilimdon, tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdeq ofiserlarni
tanlash maqsadida qo‘llanilgan. Keyinchalik ushbu texnologiya tadbirkorlik
sohasiga ham samarali tatbiq etildi121.
Texnologiya birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan
tadqiqot dasturlarini amalga oshirish doirasida qo‘llanilgan To‘rt yildan so‘ng
121
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 103.
“Ассесмент” технологияси (ингл. “essesment” – “баҳо”, “баҳолаш”) –
талабаларнинг билим, кўникма ва малакалари даражасини ҳар
томонлама, холис баҳолаш имкониятини таъминловчи топшириқлар
тўплами
490
malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo‘llanila boshlangan texnologiya
negizida tadbirkorlar psixologlar bilan hamkorlikda mazkur texnologiya
yordamida ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish korxona hamda
tashkilotlari uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati – “Assesment-
markaz” (“The Assessment Centre”)ni yo‘lga qo‘yildi. 1960 yilda “IBM”,
“Standart oyl of Ogayo”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika kompaniyalari o‘z
faoliyatlariga texnologiyani samarali tatbiq etdilar. Agarda 1980 yilda 2000 ta
firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni tanlashni ma’qul
ko‘rgan bo‘lsa, ayni vaqtda bu texnologiya o‘n minglab korxona, tashkilot,
firma va kompaniyalarda samarali qo‘llanilmoqda. Ayni vaqtda ishlab
chiqaruvchi va savdo kompaniyalar malakali menejerlarni tanlash maqsadida
mazkur texnologiyandan muvaffaqiyatli foydalanmoqda. So‘nggi yillarda
mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi. Uning
yordamida talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi har
tomonlama, xolis baholanmoqda.
Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalari kamida to‘rtta topshiriq bo‘yicha baholanmoqda. M:
Izohli lug‘at
Muammoli vaziyat
Ijodiy ish
Test
Ushbu metoddan darsning kirish, asosiy yoki yakuniy qismida ya’ni uyga
vazifa berish jarayonida qo‘llash mumkin. Darsning kirish qismida
talabalarning uyga vazifalarini qay darajada bajarganliklarini aniqlashda yoki
mavzuni umumlashtirish jarayonida egallangan bilim, ko‘nikmalarni
aniqlashda foydalanish mumkin. “Assesment” metodini dars jarayoniga tatbiq
etish muayyan texnologiyaga asoslanadi. O‘qituvchi tomonidan talabalarga
jadval ko‘rinishdagi vazifalarni qisqa vaqt ichida bajarishlarni topshiriq
sifatida beriladi. Topshiriq bajarilganidan so‘ng, javoblar o‘qituvchi
491
tomonidan e’lon qilinadi talabalar esa aynan javob ko‘ra o‘z-o‘zini
tekshirishni amalga oshiradi hamda oldindan e’lon qilingan mezonlar asosida
baholaydi. Bunda talabalar mavzu mazmunini qay darajada o‘zlashtirganligi
bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish va baholash orqali xulosa chiqaradi. Assesment
texnologiyasini qo‘llash quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
Talabalarning umumiy-madaniy kompetentligini baholashda assesment
baholash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
talabalardagi baholanishi lozim bo‘lgan kasbiy kompetentlik sifatlari
ro‘yxatini tuzish;
kasbiy kompetentlik sifatlari namoyon bo‘ladigan faoliyat turlarini
modellashtirishga imkon beruvchi, muammoli vaziyat vazifasini ishlab
chiqish;
Яхлитлик (талабалар турли машқ ва тестлар ёрдамида синовлардан ўтади).
Реаллик (талабаларнинг кузатиб борилаётган хатти
-
ҳаракати баҳоланади).
Мустақиллик (ҳар бир талаба бир неча мутахассислар томонидан баҳоланади).
Объективлик (хулосалар стандартлаштирилган баҳоларга асосланади).
Ишончлилик (хулосалар талабалар томонидан мустақил бажарилган вазифаларнинг
натижаларига асосланади).
492
ma’lum bir kompetensiyalarning shakllanglanlik darajasini belgilar beruvchi
mezonlarni ishlab chikish; ekspertlar uchun baholash varaqalarini tayyorlash;
so‘rov anketalarinni ishlab chiqish; assessmentdan imtihon shakli sifatida
foydalanish;
savol-javob anketasini tuzish;
xulosa chiqarish.
Vebinar texnologiyalar
Vebinar texnologiyalar va ularni ta’lim jarayonida qo‘llash. Zamonaviy
sharoitda ta’lim tizimida vebinar texnologiyalar tobora keng qo‘llanilmoqda.
Garchi “vebinar” tushunchasi shu ma’noni anglatsa-da, biroq, ta’lim
amaliyotida keng ma’noda qo‘llanilib, turli onlayn tadbirlar (seminar,
konferensiya, bahs-munozara, uchrashuv, taqdimot, ayrim holatlarda trening,
turli hodisalar bo‘yicha tarmoq translyasiyalari (kompyuter yoki Internet
tarmog‘ida namoyish etiladigan lavhalar) va ta’lim vositalarini anglatishga
xizmat qiladi. Ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirish orqali pedagoglar interfaol
o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Talabalar uchun
esa bu texnologiyalar vaqtni va boshqa resurslarni tejash imkoniyatini
yaratadi. Chunki ushbu interfaol ta’lim jarayoni bilan qulay vaqt va qulay
Вебинар технологиялар (ингл. “webinar” –
web-based seminar)
–
1) web-
технологиялари
ва анъанавий таълимнинг ўзаро бирлиги асосида ташкил этиладиган семинар; 2)
Интернет технологиялари ва махсус дастурлар қўлланилган ҳолда талаба
(тингловчи)лар билан интерфаолўқув машғулотларини ташкил этиш шакли
493
joyda tanishish imkoniyati mavjud. Bu esa pedagoglardan vebinar
texnologiyalar asosidagi mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish uchun muayyan
ko‘nikmalarga ega bo‘lish, bir qator shart va qoidalarga rioya etish talab
qilinadi. Bu turdagi texnologiyalarning yaratilish tarixi 1980-yillardan –
birinchi marta matnli xabarlarni almashish tizimi yaratilgan vaqtdan
boshlangan. O‘tgan asrning 90-yillarida yanada takomillashgan muloqot tizimi
veb-chat hamda juda qisqa vaqtda xabarlarni almashish tizimlari payo bo‘ldi.
90-yillarning oxirlariga kelib, birinchi konferens-aloqalarni tashkil etish tizimi
ishlab chiqildi122.
Shundan so‘ng ko‘plab boshqa muloqot tizimlari, jumladan, Internet
tarmog‘idagi konferensiya aloqalarni amalga oshirish imkoniyati yuzaga keldi.
Vebinar mashg‘ulotlarni olib
borish uchun pedagoglarning
oldiga veb-kamera o‘rnatilib, u
tomonidan tashkil etilgan
mashg‘ulot tarmoq orqali
namoyish etiladi. Bu
mashg‘ulotni Yer sharining
istalgan nuqtasida ko‘rish,
Internet tarmog‘iga ulangan
122
Муслимов Н., Усмонбоева М., Мирсолиева М. Инновацион таълим технологиялари ва
педагогик компетентлик. УМК. –
Тошкент, 2016. –
Б. 108.
494
kompyuter vositasida talabalar
va pedagog o‘rtasida muloqotni
tashkil etish mumkin.
Odatda vebinar mashg‘ulotlar turli shakllarda tashkil etiladi. Jumladan (7-
rasm):
бугунги кунда “InterCall”
компаниясининг савдо
белгиси сифатида эътироф
этилади
Асосий шакллари
Қайтар
алоқага асосланган маъруза
Маъруза
-
тақдимот
Мавзули семинар
Гуруҳли ишлашга асосланган семинар
Семинар
-
маслаҳат
Амалий машғулот
Веб
-
конференция (онлайн
-
конференция)
Лаборатория машғулоти (кўрсатмали
тренинг)
Битирув малака ишининг ҳимояси
495
7-rasm. Vebinar mashg‘ulotlarning asosiy shakllari.
Mashg‘ulot ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqa Veb-ilova xizmati orqali
ta’minlanadi. Vebinarga ulanishi uchun ishtirokchi (talaba, tinglovchi) o‘z
manzilini sayt manzilidagi brauzer qatoriga kiritishi zarur. Talabalar
pedagogni tinglagan holda unga savollarni og‘zaki hamda yozma tarzida
berishlari mumkin. Pedagog o‘z kompyuterida o‘quv materiallari (matnli
hujjatlar, taqdimot slaydlari va b.)ni namoyish etish, virtual doskaga yozish,
chizish imkoniyatiga ega. U ishtirokchilarning barchasini ko‘rib turadi va
istalgan talaba, tinglovchiga yoki ularning barchasiga bir vaqtning o‘zida
e’tiborni qarata oladi. Boshqacha aytganda mashg‘ulot o‘tayotgan virtual
auditoriya to‘la ravishda pedagogga ko‘rinib turadi.
Ta’lim shaklining tanlanishi pedagog tomonidan qo‘yilgan maqsadan kelib
chiqib belgilanadi. Vebinar mashg‘ulotlarni o‘tkazish maqsadlari quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
Odatda vebinar mashg‘ulotlar talabalar tomoni o‘quv moduli, uning muayyan
bo‘limi, mavzulari mustaqil o‘rganilgandan keyin tashkil etiladi. Bu
mashg‘ulotlarning an’anaviy darslardan farqi – ularda har bir talaba, tinglovchi
o‘quv materialini muhokama qilish va muayyan ko‘nikma, malakalarni
o‘zlashtirish masalalarini muhokama etisha faol ishtirok etishi mumkin.
Mashg‘ulotning muvaffaqiyati pedagogning mahoratiga, muloqot jarayonining
-
талабалар томонидан ўқув материалининг пухта ўзлаштирилишини таъминлаш;
-
талабаларнинг мавжуд билимларини мустаҳкамлаш;
-
жамоада ишлаш методларини ўзлаштириш;
-
ўзаро тажриба алмашиш;
-
касбий фаолият кўникма ва малакаларини ўзлаштириш;
-
билиш фаолияти мустақил ташкил этишда йўл қўйилган камчиликларини тўғрилаш
496
to‘g‘ri tashkillashtirishiga, auditoriyaning faolligiga va mashg‘ulot shaklining
maqsali tanlanganligiga bog‘liq. Vebinar mashg‘ulotlar uch bosqichda tashkil
etiladi. Ya’ni (8-rasm):
8-rasm.Vebinar mashg‘ulotlarning tashkil etilish bosqichlari
Mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi texnik vosita (qurilma)lar kerak
bo‘ladi
Vebinar mashg‘ulotlardan oldin talabalar bu haqida xabardor qilinadi.
Shu maqsadda ularga xabarnoma yuboriladi. Unda quyidagilar ko‘rsatilishi
shart:
Шахсий компьютер (у Интернетга уланган бўлиши лозим).
Веб
-
камера (компьютерга уланган ёки автоном).
Гарнитура (микрофон ёки овозни қабул қилувчи мослама –
қулқочин, овозли кранай
(колонка)).
Эхони бартараф этадиган мослама (иштирокчилардан кимнидир компьютеридаги
карнай миқрофон олдида бўлиб қолса, у ҳолда бошқаларнинг овози микрофонга
“тушиб қолади” ва бу эхо ҳосил қилади).
Дастурий таъминот (шахсий компьютерларда Adobe Flash Player плагинининг сўнгги
модели, шунингдек, веб
-
браузер (Mozilla Firefox, Google Chrome) ўрнатилиши зарур)
-
машғулотнинг номи;
-
вебинар машғулотни олиб борувчи ҳақиа маълумот;
-
машғулот санаси, бошланиш вақти ва давомийлиги;
-
машғулот мақсади ва вазифалари;
-
вебинарнинг таркибий тузилмаси ва мазмуни (бўлимлар бўйича) ҳақида қисқача
Асо
сий
бо
сқ
ичлар
1-
босқич
1-
босқич
1-
босқич
Техник таъминот
Вебинар машғулотни ташкил этишга
тайёргарлик
Вебинар машғулотни олиб бориш
497
Vebinar turlari:
Virtual laboratoriya ishi va amaliyoti
Leksiya
Seminar
Konferensiya
Breyn ring
Guruhli intervyu
Dumaloq stol
Aqliy hujum
Jamoaviy yechim
Guruhli bahs
Disput
Dasturiy mahsulotlardan foydalanishga o‘rgatish.
Agarda vebinar mustaqil tashkil etilayotgan bo‘lsa, u holda ishtirokchilar
mashg‘ulot haqida bir hafta oldin xabardor qilinishi, shuningdeq mashg‘ulot
haqida yana bir bor bir kun va bir soat avval xabar yuborilishi maqsadga
muvofiqdir. Bu turdagi mashg‘ulotning dasturiy ta’minoti mutaxassislar
tomonidan ta’minlanadi. Ayni vaqtda vebinar mashg‘ulotlar turli tijorat
(Webinar.ru, Comdi, Mirapolis Virtual Room va b.) hama erkin tarqatuvchi
(OpenMeetings, OnWebinar va h.k.) serverlar yordamida tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: |