Modernizatsiyalash jarayonlari


MAVZU: DEVIANT XULQ – IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
pedagogika (2)a

MAVZU: DEVIANT XULQ – IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMO 
SIFATIDA 
 
 
REJA 
Ijtimoiy pedagogikada “me’yor” va “me’yordan og‘ish” tushunchalari.
Deviatsiya va uning turlari. O‘smirlarda deviant xulq-atvorning kelib chiqishi 
sabablari. Giyohvandlik tushunchasi.
O‘smirlar orasidagi giyohvandlikning biologik, psixologik va ijtimoiy 
oqibatlari. Bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlari. 
Deviatsiya kontseptsiyasida reabilitatsiya, profilaktika va korrektsiya 
masalalari.
Ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan olib boradigan faoliyati 
O‘smirlar va o‘spirinlar bilan ishlashda shartnomaning tuzilishi ularning 
mutaxassis bilan munosabatlariga jiddiy tuye berishi bilan ijobiy jihatlarga 
ega. Asosan, xorij amaliyotida qo‘llaniladigan uzoq muddatli ish shakllari 
ijtimoiy-psixologik yondashuvga asoslanadi va to‘rt oydan ortiq vaqxni talab 
qiladi. Ijtimoiy-psixologik yondashuvning asosiy vazifalari: biror bir vazifani 
bajarishga odatlantirish orqali oilaviy tizimni o‘zgartirish hamda oilaga ta’sir 
qiluvchi boshqa ijtimoiy tizimlardagi holatlarni aniqlashdan iborat. Ijtimoiy-
pedagogik yordam sharoitida patronajning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. 
Patronaj ijtimoiy ijtimoiy pedagog va oila pedagogik ish shakllaridan bo‘lib, 
unda ijtimoiy pedagog tashxis, nazorat va reabilitasiya maqsadlarida 
oilagatashrif buyuradi. Bu esa oila bilan uzoq muddatli aloqalarni ushlab 
qolishga zamin yaratadi. Patronaj oilani tabiiy sharoitlarda kuzatishga imkon 


546 
beradi. Patronajning o‘tkazilishi bir qancha tamoyillarga amal qilishni talab 
qiladi. Bular: yordamni ixtiyoriy qabul qilish, konfidensiallik va boshqalar. 
Shuning uchun ham oilani ijtimoiy pedagog tashrifi to‘g‘risida avvaldan 
xabardor qilish lozim. Patronajlar tanlangan ish strategiyasiga qarab doimiy va 
bir martalik buladi. Doimiy patronajlar, avvalambor, g‘ayri ijtimoiy oilalarga 
nisbatan qo‘llanilishi lozim. Chunki ularni doimiy nazorat qilish intizomga 
chaqiradi va vujudga kelayotgan inqirozli holatlarni aniklash imkonini beradi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatda, patronaj bilan bir qatorda, oila bilan ish olib 
borishning muhim shakllaridan biri konsultativ suhbat o‘tkazishdir. 
Konsultativ suhbat, asosan, hayotiy masalalarni hal qilishda qiyinchiliklarga 
duch kelayotgan soglom oilalarga mo‘ljallangan. Yakka tarzdagi konsultasion 
suhbatlar bilan bir qatorda, oila bilan ishlashning jamoaviy shakllari – 
treninglar qam o‘tkazilishi mumkin. Ijtimoiy-pedagogik trening amaliy 
psixologiyada jamoaviy psixologik ish olib borishning faol metodlaridan 
foydalanishga asoslangan sohasi sifatida ta’riflanadi. Shuni ta’kidlash joizki, 
bugungi kunda o‘tkazilayotgan trening dasturlari ning maqsadlari kengaydi va 
trening faqatgina amaliy psixologiya sohasi bo‘libgina qolmay, balki ijtimoiy 
pedagogika va ta’lim tizimida ham o‘z o‘rniga ega. Trening bir qancha 
individual va jamoaviy ish olib borish usullarininguygunlashuvi bo‘lib, ota-
onalarning psixologik va pedagogik savodxonligini oshirish muammosini hal 
qilishning eng istiqbolli usullaridan biriga aylandi. So‘ngi o‘n yilliklar 
davomida bu muammo o‘z global ahamiyatini yo‘qotmayapti. Ayniqsa, ruhiy 
va jismoniy nuqsonli farzandi bor oilalarda bu muammo nihoyatda keskindir. 
Jamoaviy usullar ota-onalarga bir-birlari bilan tajriba almash inish lari, 
savollar berish va guruhda qo‘llab quvvatlanishlari imkonini beradi. Bundan 
tashqari, axborot almashinuvida yetakchilik rolini bajarish inson faolligini 
oshiradi. Yuqoridagi usullar konsultativ suhbat, trening ommabop hisoblanib, 
ular ham qisqa muddatli, ham uzoq muddatli shakllarda qullanilishi mumkin. 
Oiladagi ijtimoiy pedagogik faoliyat tizimli yondashuvga asoslangan 
taqdirdagina yuqori samarali bulishi mumkin. U demografiya, sotsiologiya, 
ijtimoiy psixologiya, pedagogika (oilaning tarbiyaviy funksiyasi), huquq, 
iqtisod (oila byudjeta), etnografiya, tarix, falsafaga oid ma’lumotlarni 
o‘rganishni va ulardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Shunday qilib, zamonaviy 
sharoitlarda oila turli bilim sohalari: ijtimoiy pedagogika, ijtimoiy ish, 


547 
sog‘liqni sakrash va boshqalarning markaziy obyektlaridan biriga aylanmokda. 
Chunki har bir jamiyatning kelajagi o‘sha jamiyatdagi oilalardagi 
muammolarni hal qilishga bog‘liqdir.
Adaptasiya – organizmning tashqi muhit bilan adekvat aloqalarning 
shakllanish xususiyati. Shuningdeq adaptasiya organizm faoliyatini tashqi 
muhit ehtiyojlariga qarab o‘zgartirish qobiliyati hamdir. Barchatirik 
mavjudotlar o‘zgaruvchan atrof-muhitga doimiy adaptasiyani ta’minlovchi 
mexanizmlarga ega. Bu qobiliyat gomeostaz asosida ro‘y beradi. Biroqatrof-
muhitning bunday o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va unga ko‘nika olishi 
faqat insonga xosdir. Insonning bu yuqori adaptiv qobiliyati tug‘ma bo‘lmay, 
muhit bilan doimiy aloqasining oqibati sifatida rivojlanib keladi. Insonning 
ko‘nikish reaksiyasi shakllari ijtimoiy adaptasiya sifatida aniqlanishi lozim. 
Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, inson ijtimoiy muhit 
o‘zgarishlariga ko‘nika olishi va bu holatlar uchun yurish-turish reaksiyalarini 
ishlab chiqishi lozim. Insondagi adaptasion mexanizmlarda hal qiluvchi rolni 
ijtimoiy omillar o‘ynaydi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanish, urbanizasiyaning 
tezlashishi, tabiat va kosmosni faol o‘zlashtirish, aloqa vositalarining 
kengayishi va kompyuterlashtirish, davlatlararo integrasiya jarayonlari insonda 
o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga tez ko‘nika olish qobiliyatini shakllantirish 
masalasini muhimlashtiradi. Bu qobiliyat shaxs rivojining yanada hal qiluvchi 
ahamiyatga ega tarkibiy qismiga aylanmoqda. Insonningtug‘ilishi adaptasiya 
borasidagi ilk sinovdir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqda ham ko‘nikish 
mexanizmlari mavjud bo‘ladi. Biroq go‘daklik davrida muhit bilan faol o‘zaro 
munosabatlar natijasida oliy nerv faoliyatida ba’zi murakkab funksiyalar 
vujudga keladi. Miyada axborot to‘plash va uni qayta ishlash bolaga ijtimoiy 
muhitning ijtimoiy tajribasini tarbiyaviy ta’sir orqali o‘zlashtirish imkonini 
beradi.
So‘nggi yillarda go‘daklik davridagi ijtimoiy adaptasiyaga qiziqish ancha 
ortdi. Ta’lim muassasalalarida tarbiyalanayotgan barcha bolalar uchun ijtimoiy 
adaptasiya muammosi muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda bolaning 
ko‘nikish imkoniyatlarini oshirish, uning ijtimoiy aloqalarini kengaytirish bola 
shaxsining shakllanishi uchun nihoyatda katta ahamiyat kasb etmokda. Bola 
shaxsining rivojlanishi uning aloqalarining xilma xilligiga bog‘liq. Demaq 
bolaning har tomonlama rivojlanishi uning aloqalarining ko‘p tomonlama 


548 
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun ijtimoiy aloqalarning barvaqt 
shakllanishi tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy adaptasiya qobiliyati 
oliy nerv faoliyatining rivojlanishiga bog‘liq ravishda postanal antogenezda 
shakllanadi. Bu jarayon hayotning ilk uch yilida, ayniqsa, jadal kechadi. 
Shaxsning ijtimoiy adaptasiyasi uchun yangi ijtimoiy muhitdagi aloqa va 
me’yorlar haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega. Yangi ijtimoiy 
talablarga ko‘nikish bir qancha ruhiy-hissiy qiyinchiliklarni ham keltirib 
chiqaradi. Bola ijtimoiy adaptasiyani o‘z tajribasi asosida ta’limtarbiya 
jarayonida o‘rganadi. Ijtimoiy adaptasiya qobiliyatini hosil qilish, o‘z 
navbatida, ko‘nikish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, bolaning 
ko‘nikish imkoniyatlarida inqirozli holatlar ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu 
imkoniyatlar esa bolaning atrofidagilar bilan aloqalarining rivojlanishiga, bola 
miyasida axborotlarni qayta ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Bolada aniq bir 
mikroijtimoiy muhitning shartlari sifatida shakllanadigan yurish-turish 
shakllari ijtimoiy adaptasiyaning fiziologik holati hisoblanadi. Bu sharoitlar 
o‘zgaradi, masalan, bolalar biron-bir muassasaga kirganlarida ulardan yurish-
turishining ham o‘zgarishi talab qilinadi. Turli yosh davrlarida bu turli 
darajadagi 
qiyinchiliklarni 
keltirib 
chiqaradi. 
Bolalarning 
ta’lim 
muassasalaridagi adaptasiyalarining asosiy xususiyati ularning oilalarida 
shakllanadigan, 
otaonasi 
hamda 
safdoshlari 
bilan 
shakllanadigan 
munosabatlari orasidagi farqsir. Bolaning yangi muhit sharoitlari bilan 
tanishganidanoq uning oldiga qo‘yilgan talablar, shubhasiz, u yoki bu 
darajadagi qiyin masala qisoblanadi. Murakkablik darajasi bolaning individual 
hususiyatlariga bog‘liq. Faqatgina ba’zi hollarda murakkablik darajasi bola 
imkoniyatlaridan yuqori bulishi mumkin. Shunday hollarda bolaga bu 
murakkabliklarni yengishga yordam beradigan yo‘llarni qidirish lozim, chunki 
ayni shu paytning uzida uning ijtimoiy aloqalarining kengayishi ham sodir 
buladi. 
O‘yin bola faolligining asosiy va uziga xos shaklidir. Bu o‘sib ulg‘ayayotgan 
bola organizmining tabiat, atrof-muhit obyektlari haqida ma’lumot yig‘ishiga, 
kattalarga taqlid qilishiga, faol harakat qilishiga ehtiyoj, uning muhit bilan 
o‘zaro aloqasi shakllanadigan faoliyat turidir. O‘yinlarda bola bajara 
olmaydigan talablar qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqadiki, o‘yin bola hayoti, 
madaniyati va faoliyatini tashkil qilish shakli sifatida uning yangi muhitga 


549 
ko‘nikish shartidir. Yuqorida aytilganlarni barchasini inobatga olib, ijtimoiy 
pedagogning ta’lim muassasida bolalarning muvaffaqiyatli adaptasiyasiga 
qaratilgan faoliyati quyidagilardan iborat, desak bo‘ladi:
1. Adaptasion bosqichining kechishini og‘irlashtiruvchi va bolalarning 
kasaplanish darajasini oshiruvchi yetakchi biologik va ijtimoiy omillarning 
kompleks tuzilmasini aniqlash.
2. Kompleks usullardan foydalangan qolda adaptasion bosqichni tahlnl qilish.
3. Adaptasion bosqich kechishini yengillashtiruvchi va salomatlik holatini 
saqlashga yordam beruvchi chora-tadbirlarni izlash va ishlab chiqish.
Ijtimoiy adaptasiya bolaning ruhiyatida jo‘shqinlikni paydo qilmasdan iloji 
yo‘q. Buning ilk namoyon bo‘lish shakllari emosinal qolatningbuzilishidir. 
Ijtimoiy pedagog bolalarning ko‘nikish darajasini aniqlashi uchun quyidagi 
tasnifga tayanishi lozim:
1. Yengil adaptasiya – bolaning yurish-turishi 10– 15 kun ichida me’yoriy 
holatga qaytadi. Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlaganidan 
so‘ng bir oy o‘tgach, o‘zini me’yorda tuta boshlaydi. 
2. O‘rta adaptasiya – bolaning yurish-turishi yoki emosional holatidagi 
o‘zgarishlar 15 – 30 kun ichida me’yoriy xolatga qaytadi. Agar avval unda 
ozish kuzatilgan bo‘lsa, keyinchalik u o‘z vaznini tiklab oladi. Maktabgacha 
ta’lim muassasasiga qatnay boshlagach, bir oy mobaynida u bir marotaba 
yengil kasallikka chalinadi va 7 – 10 kun maktabgacha ta’lim muassasasiga 
kelmasligi mumkin.
3. Og‘ir adaptasiya shunda namoyon bo‘ladiki, bolalarda tez tez qaytadan 
kasal bo‘lish kuzatiladi. Kasalliklar ba’zi hollarda jiddiy tus olishi mumkin 
(bronxit, pnevmaniya). Bu holatda adaptasiya bir oydan ziyod vaqtga 
cho‘ziladi, rivojlanish va salomatlik ko‘rsatkichlarida noxush holatlar ham 
namoyon bulishi mumkin. Adaptasiyaning noxush holatlarini maksimal 
darajada bartaraf etish uchun ijtimoiy pedagog bolaning 9 oyligidan 1,5 
yoshga tulgunigacha mikro ijtimoiy muhitdagi o‘zgarishlarni og‘ir o‘tkazishini 
inobatga olishi lozim. Shuningdeq boladagi adaptasiya jarayonini 
oilaviy tarbiyaning quyidagi kamchiliklari ham og‘irlashtirishi mumkin:


550 
- noto‘g‘ri ovqatlanish;
- bolani noto‘g‘ri belash;
- salbiy odatlar;
- yoshiga mos kelmaydigan ko‘nikmalar.
Ijtimoiy pedagog faoliyati uch bosqichdan iborat bo‘lishi kerak: tashxis, 
tayyorlov, amaliyot. Ijtimoiy-gigiyenik jihatlarga bag‘ishlangan tadqiqotlarda 
emizikli va maktabgacha yoshdagi bolalarning adaptasiya davrida bir qator 
muhim 
parametrlar 
kasallanish, yurish-turish, ruhiy 
rivojlanishidagi 
o‘zgarishlarni e’tiborga olish kerakligi ta’kidlanadi.
Maktab yoshidagi bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish, 
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ijtimoiy pedagogik ishdan tubdan farq 
qiladi. Mazkur faoliyat o‘quvchilarning doimiy kamol topishlari va ta’lim 
olishlari bilan bog‘liq bo‘lib, o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga 
muvafaqqiyatli 
moslashuvidan, 
ularni 
jamiyatning 
faol 
a’zosiga 
aylanishigacha bulgan murakkab davrni uz ichiga oladi. Sungti yillarda 
Respublikamizda maktab o‘quvchilari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borish 
yanada keng rivojlanmoqda. U qisman moziy tajribasi, qisman zamonaviy 
pedagogiq tibbiy, psixologiq yuridik faoliyat turlariga tayanib ish olib 
bormoqda. Ayni vaqtda pedagogik jamoalarda nafaqat ta’lim-tarbiya 
masalalari, balki o‘quvchining boshqa bir qator ijtimoiy muammolari ham hal 
qilinmokda. Turli davlatlarda ijtimoiy pedagog ishiga ikki xil yondashuv 
mavjud: u maktab bilan hamkorlik qiladi yoki maktabning shtatli hodimi 
hisoblanadi. Maktab bilan hamkorlik jarayonida ijtimoiy pedagog teztez 
maktabga borib turadi, ota-onalar va o‘quvchilarning o‘zaro munosabtlarining 
yaxshilanishiga yordam beradi, dars qoldirish sabablarini aniqaydi. U bolalar 
bilan qo‘pol munosabatda bo‘lgan oilalarni hamda jismoniy va ruhiy nuqsoni 
bor bolalarni aniqlaydi. Ijtimoiy pedagog bola yoki oilaga yordam berish 
maqsadida bolaning uzoq davom etgan kasalligi sabablarini surishtiradi, 
o‘qishda ortda qolmasligi uchun u bilan uyda va kasalxonada alohida 
mashg‘ulotlarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, bola tarbiyasidagi 
muammolarni hal qilish uchun huquqshunos, shifokor, milisiya qodimlari 
xizmatidan foydalanadi.


551 
Ko‘pgina G‘arbiy Yevropa davlatlarida ijtimoiy pedagog maktabning shtatli 
xodimi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muhtoj bolalarni aniqlaydi. Bu bolalar 
maktab o‘quv dasturini o‘zlashtirishga qobiliyati yetmaydigan bolalardir. Ular 
maktab yoki oilada ruhiy tushkunlikni boshdan kechirishgan bo‘lishi ham 
mumkin. Odatda, bu toifadagi bolalar voyaga yetmaganlar ishlari bo‘iicha 
komissiya ro‘yxatida turishadi. Ba’zan bolalar va ularning atrof dagilar bilan 
munosabatlarini oydinlashtirishning o‘zi ham yetarlicha yordam berishi 
mumkin. Ijtimoiy pedagog o‘quvchining maktabdan tashqari vaqini 
tashkillashtirib, o‘z tarbiyaviy ishini sshibborishda ota-onalar bilan hamkorlik 
qiladi. Hamkorlik yuzasidan seksiya, klublar, turli mehnat va turistik 
bo‘linmalar uyushtiriladi. Ijtimoiy pedagog pedagogik jamoaning tarbiyasi 
og‘ir bolalar bilan ish tashkil kdlishi va olib borishini rejalashtiradi va tartibga 
soladi. U doimiy tarzda sinflardagi psixologik muhitni monitoring qiladi va 
natijalar yuzasidan maktab pedagogik jamoasiga axborot berib turadi. Aynan 
shu holat maktabda ijtimoiy ish olib borishning rejasini tuzishda muhim 
ahamiyatga ega. Ijtimoiy pedagog maktabdan haydalgan yoki ixtiyoriy 
ravishda boshqa maktabga o‘tgan bolalarga alohida e’tibor qaratishi, ularni 
boshqa maktabga joylashtirishga, yangi jamoaga ko‘nikishlariga yordam 
ko‘rsatishi kerak. Ijtimoiy pedagog o‘qish vaqtida noqonuniy ishlab yurgan 
bolalarni aniqlaydi, muammolarini o‘rganadi va ularning o‘qishlari masalasini 
hal qiladi. U ko‘p bolali oilalarning barcha imtiyozlardan foydalanishlarini, 
bolalarning reabilitasion markazlarga qatnashlarini nazorat qiladi, ijtimoiy 
yordamga muhtoj bolalarga e’tibor beradi, tarbiyasi og‘ir bolalarni 
tarbiyalashda oilalarga yordamlashadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor 
o‘riibosari o‘z faoliyatida to‘garaq seksiya, klublarni tashkil qilish, 
o‘qituvchining o‘quvchilar bilan individual ishlashini, yashash joyida bolalar 
bilan konsultasiya o‘tkazish, alohida pedagogik e’tiborga muhtoj bolalar bilan 
ish olib borishni rejalashtiradi, boshqaradi va nazorat qiladi.
Tarbiyasi og‘ir o‘smirlar guruhlari bilan ijtimoiy pedagogik ish olib 
borishning metodlari va texnologiyalari quyidagilardan iborat:
- maktab va maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sir 
(seksiya, klub, to‘garaklar);
- intizomli, a’lochi o‘quvchilarning pedagogik qarovsiz sinfdoshlariga ta’siri.


552 
Bu yo‘nalish bir-biri bilan do‘stlashish xohishi, o‘zaro muomalaga ehtiyoj 
bo‘lganida juda muvafaqqiyatli amalga oshib, uning asosida qiziqishlar 
umumiyligi (sevimli sport turi, texnika, musiqa va boshqalar bilan 
shug‘ullanish) yotadi. Bu yo‘nalishni amalga oshirishning muvaffaqiyati, 
ko‘pincha, o‘qituvchi va sinf rahbarining mohir rahbarligiga bog‘liq; - sinf 
jamoasining pedagogik qarovsiz o‘smirlarga ta’siri. Bu birgalikdagi faoliyat 
sayohatga chiqish, spartakiadalar, san’at festivallari, ko‘rgazmalar, jamoaviy 
harakatlar kabilardan iborat. Sinfda jamoaviy ishlarga jalb qilingan pedagogik 
qarovsiz bolalar nafaqat o‘zlari uchun, balki jamoa uchun ham mehnat 
qilayotganlarini va ularning ishtirokiga kup narsa bog‘liqligini anglab 
yetishadi. Bunday faoliyatlarda og‘aynichilik aloqalari vujudga keladi, 
boshqalarga nisbatan tugri munosabat shakllanadi va yuklatilgan vazifa uchun 
mas’uliyat hissi ortadi. Pedagogik qarovsiz bolalarga tarbiyaviy ta’sirning 
muvaffaqiyatini ta’minlanishi mikromuqitning tarbiyaviy ishlari maktab 
jamoasi bilan hamkorlikda va bir vaqtning o‘zida amalga oshirilishiga bogliq. 
Maktabdan tashqari o‘smirlar jamoasi yordamida tarbiyaviy ta’sirni tashkil 
qilishda quyidagi holatlarni inobatga olish lozim:
1. To‘garaq seksiya, klubda o‘smirlarda anikdangan bitta qiziqish bilan 
cheklanmaslik kerak. Pedagog o‘smirlarni meqnat, turli o‘yinlar, ijodiy 
faoliyat orqali atrofdagilar bilan normal munosabatlarga tayyorlashga intilishi 
lozim.
2. Norasmiy guruhga yoki uning aksariyat a’zolariga ta’sir ko‘rsata turib, 
ularni rasmiy guruhga o‘tishlariga erishish mumkin. Bu jarayonni, shartli 
ravishda, “rasmiylashtirish” deyiladi. Chunki bu jarayon, o‘smirlar uchun 
sezdirilmagan holda tarbiyachi tomonidan norasmiy guruhning rasmiy 
guruhga aylanishidir. 
Pedagogik qarovsiz bolalar bilan tarbiyaviy ish olib borishning yana bir 
xususiyati o‘smirlarni uzi tanlagan, uning bajarilishidan qoniqish sezadigan 
faoliyatni tanlashdir. Asta sekin faoliyatdagi bunday ehtiyojni qondirish va 
rivojlantirish, keyinchalik uzi bajarayotgan ishlari uchun o‘smirlarda 
mas’uliyat hissini oshiruvchi faoliyat turlari bilan to‘ldirib borlishi lozim. 
Tarbiyasi og‘ir bolalar yoki o‘smirlar bilan ish olib borish pedagogik qayta 
tarbiyalash jarayonini kuzda tutadi. Qayta tarbiyalash bola yoki o‘smir yurish -


553 
turishidagi turli og‘ish ishlarni yengib o‘gish yoki bartaraf etishdir. Kdyta 
tarbiyalash ham tarbiyachi, ham tarbiyalanuvchilar uchun ham og‘ir 
jarayondir. Tarbiyalanuvchi yangi yo‘lning istiqboli bilan qiziqishi, tarbiyachi 
esa tarbiyalanuvchining o‘tmishi, bugungi kunini tahlil qilib, uning kelajagini 
tasavvur qila olishi lozim. O‘smirni qayta tarbiyalashga yoki uz-uzini 
tarbiyalashga tayyorlash jarayoni bir necha bosqichdan iborat:
1. Tarbiyalanuvchini o‘rganib chiqish;
2. O‘smirning yurish-turishini o‘zgartirish uchun uni ruhiy tayyorlash;
3. Ijobiy axloqiy xislatlarni to‘plash;
4. Inqirozdan chiqish, o‘z-o‘zini tarbiyalashga o‘tish.
Shuni ham inobatga olish kerakki, bu jarayongatarbiyachidan tashqari o‘smir 
mansub bo‘lgan tarbiyalanuvchilar jamoasi ham qo‘shiladi. Bunda tarbiyachi 
koordinator vazifasini bajarib, jamoani o‘z o‘rtoqlarini qayta tarbiyalashga 
yo‘naltirishi lozim. O‘smirlar bilan reabilitasion markazda ishlayotgan ijtimoiy 
pedagog maxsus metodlardan foydalanib, tarbiyalanuvchi oldida o‘z idealiga 
o‘xshashga intilish maqsadini qo‘yadi. Bu o‘smirning ijobiy tomonga 
o‘zgarishiga yordam beradi. 
Me’yordan og‘ish va deviant xulq – ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida 
Har qanday jamiyatda, u jamiyat qaysi rivojlanish bosqichida bo‘lishidan 
qat’iy nazar, doimiy e’tiborga muhtoj odamlar bor. Bular uz jismoniy, ruhiy va 
ijtimoiy rivojlanishida chetga chiqish, og‘ish bor bo‘lgan odamlardir. Ular 
doim bir guruh bo‘lib ajralishgan, jamiyat va davlatda ularga nisbatan alohida 
munosabat shakllangan. Hozirgi vaqtda AQSh va Yevropa davlatlarida u yoki 
bu og‘ishlarga ega bo‘lgan kishilarning jamiyatga integrasiyalashuvi 
konsepsiyasi amalga oshirilmokda. Mazkur konsepsiyaga ko‘ra, bu odamlar 
ham jamiyatning teng huquqli, biroq ba’zi bir muammo yoki cheklangan 
imkoniyatlarga ega a’zosi sifatida krraladi. Hozirda cheklangan imkoniyatli 
shaxslar soni bugun dunyoda, shu jumladan, Uzbekistonda ham ortib 
borayotgani sababli, bu muammo yanada jiddiylashmokda. Shuning uchun 
bunday odamlar, avalambor, bolalarning ko‘payishini reja asosida ijtimoiy hal 
qilishni talab qiluvchi doimiy omil sifatida qarash lozim. Tibbiyot, 


554 
psixologiya, sosiologiyada "me’yor” tushunchasining o‘z ko‘rsatkichlari va 
me’zonlari mavjud. Me’yorga mos kelmaydigan jihat – “og‘ish”, chetga 
chiqish” deyiladi. Ijtimoiy pedagogika uchun ‘‘me’yor’’ va "me’yordan 
og‘ish” tushunchalari nihoyatda ahamiyatlidir. Ular bola xulq-atvori va 
rivojlanishi jarayonini tavsiflash uchun qo‘llanadi. Og‘ish ham ijobiy, ham 
salbiy tavsifga ega bulishi mumkin. Masalan, bola rivojlanishida aqliy 
qoloqlik ham, o‘ta qobiliyatlilik ham me’yordan og‘ish hisoblanadi. Xulq-
atvordagi jinoyatchilik, aroqxo‘rlik, giyohvandlik va boshqa salbiy og‘ishlar 
shaxsning ijtimoiy shakllanish jarayoniga va jamiyat rivojlanishiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi.
Me’yordan chetga chiqishni shartli ravishda to‘rt guruhga ajratsak bo‘ladi: 
jismoniy, ruhiy, pedagogik va ijtimoiy. Quyida ularga batafsil to‘xtalib 
o‘tamiz. Me’yordan jismoniy og‘ish, avvalambor, inson sog‘ligiga bog‘liq. 
Sog‘likdagi og‘ish irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar og‘ir ekologik 
vaziyat, ichim lik suvining sifatsizligi, oila hayoti darajasining pastligi va 
boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin. Sog‘ligida va rivojlanishida 
og‘ishga moyillarning xilma xil tasniflari mavjud. Umumjahon sog‘liqni 
saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch bo‘g‘ini 
shkalasining britancha variantini qabul qildi:
1) kasallik, xastalik – ruhiy yoki fiziologik funksiyalar, anatomik struktura 
unsurlarini qar qanday yo‘qotish yoki ularning anomaliyasi;
2) cheklangan imkoniyat – inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-
bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo‘q og‘ish yoki cheklab qo‘yish;
3) nogironlik yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib, insonning 
biron-bir faoliyatni bajarishini cheklovchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi 
cheklangan imkoniyat.
G‘arb davlatlarida "imkoniyatlari cheklangan shaxs’’ tushunchasi mavjud. 
Ularga ta’lim standartlarini o‘zlashtirishga to‘sqinlik qiluvchi jismoniy yoki 
ruhiy kamchiliklarga ega bulgan bolalar kiradi. Shuningdek, “nuqson” 
tushunchasi ham mavjud bo‘lib, uning to‘rt turi: ruhiy, jismoniy, murakkab va 
og‘ir turlari mavjud. Jismoniy nuqsonlarga inson organining faoliyat 
yurgizishiga yoki rivojlanishiga halaqit beradigan doimiy yoki vaqtinchalik 


555 
kamchiliklar, shuningdek, har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi. 
Ruhiy nuqsonlarga insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik 
kamchilik kiradi. Bularga nutq va miya faoliyatining, shuningdek, aqliy 
rivojlanishning buzilishlari xosdir. Murakkab nuqson belgilangan tartibda 
tasdiqlangan jismoniy va rux*iy kamchiliklarni uzida mujassam etadi. Og‘ir 
nuqson belgilangan tartibda tasdiqlangan shunday nuqsonki, bu nuqson 
mavjud bulgan holatda davlat ta’lim standartlariga mos ravishda ta’lim 
olishning iloji umuman bo‘lmaydi.
Bola jismoniy rivojlanishidagi og‘ishlarga kasallik, ko‘rish, eshitish 
qobiliyatlariningbuzilishlari kiradi. Ruhiy og‘ishlar, avvalambor, bolaning 
aushy rivojlanishi hamda ruhiy nuqsonlariga bog‘liqdir. Bu turdagi og‘ishlarga 
ruhiy rivojlanishning to‘xtab qolishi va oqibatda, bolalarning akliy jihatdan 
ortda qolishi kiradi. Aqliy qoloqlik asab tizimining tug‘ma nuqsonlari yoki 
jarohati asosida paydo bo‘ladi. Bolalarda akushy qoloqik turli darajada yengil 
aqliy zaiflikdan, chuqur – tentaklikkacha namoyon buladi. Ruhiy og‘ishlarga 
turli darajadagi nutq buzi l ishlari ham kiradi. Ruhiy og‘ishlarning yana bir turi 
emosional-irodaviy sohadagi faoliyatning buzilishidir. Bu og‘ish turining eng 
og‘ir shakllari deb autizm (yunoncha aytos – o‘zim) – muloqotga ehtiyoj 
sezmaslik va suisid (o‘z-o‘zini o‘ldirish) kabilarni keltirish mumkin. 
Bolalarning iqtidorliligi alohida og‘ish turi hisoblanadi. Bu biror-bir faoliyatni 
muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlab beruvchi qobiliyatlarning o‘ziga xos 
uyg‘unligidir. Iqtidorlilik darajasi nafaqat qobiliyatlarga qarab, balki faoliyat 
mahsullari tavsifga qarab ham belgilanadi.
Pedagogik og‘ishlar tushunchasi pedagogika va ijtimoiy pedagogikada 
hozircha kam qo‘llaniladigan tushunchadir. Vaholanki, pedagogik faoliyatda 
pedagogik maqsaddarni amalga oshirish, shaxs rivojlanishi uchun sharoitlar 
yaratib berish qo‘llanilmokda. Avvalambor, bu ta’lim darajasini belgilaydigan 
standartlarga, shuningdek, o‘quvchi intilayotgan maqsadparga tegishli. 
Bularga qo‘shimcha qilib, ta’lim olishda yuqori natijalarni ta’minlab beruvchi 
bola rivojlanishining me’yorlarini ham kiritsak buladi. Ta’lim olinishi yoki 
olinmasligi me’yorlari haqida nihoyatda, aniqpik bilan gapirsa buladi. Turli 
sabablarga kura ta’lim ololmagan bolalar ham mavjud bo‘lib, me’yordan 
bunday og‘ishlarni “pedagogik og‘ish” desak buladi. Umumiy ta’lim 
olmagan, maktabga bormaydigan, faqatgina boshlang‘ich maktabni tugatgan, 


556 
umumiy urta ta’lim olmagan bolalarni alohida toifaga kiritamiz. Bunday 
holatlarni yuzaga kelishining sabablari talaygina: dars qoldirish o‘qishga 
intilishni susaytiradi, oiladagi notinch vaziyat bolani pul topish uchun 
ko‘chaga chiqaradi, ekologik va ijtimoiy kataklizmalar bolalar ota-onalaridan 
judo bo‘lishlariga olib keladi. Daydilikka moyilligi bo‘lgan bolalar soni ham 
ko‘paymoqda. Bolalar maktablarda tahsil olish mayotganining yana bir qancha 
sabablarini keltirish mumkin. Ruhiy va jismoniy rivojlanishda og‘ishga ega 
bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlaridagi katta qiyinchiliklarini ham ta’kidlab 
o‘tish joiz. Yuqorida aytilganidek, bunday bolalar uchun alohida maktablar 
bo‘lib, u yerda ular yetuk mutaxassislar qo‘l ostida ta’lim olishadi. Biroq ko‘p 
narsa bola qayerda yashashiga (qishloq yoki shaharda) va qanday oiladan 
ekanligiga bog‘liq. Ba’zi sog‘lig‘ida muammosi bor bolalar uchun ta’lim uyda 
individual tarzda beriladi. Bu bolalarning jamiyatga integrasiyalashuvining 
asosiy muammosi ularning keyinchalik kasbiy ta’lim olishlari bilan bog‘liq. 
Ijtimoiy rivojlanishlarining buzilib bo‘lganligi sababli, biror-bir kasbiy 
faoliyatni tanlay olmaydigan bolalarni ham nazardan chetda qoldirmaslik 
kerak. Bunday bolalarni biror-bir ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sohdsida 
o‘zlarini sinab ko‘rish xohishlarining yo‘qigi birlashtiradi. Bu holatdagi 
og‘ishni yengib o‘tish uchun mutaxassisning ijtimoiy pedagogik yordamiga 
muhtoj bolalar ham paydo bo‘ladilar.
Ijtimoiy og‘ishlar “ijtimoiy me’yor” tushunchasi bilan bog‘likdir. Ijtimoiy 
me’yor bu insonlar yoki ijtimoiy guruhlar faoliyati, ular xulq -atvorining 
jamiyat rivojlanishining biror-bir bosqichida shakllangan yoki rasman 
o‘rnatilgan tartib-qoidalari namunasidir. Aslida, ijtimoiy me’yor kerakli xulq-
atvor, ijtimoiy munosabatlar va faoliyatlar modelidir. Bolalar uchun ijtimoiy 
me’yorlarning uziga xos xususiyati tarbiya omili hisoblanib, tarbiya jarayonida 
ijtimoiy me’yor va qadriyatlar ijtimoiy muhitga kirish, ijtimoiy tajriba va 
rollarni o‘zlashtirishning sodir bo‘lishidadir. Bu holatda tarbiyaning 
boshqarish funksiyasi eng muhim vazifani bajaradi, chunki uning vazifasi 
bolalar ongi va xulq-atvoriga ta’sir qiluvchi omillarni kerakli tarbiyaviy 
samaradorligi ta’minlanadigan darajada tashkil qilishdir. Sosiologik, 
psixologik va pedagogik adabiyotlarda deviant xulq-atvorga ega bolalar 
muammolari 
ustida 
yetarlicha 
ish 
olib 
borilgan. 
Bunday 
xulq-
atvorningsabablari ham yaxshi o‘rganib chiqilgan. Ular o‘smirlik davrining 


557 
qiyinchiliklari, 
jamiyatdagi 
ijtimoiy 
maqomning 
noaniqligi, 
davlat 
rivojlanishining beqarorligi, bola mustaqil chiqib keta olmaydigan ekstremal 
holatlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq. 
O‘zbekistonda bunday bolalarga yordam ko‘rsatish uchun ixtisoslashgan 
ijtimoiy xizmatlar tuzilmoqda. Ijtimoiy xavfli xatti-harakat sodir etgan va 11 
yoshga tulgan bolalarni sud tibbiy-pedagogik komissiyasi xulosasini inobatga 
olgan holda maxsus maktablar yoki maxsus kasbiy bilim yurtlariga yuborish 
mumkin. M.A.Galaguzova tomonidan berilgan me’yordan og‘ish turlarining 
tasnifi Jismoniy Ruhiy Pedagogik Ijtimoiy irsiy kasallik, ko‘rish qobiliyatining 
buzilishi, eshitish qobiliyatining buzilishi, suyak tayanch tizimidagi 
kasalliklar, nogironlar, ruhiy rivojlanishning buzilishi, aqliy qoloqlik, nutq 
buzilishi, o‘ta iqtidorlilik, umumiy o‘rta ma’lumot olishdan chetga chiqish, 
kasbiy ta’lim olishdan chetga chiqish, o‘zlashtirishda orqada qolish, xulq-atvor 
me’yoridan og‘ish; aroqxo‘rlik; norkamaniya; taksokomaniya; daydilik, 
ugrilik va b. Shuningdek, ijtimoiy pedagogning me’yordan og‘ishgan bolalar 
bilan samarali ish yuritishi og‘ishlar profilaktikasiga, muayyan me’yor va 
qoidalarni buzilishining oldini olish, xulq-atvorida u yoki bu og‘ish aniqlangan 
bolalarning reabiliatasiyasiga qaratilishi lozim.
Odatda, deviasiyalar o‘smirlik davrida yuzaga keladi. O‘smirlik davri yoshlik 
davrlari ichida eng murakkabidir. Uni “o‘tish davri” ham deb atashadi, chunki
bu davr mobaynida bolalikdan yigitlikka o‘tish ro‘y beradi va bu jarayon 
o‘smir rivojlanishining barcha jihatlari – anotomik-fiziologik tuzilishi, aqliy, 
axloqiy rivojlanishida uz ta’sirini ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida o‘smir hayoti 
va faoliyatida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu esa uz, navbatida, ruhiyatning 
qayta shakllanishiga, tengdoshlari bilan munosabatlarida yangi shakllarning 
paydo bo‘lishiga olib keladi. O‘smirning ijtimoiy maqomi o‘zgaradi, unga 
nisbatan kattalar tomonidan yanada jiddiyroq talablar qo‘yila boshlaydi. 
Jamiyatda qabul qilingan qoidalar, xulq-atvor me’yorlaridan chetga chiqqan 
o‘smirlarni “qiyin o‘smir” yoki “tarbiyasi og‘ir o‘smir” deyiladi. “Tarbiyalash 
og‘ir” deganda, pedagogik ta’sirga qarshilik ko‘rsatish tushuniladi. 
Tarbiyalash og‘ir, qabul qilingan me’yor va qoidalarga tarbiyalanuvchi 
tomonidan amal qilinmasligini fanda deviasiya (og‘ish) hodisasi orqali 
o‘rganiladi. Deviasiya (og‘ish) ham insonga, ham uni o‘rab turgan olamga xos 
bo‘lgan o‘zgaruvchanlik hodisasining jihatlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy 


558 
sohada o‘zgaruvchanlik faoliyatga bog‘yaiq bo‘lib, insonning atrofdagilar 
bilan o‘zaro munosabatini aks ettiradigan xulq-atvorda o‘z ifodasini topadi. 
Avval aytib o‘tganimizdek, xulq-atvor me’yordan chetga chiqqan bo‘ladi. 
O‘smirning me’yordagi xulq-atvori uning ijtimoiylashuvi, rivojlanishi, 
ehtiyojlariga mostushuvchi mikrososium bilan o‘zaro munosabatida aks etadi. 
Agar atrofdagilar o‘smirning u yoki bu xususiyatlariga o‘z vaqtida e’tibor 
qaratishsa, uning xulq-atvori doimo me’yorda bo‘ladi. Bunday me’yordan 
og‘ishgan xulq-atvor jamiyat tomonidan bola shaxsiyati xususiyatlarini 
inobatga olmaslik oqibatida kelib chiqadi, degan tushuncha paydo bo‘ladi. 
Aftidan, me’yordan og‘ish gan xulq-atvor ijtimoiy dezadaptasiya 
ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Bolalar va o‘smirlar dezadaptasiyasi haqida 
gapirganda, bu jarayonga giriftor bo‘lgan bolalar toifalarini anikutab olish 
lozim:
1) maktabga qatnamaydigan maktab yoshidagi bolalar; 
2) yetim bolalar;
3) ijtimoiy yetimlar. Ular tuzuk ovqatlanishmaydi, jismoniy, ruhiy, jinsiy 
qiynoqlarga duchor bo‘lishadi;
4) giyohvand va toksin moddalar iste’mol kdluvchi bolalar;
5) jinsiy intizomsiz bolalar;
6) g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar sodir etgan bolalar.
Rasmiy ma’lumotlarga kura ularning soni kattalarga qaraganda, ikki hissa tez 
oshmoqsa. nasiya deviant, delikvent va jinoiy xulq-atvordan Deviant xulq-
atvor – mikroijtimoiy munosabatlar (oilaviy, maktabdagi munosabatlar) va 
kichik ijtimoiy guruhlarga xos bulgan ijtimoiy me’yorlar va xulq-atvor 
qoidalarini buzish bilan bog‘liq me’yordan og‘uvchi xulq-atvor turlaridan 
biridir. Bu xulq-atvorni “g‘ayriintizomiy” deb atasak ham bo‘ladi. Deviant 
xulq-atvorning yorqin namoyon bo‘lishiga namoyish, agressiya, o‘qishdan 
qochish va daydilik, bolalar va o‘smirlar orasidagi aroqxo‘rlik, giyohvandlik 
va u bilan bog‘liq g‘ayriijtimoiy harakatlar, jinsiy tavsifdagi g‘ayriaxloqiy 
xatti-harakatlar, o‘ziga suiqasd qilishga urinishlarni misol qilib keltirsak 
bo‘ladi. Delikvent xulq-atvor deviantdan farqli ravishda bolalar va 


559 
o‘smirlarning takrorlanib turuvchi g‘ayriijtimoiy xattiharakatlari sifatida 
tavsiflanadi. Bu harakatlar huquqiy me’yorlarni buzuvchi, biroq ijtimoiy xavf 
darajasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarmaydigan muayyan 
harakatlar majmuasiga aylanadi. Delikvent xulq-atvorning quyidagi turlari 
mavjud:
- agressiv xulq-atvor, bunga haqoratlash, sadistik harakatlar, o‘t qo‘yish 
kabilar kiradi;
- g‘arazli xulq-atvor: kichik o‘g‘riliklar, ta’magirlik, avtoulovlarga ziyon 
yetkazish va moddiy daromad olish maqsadidagi boshqa mulkiy tajovuzlar;
- giyohvand moddalarni yetishtirish va tarqatishda ishtirok etish.
Delikvent xulq-atvor nafaqattashqi jihatdan, balki ichkishaxsiy xulq-atvorda 
ham namoyon bo‘ladi. Bunda o‘smirda ichki tartibga solish tizimini nazorat 
qilishni susayishiga olib keluvchi qadriyatlarning o‘zgarishi ro‘y beradi. Jinoiy 
hatti-harakat jinoiy javobgarlikka tortishga, ma’lum yoshga yetganda jinoiy 
ish qo‘zg‘ashga sabab bo‘luvchi va jinoyat kodeksining muayyan moddalarida 
nazarda tutilgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar hisoblanadi. Deviasiyaning 
salbiy turlari ijtimoiy potologiya hisoblanadi. Bularga aroqho‘rlik, 
toksikomaniya, giyohvandlik, fohishabozlik, o‘z joniga qasd qilish, 
huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kiritsak bo‘ladi. Ular ichki muqobillashtirish 
tizimini barbod etishadi, uning asoslariga putur yetkazishadi va anchagina 
zarar keltirishadi. O‘smirlarning deviant xulq-atvori sabablari. Me’yordan 
chetga chiquvchi xulq-atvor murakkab tabiatga ega bo‘lib, turli xil omillar 
bilan izohpanadi. Voyaga yetmaganlarning deviant xulqatvorini keltirib 
chiqaruvchi omillar quyidagilardir:
1. Biologik omillar bola organizmida uning ijtimoiy adaptasiyasini 
qiyinlashtiruvchi fiziologik yoki anotomik xususiyatlarning borligida uz 
ifodasini topadi. Ularga irsiy xususiyatlar, aqiy rivojlanishning buzilishi, 
eshitish va ko‘rish ning susayishi, asab tizimining zararlanishi, organizmga 
psixofiziologik zur berish, nizoli holatlar, atrof-muhitning kimyoviy tarkibi, 
turli somatik, allergik, toksik kasallanishlarga olib keluvchi, ya’ni quvvat 
manbalari bilan bog‘liq bulgan psixofiziologik xususiyatlar kiradi.


560 
2. Psixologik omillar. Bularga bolada psixopatalogiya yoki xarakgerining 
aksentuasiyasining borligi kiradi. Bu me’yordan chetga chiqishlar asab 
kasalliklari, psixopatiya, nevrosteniya va bolada g‘ayriadekvat reaksiyalari i 
paydo qiluvchi boshqa omillarda namoyon buladi. Yorqin namoyon bulgan 
psixopatiyaga (tentaklik) ega bolalar psixiatrlar yordamiga muhtojlar. Ruhiy 
me’yorning eng keskin varianti hisoblanmish aksentuasiyaga ega bulgan 
bolalar psixologik ta’sirlar uchun nihoyatda qaltis hisoblanadilar va ij timoiy-
tibbiy reabilitasiya ga ehtiyoj sezadilar. Bola rivojlanishining har bir davrida 
shaxsiyat va xarakterning ba’zi ruhiy hislatlari shakllanadi. O‘smirda ruhiyat 
rivojlanishining ikki bosqichi kuzatiladi: u uzi yashaydigan ijtimoiy muhitdan 
bezib qoladi, yoki bu muhitga ko‘nikib ketadi. Agar oilada bola ota-onasi 
tomonidan yetarli darajada mehr his qilmasa, u holda bolaning himoya vositasi 
vazifasini “begonalashuv” bajaradi. Bu begonalashuv asabiy reaksiyalar, 
atrofdagilar bilan munosabatlarning buzilishi, emosional sovukushk, psixik 
rivojlanishning tuxtab qolishi, turli ruhiy patalogiyalarda namoyon buladi. 
O‘smirlarga xos bulgan rad etish, qarshi chiqish kabi xislatlar, odatda, bir-
biriga emosional bog‘liq bulgan oilaviy munosabatlarning oqibati hisoblanadi. 
O‘smirning axloqiy qadriyatlari tizimi shakllanmasligi oqibatida uning 
qiziqishlari g‘arazli tavsif kasb eta boshlaydi. Bunday o‘smirlarga infantilizm, 
ko‘ngilochar hikoyalar xosdir.
3. Ijtimoiy-pedagogik omillar maktab, oila va ijtimoiy tarbiya nuqsonlarida 
namoyon bo‘lib, uning asosida bolaning yoshlik chog‘ida salbiy tajriba 
to‘plashi bilan bog‘liq bo‘lgan, uning erta ijtimoiylashuvdan og‘ishlarga olib 
keluvchi yosh, jinsiy va individual xususiyatlar yotadi. Bunday bolalar, 
avvalambor, maktabda yomon tayyorlanishgan bo‘lib, uy vazifalariga 
mas’uliyatsizlik bilan qarashadi, maktab baholariga befarqliklarini bildirishadi. 
Bu esa ularning o‘quv dezadaptasiyasidan dalolat beradi.
Maktab o‘quvchisining dezadaptasiyasi uz rivojlanishida quyidagi 
bosqichlardan o‘tadi:
- o‘quv dekompensasiyam – bola bir yoki bir nechta fanlarni o‘zlashtirishida 
qiyinchiliklr paydo bulishi bilan tavsiflanadigan holat;


561 
- maktab dezadaptasiyasi – o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar bilan bir 
qatorda, o‘qituvchilar, sinfdoshlar bilan nizolashishda namoyon bo‘ladigan, 
xulq-atvor buzilishi bilan tavsiflanadigan bola holati; 
- ijtimoiy dezadaptasiya – bu holatda o‘qishga, maktab jamoasiga qiziqish 
batamom so‘nadi, giyohvandlik, spirtli ichimliklarga qiziqish kuchayadi;
- bo‘sh vaqtni o‘tkazish muhitining kriminallashuvi.
Bolaning psixoijtimoiy rivojidagi me’yordan chiqishning yana bir muhim 
omili – noxush oila hisoblanadi. Voyaga yetmagan bolalarda asosial xulq-
atvorni shakllanishiga olib keladigan oilaviy munosabatlar turlarini ajratib 
ko‘rsatish ham muhim ahamiyatga ega. Ularga quyidagilar kiradi:
- o‘zida bir tomondan, bola xohishlariga erk berish, boshqa tomondan esa, 
bolani nizoli vaziyatlarga undashni yoki oilada ikki axloq: oila uchun yurish-
turish qoidalari, jamiyat uchun umuman boshqa qoidalarni mujassam etgan 
tarbiyaviy munosabatlar turi;
- to‘liqsiz oilada bolalar va ota-onalarning uzoq muddat ayri yashashlari 
sharoitida tarbiyaviy ta’sirlarning beqaror turi;
- spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar iste’moli, g‘ayriaxloqiy hayot tarzi, 
ota-onalarning jinoiy xulq-atvori bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar turi.
Shafqatsiz muomala (haqorat) deb bolaga g‘amxo‘rlik yoki vasiylik 
qiluvchilar tomonidan unga zarar keltiruvchi harakatlarga aytiladi. Oila va 
uning ta’sirini tahpil qilish shuni ko‘rsatadiki, bolaning ruhiy-ijtimoiy 
rivojlanishiga aksariyat bolalarda ijtimoiylashuv shartlarining buzilishi sabab 
bular ekan. Ularning bir qismi deviasiya holatiga olib boruvchi turli jismoniy 
va ruhiy xavflar ostida yashashadi, boshqalari esa jinoiy faoliyatlarga aralashib 
qolishgan.
4. Ijtimoii-iqtisodiy omillar ijtimoiy tengsizlik, jamiyatning boylar va 
kambagal sinflarga ajralishi, aholi ko‘p qismining kambag‘allashib ketishi, 
ishsizlik, inflyasiya, daromad olish usullarining cheklab quyilishidan iborat.
5. Axloqiy omillar, bir tomondan, zamonaviy jamiyatning past axloqiy 
darajasida va qadriyatlarning yo‘qolib ketishida namoyon bo‘lsa, boshqa 


562 
tomondan, jamiyatda deviant xulqatvorning namoyon bulishiga befarq 
qaralishida o‘z aksini topadi.
O‘smirlik yoshida deviasiya namoyon bo‘lishining tinimsiz oshib borishi 
ijtimoiy pedagog oldida ular bilan ishlashning yangi usullari, texnologiyalarini 
izlash va ularni faoliyatga tatbiq etish vazifasini qo‘yadi. Ilmiy nazariya va 
amaliyotda ikki asosiy texnologiya profilaktika hamda reabilitasiya keng 
tarqalgan. Profilaktika – o‘smirlar xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlardan 
og‘ishning turli shakllarini keltirib chiqaruvchi asosiy sabab va sharoitlarni 
bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, tash kiliy, tarbiyaviy va davlat 
tadbirlarining majmuasidir. U, asosan, bolani o‘rab turuvchi muhitga bog‘liq 
buladi. Profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirayotganda, ijtimoiy 
pedagog quyidagi qoidalarga tayanadi:
1. Ijtimoiy-madaniy me’yorni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonida 
amalga oshadi. Inson qadriyatlar, g‘oyalar va boshqa ramziy tizimlar 
majmuasini o‘zlashtirmay, jamiyatning to‘la qonli a’zosi sifatida faoliyat 
yurita olmaydi.
2. Ijtimoiy madaniy me’yorning muxolifi bolalarning ijtimoiy-madaniy va 
pedagogik qarovsizligi bo‘lib, u nafaqat bola rivojining gayrime’yoriy alomati, 
balki uning zimmasiga www.ziyouz.com kutubxonasi anomal ijtimoiy 
holatlarni yuklatishning natijasi sifatida qaraladi.
3. Bolalar qarovsizl i gi ning profil aktikasi nafaqat mavhum ijtimoiy 
madaniy me’yordan, balki muayyan sharoitda yashashga majbur bulgan 
boladan kelib chiqishi lozim.
4. Bola reabilitasiyasini amalga oshiruvchi faoliyat subyekti, ijtimoiy subyekt 
va shaxs darajasida amalga oshirilishi kerak.
“ Profilaktika” atamasi uzi noxush oqibatlarni keltirib chiqaruvchi sabablarni 
bartaraf etish ma’nosini bildiradi. Ijtimoiy og‘ishlar turli sabab va holatlardan 
kelib chiqishini inobatga olib, profilaktik chora-tadbirlarning bir nechta 
turlarini ajratsa buladi:
- neytrallashtiruvchi;
- o‘rnini to‘ldiruvchi;


563 
- ijtimoiy og‘ishlarga sabab bo‘luvchi holatlarni yuzaga kelishidan 
ogohlantiruvchi;
- bu holatlarni bartaraf etuvchi;
- o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini nazorat qiluvchi.
Ijtimoiy pedagogning o‘smirlar bilan profilaktika ishlarini olib borishida bir 
nechta yondashuvlar mavjud:
Informasion yondashuv voyaga yetmagan shaxslar ularga davlat va jamiyat 
tomonidan axloqiy me’yorlarni bajarishga takdim etilgan huquq va 
majburiyatlardan xabardor qilinadilar. Ijtimoiy profilaktik yondashuv. Bunda 
asosiy maqsad salbiy hodisalarni aniklash, bartaraf etish va zararsizlantirishdir. 
Bu yondashuvning mohiyati davlat, jamiyat, muayyan ijtimoiypedagogik 
muassasa, ijtimoiy pedagog tomonidan deviant xulqatvorni keltirib 
chiqaruvchi sabablarni bartaraf etishga qaratilgan ijtimoiy-iqisodiy, ijtimoiy-
siyosiy, tashkiliy, huquqiy va tarbiyaviy chora-tadbirlarni o‘tkazishdan iborat.
Tibbiy-biologik yondashuvning mohiyati esa ijtimoiy me’yorlardan, 
ehtimoliy og‘ishlardan, turli ruhiy anomaliyalardan aziyat chekuvchi 
shaxslarga nisbatan davlat profilaktik tavsifdagi choralar vositasida oldini 
olish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik yondashuv deviant xulq-atvorli o‘smirning ijobiy 
xislatlarinitiklashda namoyon buladi. Deviant xulq-atvorga ega bolalarning 
ijtimoiy-pedagogik reabilitasiyasi. Ijtimoiy pedagogning dezadaptasiya 
bo‘lgan o‘smirlar bilan ishlashining boshqa bir texnologiyasi ularning 
www.ziyouz.com kutubxonasi reabilitasiyasi hisoblanadi.
Reabilitasiyaga keng turdagi vazifalar va oddiy ko‘nikmalardan tortib, 
insonning jamiyatda to‘liqintegrasiyalashuvigacha bo‘lgan masalalarni hal 
qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. 
Reabilitasiya obyektlariga quyidagilar kiradi:
1. Ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar. Qarovsiz guruhdagi bolalarning 
eng keng tarqalgan toifasi bo‘lib, ularning tarbiyasi og‘ir psixologik-
pedagogik sabablar bilan izohlanadi. Qarovsizlikning asosiy belgilari deb 
yetakchilik faoliyatidagi kamchiliklar, xulq-atvorda chetga og‘ish va ijtimoiy 


564 
adaptasiya qiyinchiliklarini aytsak buladi. Bu bolalar va o‘smirlar faoliyatning 
to‘laqonli subyekti bo‘lmaganliklari uchun ularga asosiy yordamni pedagog, 
psixolog va ota-onalar ko‘rsatishlari mumkin.
2. Voyaga yetmagan huquqfuzarlar, yegim bolalar, xulq-atvorvda chetga 
ogash bo‘lgan o‘smirlar. Bu toifadagi bolalarga, avvlambor, ijtimoiy 
adaptasiyada, ijtimoiy rollarni egallashda yordam ko‘rsatish lozim. 
Reabilitasiyaning asosiy subyekti ijtimoiy pedagog bo‘lib, u yuqorida sanab 
o‘gilgan funksiyalarni bajara shishi, o‘smirlar va bolalarga psixologik yordam 
ko‘rsata olishi lozim.
3. Psixosomatik va nerv-psixologik sog‘lig‘i buzilgan va funksional 
og‘ishlarga ega bolalar:
- surunkali somatik kasalliklar;
- funksional buzilishlar;
- asab-ruhiy hastaliklar;
- aqliy qolokushk;
- nogironlik.
Bu toifa bolalar, avvalambor, tibbiy va ruhiy reabilitasiyaga ehtiyoj sezadilar. 
Ularning subyektlari shifokorlar va psixologlar bo‘lib, ular, shuningdek, 
pedagog va ijtimoiy xodimlar bilan hamkorlikda kompleks reabilitasiyani 
o‘tkazishlari mumkin.
Reabilitasion yordam tavsifi:
- kechikkan yordamdan profilaktik yordamga o‘tish;
- jazolovchi yordamdan ayovchi yordamga o‘tish;
- tasodifiy yordamdan kafolatlangan va kompleks yordamga o‘tish;
- anonim yordamdan shaxsiy yordamga o‘tish.
Adaptasiyadan fark,li o‘laroq, reabilitasiya tiklanish, faollashtirish sifatida 
tushuniladi.» Reabilitasiya jarayonida www.ziyouz.com kutubxonasi o‘rnini 
to‘ldiruvchi mexanizm mavjud nuqsonni yengib o‘tish uchun qo‘llanadi. 


565 
Adaptasiya jarayonida esa u mavjud nuqsonga moslashuv maqsadida 
qo‘llanadi. Demak, reabilitasiya – bolani jamiyatdagi faol hayotga va ijtimoiy 
foydali mehnatga qaytarish maqsadidagi choratadbirlar tizimidir.
Reabilitasiyaning bir qancha turlari mavjud: tibbiy, psixologik, pedagogik, 
ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy. Tibbiy reabilitasiya bola organizmining u 
yoki bu yo‘qotilgan funksiyasini o‘rnini to‘ldirish yoki to‘liq va qisman 
tiklashga qaratilgan bo‘ladi. Ruhiy reabilitasiya o‘smirning ruhiy sohasiga 
qaratilgan bo‘lib, uning maqsadi deviant xulq-atvorli bola ongida uning hyech 
kimga kerakmasligi haqidagi tasavvurni yengib o‘tishdir. Kasbiy reabilitasiya 
– o‘smirni biror-bir kasbga o‘rgatish, uninguchun yengillashtirilgan sharoitli 
va qisqartirilgan ish kuniga ega ish joylarini qidirishdan iborat. Maishiy 
reabilitasiya o‘smir uchun normal yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan 
bo‘ladi. “ Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitasiya’’deganda, o‘smir huquq va 
manfaatlarini himoya qilish, unga tegishli bo‘lgan moddiy mulklar, to‘lovlar 
bilan ta’minlashga qaratilgan choratadbirlar tushuniladi. Ijtimoiy-pedagogik 
reabilitasiya – bola qayotiy faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan shaxsiy 
xislatlar, uning jamiyat integrasiyasiga yordam beruvchi faol hayotiy 
pozisiyasini shakllantirish, ijobiy rollar, jamiyatda xulq-atvor me’yorlarini 
o‘zlashtirishi, kerakli ma’lumot olishiga qaratilgan tarbiyaviy tavsifdagi chora-
tadbirlar.
Ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya muassasalarining asosiy vazifalariga 
quyidagilar kiradi:
– bolalar va o‘smirlarni nazoratsizliklarini sshdini olish;
– voyaga yetmaganlarning ijtimoiy dezadaptasiyasining sabablari va 
manbalarini aniklash;
– kasbiy, o‘quv, ijtimoiy-madaniy, sog‘lomlashtirish va boshqa tarkibiy 
qismlardan tashkil topgan bolalar reabilitasiyasining individual dasturlarini 
amalga oshirishni ta’minlash;
– reabilitasion chora-tadbirlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida, 
dezadaptasiyaga uchragan bolalar oilalari www.ziyouz.com kutubxonasi bilan 
uy sharoitlarida hamkorlik qilish va tavsiyalar tayyorlash;


566 
– nazoratsiz bolalar va o‘smirlarning (18 yoshgacha) normal maishiy 
sharoitlarda vaqtinchalik yashashini ta’minlash (shu jumladan, ularga bepul 
ovqat tarqatish, tibbiy xizmatlar, ijtimoiy yordam ko‘rsatish va b.);
– oilada inqirozli vaziyatni bartaraf etish va bolaning uz oilasiga qaytib 
kelishi uchun ruhiy, psixokorreksion va boshqa yordam ko‘rsatish;
– voyaga yetmaganlarning keyingi taqdirini hal qilishda ishtirok etish;
– boshqa muassasalar bilan hamkorlikda, bolalarning keyingi tarbiyasining 
yanada optimal shakllarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Bu vazifalarning ko‘lami, muassasalar faoliyatini kadrlar bilan ta’minlanishi 
va muayyan sharoitlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turishi mumkin. 
Muassasalar quiidagi voyaga yetmagan shaxslarga xizmat ko‘rsatiladi:
1) ijtimoiy reabilitasiya, shoshilinch ijtimoiy psixokorreksion va tibbiy-
psixologik yordamga muhtojlarga;
2) ota-onalari, tengdoshlari, pedagoglar va boshqalar bilan muloqotda 
qiyinchiliklarga duchor bo‘layotganlarga;
3) turli sabablarga kura deprivasiyaga mayli borlarga;
4) noxush oilalarda istiqomat qiluvchilarga;
5) yetim bolalar va ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga (muassasada 
yashashga rozi bo‘lmaganlarga).
Deviant xulq-atvorli o‘smirlarning ijtimoiy pedagogik reabilitasiyasi “ 
reabilitasion markaz” deb nomlanuvchi ixtisoslashgan muassasalarda amalga 
oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalari:
– nazoratsizlik, daydilik profilaktikasi;
– ota-onasi aybi bilan yoki ekstrimal vaziyat tufayli qiyin hayotiy holatga 
tushib qolgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam;
– ijobiy-ijtimoiy xulq-atvor, atrofdagilar bilan muomala qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirish;


567 
– ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bolalarga nisbatan vasiylik funksiyalarini 
bajarish;
- www.ziyouz.com kutubxonasi – shaxsning inqirozli ruhiy holatlarini 
bartaraf etishga yordam beruvchi ruqiy va pedagogik qo‘llab-quvvatlanish;
– oilaga qaytib kelishga ko‘maklashish;
– normal rivojlanish, ta’lim olish imkoniyati bilan ta’minlash;
– ishga joylashtirilishiga yordam berishdan iborat.
Bu muassasalarda ijtimoiy-pedagogik reabilitasiya uch asosiy bosqichdan 
iborat: tashhis qilish, reabilitasion dasturni yaratish va amalga oshirish, 
bolaning reabilitasiyadan keyingi himoyasi. Tashhis qilish voyaga yetmagan 
shaxs emosional sohasining rivojlanishi, shaxsiy xislatlar, ijtimoiy rollar, 
kasbiy qiziqishlarning shakllanganlik darajasini aniqlashga qaratilgan ijtimoiy 
pedagogik tadqiqotlar o‘tkazishni ko‘zda tugadi. Reabilitasion dastur har bir 
bola uchun individual tuzilib, faoliyatning asosiy tarkibiy qismlari maqsadi, 
vazifasi, shakllari, vositalari, bosqichlarini o‘zida mujassamlashtirgan buladi. 
Reabilitasiya dasturining asosiy maqsadi–shaxsning axloqiy qadriyatlarini 
shakllantirish va tuzatish, bolalarda muomala ko‘nikmalarini shakllantirishga 
yordam berish. Reabilitasiyadan keyingi himoya bolalar reabilitasiya 
markazidan chiqqanlaridan so‘ng, ularga oila, do‘stlar, maktab jamoasi bilan 
uyg‘un munosabatlarni tiklashga yordam beradi. Tarbiyasi ogir bolalarning 
reabilitasiyam jarayonida tarbiya muassasalarining ahamiyati katta.
Ta’lim muassasining reabilitasion xizmati umumiy yondashuv asosida, 
funksional majburiyatlar va kasbiy vakolatlar doirasida o‘zaro munosabatga 
kirish uvchi, bola hamda uning munosabatlarini uygunlashtirishga qaratilgan 
o‘zaro bog‘liq chora-tadbirlar tizimini amalga oshiruvchi mutaxassislar guruhi 
va pedagogik jamoadir. Maktab reabilitasiyasi (tibbiy – psixologik – 
pedagogik) xizmati modeli muassasa o‘ziga hosligini ham inobatga oladi. Bu 
reabilitasiya xizmatining asosiy vazifalari quyidagilar:
1) bolalar va o‘smirlar rivojlanishidagi o‘zgarishlar sabablarini anikdash;
2) ularni bartaraf etish vositalarini qidirish;


568 
3) ta’lim-tarbiya, yashash sharoitlarini optimallashtirish; www.ziyouz.com 
kutubxonasi
4) normal shaxs rivojlanishiga yordam beruvchi pedagogik jarayonni tashkil 
qilish;
5) tavakkal guruhi bolalari va o‘smirlarini o‘z vaqtida aniqlash;
6) o‘smirlarning ichki dunyosini sog‘lomlashtirish, ruhiy inqirozini yengib 
o‘tish;
7) maxsus reabilitasion dasturlarni amalga oshirish orqali muhtojlarga har 
tomonlama yordam ko‘rsatish.
Reabilitasiyaning asosiy tamoyillari:
– mintaqaviy xususiyatlarni, mintaqadagi ijtimoiymadaniy va iqtisodiy 
holatni inobatga olish; 
– sheriklik;
– reabilitasion chora-tadbirlarning keng qamrovliligi;
– ketma-ketlik; – individual, insoniy yondashuv.
Mintaqaviy ijtimoiy-madaniy va iqtisodiy vaziyatga bilish tamoyili bolalar 
kontingentlari, muassasalar tarkibini bilishni taqozo etadi. Sheriklik tamoyili 
(ijtimoiy pedagog, shifokor, psixolog – bola) barcha psixologik-pedagogik va 
reabilitasion choratadbirlarni bola shaxsi orqali amalga oshirilishidan iborat. 
Keng qamrovlilik tamoyili reabilitasion dasturni amalga oshirishdagi turli 
chora-tadbirlar kompleksini ko‘zda tutadi. Reabilitasiyaning quyidagi 
bosqichlari mavjud: oilaviy. ijtimoiy va ta’lim va b. Ketma-ketlilik tamoyili 
bir reabilitasion chora-tadbirdan boshqasiga asta-sekin o‘tishni ko‘zda tutadi. 
Isdivsdual-insoniy yosdashuv bola rivojlanishining nafakdt muhim, balki 
shunga yaqin hududlarini ham inobatga olish lozimligini ko‘zdatutadi. Ta’lim 
muassasasining reabilitasion tizimi, asosan, psixologik-pedagogik tavsifga ega 
bo‘lib, uning mazmuni va shakllari maktab xodimlarining zimmasida buladi. 
Reabilitasion 
tizim, 
avvalambor, 
bolalarni 
o‘z 
maqomlarida 
(muomalaningto‘laqonli a’zosi sifatida) va muomala layoqatiga ega (yetakchi 
o‘quv faoliyatinig subyekti) sifatida tiklanishlariga qaratilgan. U bolalar, 


569 
o‘smirlar va ularning ijtimoiy atrof-muhit bilan ish olib borishiga bog‘liq. 
Pedagoglar shug‘ullanuvchi nuqsonlar va me’yordan chetga www.ziyouz.com 
kutubxonasi og‘ishlarning sabablari, asosan, psixologik-pedagogik tavsifga 
ega bo‘lib, kerakli vositalar yordamida to‘g‘rilanadi. Ta’lim muassasalarida 
ijtimoiy pedagogik reabilitasiya qarovsiz bolalar va o‘smirlarga nisbatan 
oilaviy va maktab depressiyalarining oldini olishga, nizoli vaziyatlarni hal 
qilishga, shuningdek, ularni o‘quv faoliyatining subyekti sifatida tiklashga 
qaratiladi.
Deviant xulq-atvorli o‘smirlar bilan ishlashning reabilitasiya dasturlarini 
tuzishda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Voyaga yetmagan bolaning ijobiy xislatlariga suyanish. Ijtimoiy pedagog 
deviant xulq-atvorga ega bolani qoralay olmaydi. Bola uchun muvaffaqiyat 
vaziyatini yaratish orqali uning xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni topish kerak 
va ijtimoiy pedagog faoliyatini shunga muvofiq tashkil qilish lozim.
2. Hayotiy intilishlarni shakllantirish. Odatda, maktabdagi davomiy 
muvaffaqiyatsizliklardan so‘ng, o‘smirlar umidsizlikka tushib, ularda o‘z 
kuchlariga ishonch yo‘qoladi. Bunday o‘smirlar uchun keyingi kasbiy o‘z-
o‘zini anglab olish muhim bo‘lib, bu holatda ijtimoiy pedagogning psixolog 
bilan hamkorlikdagi faoliyati ularning kelajakdagi kasbini anikdashga 
qaratilgan bo‘ladi.
3. Deviant xulq-atvorli bolaning keyingi kasbiy takdiri bilan bog‘liq 
faoliyatidan tashqari, uning uchun ahamiyatli bulgan ijtimoiy faoliyatga jalb 
qilish. Bu murakkab vazifa hisoblanadi, chunki odatda, bu holatda nafaqat u 
yoki bu faoliyat turiga nisbatan o‘zgarishni, balki bolalar jamoasi bilan ham 
munosabatlarning normallashuvini talab qiladi. Tarbiyasi og‘ir bolalarda
boshqa o‘quvchilarga qaraganda, bo‘sh BaKj to‘rt marotaba ziyod ekanligi 
amaliyotdan ma’lum.
4. O‘smir bilan o‘zaro munosabatlarga hurmat bilan qarash. Dezadaptasiya 
bo‘lgan bolalarda yaxshi muomalaning yo‘qligi sababli har qanday tarbiyaviy 
ta’sir voyaga yetmagan bola tomonidan qatgiq qarshilikka duch keladi. 
Bunday bolalar bilan ish olib borishda ijtimoiy pedagogdan sabr-matonat talab 
qilinadi.


570 
Reabilitasion ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida mugaxassis quyidagi 
vazifalarni bajaradi: – dezadaptasiya boshlangunga qadar o‘smirda bo‘lgan 
ijobiy xislatlarni tiklash; www.ziyouz.com kutubxonasi – ijtimoiy foydali 
faoliyatga kirishish orqali o‘smirdagi salbiy xislatlarini tuzatish, intilishni 
shakllantirish, uzo‘zini belgilab olishdagi ehtiyojni faollashtirish; – o‘smir 
faoliyatining ijobiy motivasiyasini faollashtirish. Reabilitasion ijtimoiy-
pedagogik texnologiyalar. Bolaning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda 
reabilitasiya dasturlarini tuzayotganda, o‘smirning qaysi holatda ekanligini 
ham inobatga olish darkor. Chunki bu oiladagi yoki tengdoshlari davrasidagi 
janjal natijasida kelib chiqqan ijtimoiy qarovsizlik holati bulishi ham mumkin.
Ijtimoiy pedagogning bu toifadagi bolalar bilan olib boradigan ishi ularning 
ichki olamini ijtimoiy sog‘lomlashtirishga qaratilgan buladi. Ijtimoiy pedagog 
bola tushib qolgan vaziyatni shoshilinch tashxis qila olishi va ijtimoiy – 
shaxsiy – emosional xislatlarning buzilishi sabablarini ham aninutashi lozim. 
Shu boradagi asosiy faoliyat turlariga quyidagilar kiradi: individual maslahat 
berish; salbiy emosional ahamiyatga ega vaziyatlarni tuzatish maqsadida 
o‘smirlarni trening guruqlariga qushish; bola qadriyatlari tizimi bilan 
individual ish olib borish; ijtimoiy ko‘nikmalar paydo kdlish. Bundan tashqari, 
bola va ota-ona o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatlarni tiklash uchun oila bilan 
ham ish yuritish lozim. Bu faoliyat oilaning pedagogik pozisiyasini tashxis 
qilishni va ota-onalarni trening guruhlariga jalb qilishni ko‘zda tutadi. Inqirozli 
holatda turgan o‘smirga individual yondashuvlar talab etiladi. Odatda, bunday 
xulq-atvor o‘smirning hal qilib bo‘lmaydigan vaziyatga munosabatini 
bildiradi. Bu toifa bolalar bilan ish olib borishda ularning emosional holatini 
shoshilinch tashhis kdlish, bu muammo sabablarini aniklash, muammolarni hal 
qilish ko‘nikmalariga o‘rgatish, ijobiy “Men” konsepsiyasini shakllantirish 
ustida ish olib borish zarur buladi.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning yana bir yo‘nalishi uyjoysiz qolgan hamda 
daydi bolalarga qaratilgan. Bu bolapar bilan ishlash ikki yo‘nalishdan iborat: – 
bunday bolalarning yashab ketishlari uchun sharoitlar yaratish (tibbiy yordam 
ko‘rsatish, ovqat bilan ta’minlash); – uziga, uz kelajagiga ishonchni 
mustahkamlash uchun utgan hayotlarining salbiy tajribasidan xalos kilish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi Ta’lim muassasalarida reabilitasion faoliyat 
tizimi Reabilitasion faoliyatning vazifalari, obyektlari va yo‘nalishlari Bu 


571 
yunalishdagi faoliyat amalga oshiriladigan muassasalar Reabilitasion 
dasturlarni amalga oshiruvchilar:
1. Ruxiy-pedagogik reabilitasiya 
Obyekt: ijtimoiy va pedagogik qarovsiz bolalar.
Vazifalari:
– maktabdagi na oilaviy kamsitishlarni yengish;
– yetakchi faoliyatda muvaffaqiyatga erishish;
– ruhiy va shaxsiy rivojlanishning uygunlashuvi;
– ijobiy “Men” obrazini shakllantirish;
– ijtimoiy adovat profilaktikasi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, oddiy guruh (sinf), korreksiya 
sinflari, Mehribonlik uylari, maktab-internatlar, individual o‘qitish maktablari, 
o‘smirlar va bolalarga psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish markazlari. 
Pedagoglar, amaliy psixologlar, ijtimoiy pedagoglar, logopedlar, korreksion 
ta’lim o‘qituvchilari.
2. Ijtimoiy pedagogik reabilitasiya
Obyekt: ni zoli tarbiyaviy vaziyatda bo‘lgan dezadaptasiyaga uchragan 
bolalar, yetimlar, voyaga yetmagan huquqbuzarlar.
Vazifalari:
– huquqlarni himoya qitish, vasiylik;
– nazoratsi^likni oldini olish;
– ijtimoiy zararli omillar ta’siri profilaktikasi;
– ijtimoiy maqomning giklanishi;
– psixofizik va shaxsiy rivojlanish sur’atlarini ushlab turish.
Go‘daklar uyi, Mehribonlik uylari, maktab-internatlar, maxsus maktablar, 
ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitasiya markazlari. Ijtimoiy pedagoglar, 


572 
ijtimoiy xodimlar, amaliy psixologlar, tarbiyachilar, bolalar huquqlarini hi - 
moya qilish bo‘yicha inspektorlar, psixoterapevtlar, psixonevrologlar.
3. Tibbiy pedagogik reabilitasiya.
Obyekt: nogiron bolalar, tez-tez kasal ga chalinuvchi bolalar, aqliy 
imkoniyatlari cheklangan bolalar.
Vazifalari:
– tarbiyaviy mikromuhit gigiyenasi;
– soglomlash tirish va davolash:
– tibbiy profilaktika;
– sogliqni tiklash va saqlash;
– ijtimoiy adaptasiya va reabilitasiya;
– zaxiradagi imkoniyatlardan foydalanish;
– kompensatsiya funksiyalarini rivojlantirish. 
Funksional buzilishlarga ega bolalar uchun muassasalar. Muruvvat uylari, 
korreksion maktab, nogironlar uylari. sog‘lomlashtirish markazlari. davolash 
markazlari, maktabgacha muassasalar va maktablarda logopedik guruhlar. 
ruhiy soglom lashtirish va reabilitasiya markazlari. Pedagog-defektologlar, 
uqituvchilar, tarbiyachilar, ijtimoiy xodimlar. ijtimoiy pedagoglar, tibbiy 
xodimlar, psixolog-defektologlar Asosiy ish metodi – patronj, asosiy ish shakli 
– "‘Men” konsepsiyasini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiypsixologik trening 
tashkil qilish. Bu reabilitasiya dasturlarini quyidagi uch shart bajarilgan 
taqdirdagina samarali tarzda amalga oshirsa buladi:
1) dasturning barcha ishtirokchilari, ya’ni bolalar, otaonalar, ijtimoiy pedagog 
va mutaxassislarning yuqori motivasiyasi;
2) mutaxassislar va reabilitasion muassasalar rahbarlarining psixologik-
pedagogik bilim va malakaga ega ekanliklari;
3) turli davlat xizmatlari: ta’lim, sog‘liqni saqlash, xuquqni muhofaza qilish 
organlari faoliyatini uyg‘unlashtirish.


573 
Mavjud texnologiyalar deviant xulq-atvorli bolalarni ijtimoiy nazorat ostiga 
olishga qaratilgan. Bu jarayon quyidagilardan iborat:
– birinchidan, eng xavfli deviant xulq-atvor shakllarini ijtimoiy foydali 
shakllar tomonidan siqib chiqarish;
– ikkinchidan, bolaning ijtimoiy faolligini ijtimoiy ma’qullanadigan tomonga 
yo‘naltirish;
– uchinchidan, daydilik, giyohvandlik, fohishabozlik bilan shug‘ullanuvchi 
o‘smirlarni jinoiy yoki ma’muriy kuzatuvdan xalos etish;
– to‘rtinchidan, maxsus ijtimoiy yordam xizmatlarini tashkil etish.
Bolalar ichkilikbozligi va bu illatning yoshlar o‘rtasida kengtarkrlishi eng 
jiddiy ijtimoiy-pedagogik muammolardan biri hisoblanadi, Ichkilikbozlik 
tushunchasi ikki xil talqin kdlinadi. Tibbiy nuqtai nazardan, ichkilikbozlik 
spirtli ichimliklar iste’mol kdlishga yengib bo‘lmas ehgiyoj tugilishida 
namoyon buladi gan surunkali kasallikdir. Ijgimoiy pedagogik nuqtai 
nazardan, ichkilikbozlik spirtli ichimlikka ruju qo‘yish bilan tavsiflanadigan
shaxsda deviant xulq-atvorni keltirib chiqaradigan xulq-atvor shakllaridan 
biridir. Bolalik davrida ichkilikbozlik muammosi shaxs ijtimoiylashuvi 
jarayoni bilan bevosita bog‘liq. Chunki, birinchidan, u aniq ijtimoiy psixologik 
sabablar tufayli kelib chiqadi, ikkinchidan, deviant xulq-atvor kabi 
g‘ayriijtimoiy xislatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Ichkilikbozlik 
namoyon bo‘lishining ijtimoiy psixologik omillari bir xil emas. Ular ichida 
mikroijtimoiy va shaxsiy omillarni ajratish mumkin. Shaxsiy omillar vazifasini 
shaxsiy va tavsifiy xususiyatlar bajarishi mumkin.
Mikroijtimoiy omillarga alkogollashuv ko‘rsatkichlari (ichkilik iste’mol 
qilish yoshi, sabablari), oila tarkibi va unda alkogollashuv darajasi kabi 
ijtimoiy va ijtimoiypsixologik belgilar kiradi. Ijtimoiy-psixologik omillar 
shartli ravishda ikkiga ajratiladi. Alkogollashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatar 
ekan, ular yaxlit va majmuaviy tarzda o‘rganilishi lozim. Bolalar 
ichkilikbozligi bir qator o‘ziga xosliklarga ega:
– spirtli ichimliklargatez moslashish;
– ichkilikbozlikningtez rivojlanishi; – davolashning samaradorligi;


574 
– organizmning tez buzilishi.
Bolalarning spirtli ichimliklarga moslashishlari asosan 3 davrda: bolalikning 
ilk davri, maktabgacha yoshda va kichik maktab davri, o‘smirlik davrida jadal 
kechadi. Birinchi davr bolalikning ilk davri bo‘lib, unda bolalarning 
alkogollashuvi ixtiyorsiz tavsifga ega. Bu bir necha sabablarga ko‘ra ro‘y 
beradi: homiladorlik va emizish davrida www.ziyouz.com kutubxonasi spirtli 
ichimlik iste’mol qilish, mast holatda homilador bo‘lish. Ichki organ va 
a’zolarningjadal shakllanishi jarayoni kechayotganda, \omilaningzaharlanishi 
rivojlanishning turli anomaliyalariga olib keladi: oyoq va qo‘llarning 
rivojlanmasligi, barmoqlarning birlashib ketishi, jinsiy a’zolardagi nuqsonlar, 
bosh hajmining kichiklashishi va boshqalar. Homila alkogol oldida himoyasiz 
bo‘lgani sababli, u alkogolning miyaga kirishini bartaraf eta olmaydi va 
buning natijasida aqyai noraso bo‘lib tug‘ilishi mumkin. Bunday bolalar, 
garchi bolaliklarida hayot bilan vidolashmasalar ham, bugun umr aqli noraso 
bo‘lib o‘tadilar.
6 –jadval 
Bolalar ichkilikbozligining sabablari va salbiy oqibatlari 
Yosh 
Sabablar 
Oqibatlar 
Bolalikning 
ilk 
dairi
(0-3 yosh) 
Homila 
davridagi 
ichkilikbozlik, 
homiladorlikning ilk 3 oyida 
spirtli ichimlik iste’moli, 
emizish 
vaqtida 
spirtli 
ichimliklar iste’moli. 
Epilepsiya, aqli zaiflik, 
jismoniy 
rivojlanish 
anomaliyasi; 
aqliy 
rivojlanish anomaliyasi. 
Maktabgacha va 
kichik 
maktab 
yoshi
(3-9 yosh) 
Ota-onalarning 
pedagogik 
savodsizligi, 
oilaviy 
ichkilikbozlik an’analari. 
Organizmning alkogoldan 
zaharlanishi; 
spirtli 
ichimlikliklarga 
qiziqish 
paydo bulishi. 
O‘smirlik 
va Oiladagi 
nohush 
holat; Spirtli 
ichimliklarga 


575 
o‘spirinlik davri
(9-18 yosh) 
o‘zini 
namoyon 
qilish; 
OAVlaridagi reklama; bo‘sh 
vaqtidan 
o‘rinli 
foydalanmaslik; 
ichkilikbozlikning oqibatlari 
haqida bilimlarning yuqligi; 
shaxsning 
psixologik 
xususiyatlari, 
mavjud 
muammolardan qochish. 
maylning 
shakllanishi; 
spirtli ichimlik iste’mol 
qilish 
odatining 
shakllanishi; huquqbuzarlik 
sodir etish mast holatda 
g‘ayri 
huquqiy 
harakatlarning 
oqibatini 
o‘ylamasdan sodir etish; 
spirtli 
ichimlikni 
ruhiy 
muammolarni 
bartaraf 
etuvchi 
doping 
sifatida 
iste’mol qilish. 
Ikkinchi davr – kichik maktab yoshi. Bu davrdagi eng ahamiyatli sabablar: 
ota-onalarning pedagogik bilimsizligi va spirtli ichimlikka qiziqish paydo 
bo‘lishiga olib keluvchi oilaviy ichkilikbozlik an’analaridir. Biologik 
tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ichkilikbozlik irsiy jihatdan avloddan-avlodga 
o‘tmaydi, faqatgina unga mayl o‘tadi. Bolalarda ichkilikbozlikning 
rivojlanishiga otaonalarning yomon odatlari, oiladagi vaziyat hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etadi. Maktablarda sinfdosh bolalarning xususiyatlaridan kelib 
chiqib, ota-onalar shuni esda tutishlari lozimki, spirtli ichimliklar iste’mol 
kdlishga nisbatan salbiy munosabatlarni shakllantirishning zaruriy sharti bola 
shaxsiyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish, uning maktabdagi 
hdyotiga doimiy e’tibor qaratish, maktabda va oilada gigiyenik me’yorlarga 
amal qilishdir. Agar oilada hyech kim bolaning maktab hayoti bilan qiziqmasa 
yoki nomiga qiziqsa, uning maktabga nisbatan kdziqishi neytrallashadi, 
so‘ngra ta’lim olishga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Bola o‘zini 
namoyon qilishining boshqa usullarini qidira boshlaydi. Odatda, bu bola kucha 
guru\lariga qo‘shilib qoladi va u yerda spirtli ichimliklar iste’mol qilishga 
o‘rganadi. Agar bola spirtli ichimlik bilan “tanish” bo‘lsa va bu “tanishuv” 
oilada sodir bulgan bo‘lsa, bu urganish jarayoni nihoyatda oson kechadi. 
Natijada maktab, maktab xdyotiga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi va 
bola o‘ziga o‘xshagan bolalarning ko‘cha guruhini afzal ko‘ra boshlaydi. 
Uchinchi bosqich – o‘smirlik va o‘sprinlik davri. Bu davrdagi asosiy sabablar 


576 
oiladagi nomaqbul holat, o‘zini namoyon kdlish, OAVlaridagi reklama, 
muammolardan qochish, shaxsning psixologik xususiyatlari, ichkilikbozlik 
oqibatlari qaqidagi bilimlarning yo‘qligidir. Bolada ichkilikka ruju quyish ro‘y 
beradi.
Ichkilikka mayli bor bolalarning 4 turi farklanadi:
1) o‘ziga yuqori baho bergan bolalar;
2) shafqatsiz va agressiv xulk,li bolalar;
3) amaliy hayotga ko‘nikm agan, shaxsiy tashabbus qobiliyatidan ayrilgan 
bolalar;
4) turg‘unlikka tushgan bolalar.
Bolalarning spirtli ichimlik iste’mol kdlishni boshlaganliklarining bir nechta 
darajalari mavjud:
1) nolga teng daraja juda kamdan-kam iste’mol qilish;
2) epizodik iste’mol darajasi turli spirtli ichimliklar turlari bilan tanishlik;
3) yuqori daraja 1 oyda ikki martadan ortiq iste’mol qilish;
4) namoyon bo‘lgan ruhiy tobelik darajasi mast bo‘lishning ruhiy holatning 
istalgan holatiga aylanishi, ichkilikka ruhiy qaram bo‘lishning yuzaga kelishi;
5) ichkilikka jisman tobe bo‘lish darajasi – spirtli ichimlikni nazoratsiz 
iste’mol qilish.
Shaxsning alkogollashuvi (aroqho‘rga aylanishi). Ijtimoiy pedagogikaning 
spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bolalar bilan faoliyat olib borishga 
doir asosiy yo‘nalishlari:
a) adaptasion – bolaning shaxsiy ijobiy xislatlarini rivojlantirish orqali 
bolaning adaptativ xususiyatlarini tuzatish;
6) profilaktik – bolalarda spirtli ichimlik iste’mol qilishga salbiy munosabatni 
shakllantirish;
v) vositachilik – bola va jamiyat urtasidagi munosabatlarni tartibga solish;


577 
g) reabilitasion – alkogol tobe holatidagi bolani ijgimoiy reabilitasiya qilish.
Bu toifadagi bolalar bilan ijtimoiy pedagog uz faoliyatida quyidagi 
vazifalarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatining birinchi vazifasi tashhis qo‘yish bo‘lib, 
bolaning spirtli ichimlik ichishga ruju qo‘yishining oldini olishga qaratilgan. 
Bu vazifa spirtli ichimlik iste’mol qilishga mayli bor bola haqida axborot 
to‘plash, uning real shaxsiy xususiyatlarini o‘rganish, bola oilasi to‘g‘risida 
ma’lumotlar to‘plash, bolaga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan manbalarni 
o‘rganish, ichkilikbozlikning yetakchilarini aniqlash, bolani alkogollashuvga 
undayotgan salbiy omillarni o‘rganish, bolaga mikromuhit ta’sirini o‘rganish 
orqali amalga oshiriladi.
Ikkinchi vazifasi – natijani oldindan ko‘ra bilish. Uning mohiyati shuki, 
qo‘yilgan tashhis asosida ichkilikbozlikka mayli bor bola bilan ish olib 
borishning aniq ijtimoiy pedagogik dasturi ishlab chiqiladi. Budasgur 
bosqichma-bosqich amalga oshirilib, ijtimoiy adaptasiya, korreksiya yoki 
reabilitasiyani keltirib chiqaradi.
Uchinchi vazifasi ta’lim-tarbiya bulib, bolada uning ijtimoiy pedagogik 
reabilitasiyam davomida shakllanishi lozim bulgan xislatlarni, bolalar va 
kattalar xulq-atvori va faoliyatiga pedagogik ta’sirni oshirish, bola 
tarbiyasidagi bo‘shliqarni to‘ldirish, ichkilikbozlik muammosini yengib o‘tish 
uchun lozim bulgan ko‘nikm a va malakalarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Ijtimoiy pedagogning turtinchi vazifasi – huquqiy himoya. Uning mohiyati 
shuki, ijtimoiy pedagog faoliyati huquqiy asosda ko‘riladi.
Beshinchi vazifasi – tashkiliy funksiya. U ichkilikbozlikka mayli bor bola 
bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat yuritishda turli mutaxassislarning ishtirokini 
talab qiladi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sharoitlar yaratadi, 
bolalar, kattalar uchun ijtimoiy foydali faoliyatni tashkil qiladi.
Oltinchi vazifasi – kommunikativ funksiya. Bunda ijtimoiy-pedagogik 
faoliyatni amalga oshirish jarayonida uning ko‘pgina ishtirokchilari o‘rtasida 
aloqalar o‘rnatiladi.


578 
Yettinchi vazifa – profilaktik funksiya bo‘lib, u erishilgan ijobiy natijalarni 
mustahkamlaydi va ichkilikbozlik alomatlarining paydo bo‘lishini bartaraf 
etadi. Bu vazifalar ijtimoiy patronaj o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagog faoliyatida bolalar hayotini alkogollashuviga qarshi 
qaratishi tarbiyalanuvchilarining yosh xususiyatlariga qarab amalga oshiriladi. 
Maktabgacha va kichik maktab yoshi. Bir yoshdan yetti yoshgacha bulgan 
boladagi odatlarni shakllanishida hal kdluvchi ta’sirni ota-onalar ko‘rsatishadi. 
Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy pedagogning oila bilan ishlashi muhim 
ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatini shakllantirish. 
Faqatgina uyg‘un oilaviy munosabatlar sharoitlarida axloqiy antialkogol 
odatlar paydo bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu 
odatlarning paydo bulishi uchun ota-onalarda optimal xulq-atvorni 
shakllantirish lozim.
2. Bola hdyotiy faoliyatining sog‘lom muhitini shakllantirish. Ijtimoiy 
pedagog faoliyati ota-onalarda sog‘lom ijtimoiypsixologik yo‘l-yo‘riqlarni 
shakllantirish ga, bolalarnish spirtli ichimlik iste’mol qilgani uchun ota-
onalarning shaxsiy javobgarligi haqidagi fikrni ilgari surishga qaratilishi 
lozim.
Ota-onalar bilan ichkilikbozliklikka qarshi kurash bola yoshiga qarab amalga 
oshirilishi kerak. Biroq bu faoliyatning natijasi ota-onalarni bolalarning 
ichkilikka qarshi tarbiyasiga qo‘shilishi zarur. Ota-onalarning ichkilikbozlikka 
qarshi tarbiyasi haqidagi bilimlar targ‘iboti quyidagi masalalarni o‘z ichiga 
oladi:
1. Alkogolning inson organizmiga, bolaning to‘liq shakllanmagan 
organizmiga zarari, bolalarning spirtli ichimlik iste’mol qilishlarining yomon 
oqibatlari, voyaga yetmaganlarni spirtli ichimliklar iste’mol qilishga 
o‘rgatishning axloqiy, diniy va huquqiy javobgarligi haqida.
2. Kichik maktab yoshining o‘ziga xos xususiyatlari (anotomik, morfologik, 
psixofiziologik) bilan tanishtirish. Maktabda ta’lim olishning birinchi 
bosqichiga bola hayotidagi eng inqirozli bosqich sifatida ta’rif berish, 
boshlang‘ich bosqichga moslashish qiyinchiliklari, yosh shaxsning faol 


579 
ijtimoiylashuvining boshlanishi, ta’lim muhitining ijtimoiy va psixologik 
sharoitlari haqida ma’lumot berish.
3. Kichik maktab yoshidan bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 
uchun ota-onalarning me’yoriy xulq-atvorlariga erishish. Bu oilaning 
ichkilikbozlik an’analarini, kichik maktab yoshiga xos bo‘lgan taqlidiy xulq-
atvorni inobatga olgan hodda ko‘rib chiqish, bolaning maktabdagi yutuqlariga 
e’tiborli bo‘lish, bolalarning bo‘sh vaqtlarini o‘tkazishlariga yordam berish, 
uni noxush oilaviy-maishiy nizolardan holi qilish. Shuningdek, ijtimoiy 
pedagog ota-onalar bilan hamkorlikda bo‘sh vaqt va bayramlarni spirtli 
ichimliksiz o‘tkazish rejasini ham ishlab chiqishi lozim.
Faoliyatning asosiy metodlari – suhbat, maslahat, trening shaklida 
o‘tkaziladigan oilaviy profilaktika hisoblanadi. Ijtimoiy pedagog ota-onalar 
harakatlariga axloqiy tavsif berishi lozim. Oilaviy profilaktika tanbeh, 
tahdidlarga asoslanmasligi kerak. U bolaning tengdoshlari bilan aloqalarini 
tuzatishga, ularni ijobiy faoliyatga jalb etishga, oilada o‘z maqomini tiklashiga 
qaratilishi lozim. O‘smirlik davri (11 – 14 yosh). Budavr inson faoliyatining 
eng murakkab davrlaridan biridir. Mazkur uyg‘un faoliyatning faollashuvi 
davrida organizmning barcha organlarining jadal rivojlanishi kuzatiladi. Bu 
jarayon jinsiy yetuklikning boshlanishi bilan yakun topadi. Bola u uchun 
obro‘li bo‘lgan kattalarning ko‘rsatmalariga amal qilgan kichik maktab 
yoshidan farqli ravishda o‘smir o‘z xulq-atvor tamoyillariga, uz qarashlariga 
amal qilishga harakat qiladi, mustaqillikka ehtiyoj tug‘iladi, kattalar nasihatlari 
tanqid ostiga olinadi, ularga nisbatan salbiy munosabat shakllanadi. Aynan 
o‘smirlik davrida ichkilikka ruju qo‘yishning ilk bosqichi boshlanishi mumkin. 
Chunki u o‘smir guruhlari sharoitida namoyon bo‘ladi va shuning uchun “ 
jamoaviy ichkilik tobeligi” tavsifga ega bo‘ladi. Bu yoshdagi bola katta 
bo‘lishga yoki kattalardek ko‘rinishga harakat qiladi. Bu ham ijobiy, ham 
salbiy ma’noda namoyon bo‘lishi mumkin.
Balog‘atga yetish tendensiyasi agar axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga 
asoslanmasa, ijtimoiy salbiy ma’nodagi: chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol 
qilish , jinsiy mas’uliyatsizlik, huquqbuzarlik namoyon bo‘ladi. O‘smirlik 
davrida 11 yoshdan boshlab kattalar bolaga avvalgidek ta’sirlarini o‘tkaza 
olmaydilar. Bola uchun tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lish katta ahamiyat 


580 
kasb eta boshlaydi. O‘smirning ijtimoiy maqomi qancha past bo‘lsa, uning 
guruhga ta’siri shuncha kam bo‘ladi. Shuning uchun bu yoshda ijtimoiy 
pedagog faoliyatida asosiy urg‘u guruhbilan ishlashga qaratiladi. Bu quyidagi 
faoliyat yo‘nalishlari orqali amalga oshiriladi:
1. Ichkilikbozlik sabablari va oqibatlari profilaktikasi. Buni ichkilikbozlik 
bilan bog‘liq mavzularda bahs-munozaralar o‘tkazish orqali amalga oshirsa 
bo‘ladi. Bu mashg‘ulotlar natijasida, guruhning barcha ishtirokchilari amal 
qiladigan qarashlar shakllanishi lozim. Bahs-munozaradan tashqari, rasmli 
o‘yinlar ham o‘tkazish mumkin. Ichkilikbozlik profilaktikasiga qaratilgan 
bunday o‘yinlarda bolaning shaxsiy rivojlanishiga, jamoaviy muomala 
malakalariga o‘rganishiga erishsa bo‘ladi. Ijtimoiy pedagog o‘smirlar guruhida 
shakllantirish mumkin bulgan asosiy ijtimoiy malakalar bu ichkilikka qarshi 
dalillarni aniq ilgari surish va tengdoshlari bosimiga qarshi tura olish. Ish 
shakllari: bahs, ekskursiya, suhbat. Bunda bolalarni qo‘rqitadigan usullardan 
foydalanish maqsadga muvofiq emas.
2. O‘smirlarning bo‘sh vaqgini tashkillashtirish. Bo‘sh vaqtni mazmunsiz 
o‘tkazish o‘smir tomonidan spirtli ichimlik iste’mol qilish xavfini oshiradi. 
To‘garak, seksiya, klub, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari faoliyatini yorqin 
reklama qilish zarur. Ijtimoiy pedagog o‘smirning qiziqishlarini bilishi va 
uning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yordam berishi lozim. Bu yoshning 
psixologik xususiyatlari tufayli bo‘sh vaqtni o‘tkazishning jamoaviy 
shakllarini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Shuni inobatga olish lozimki, 
deviant xulqli bolalar, asosan, intellektual faoliyat bilan emas, balki sport bilan 
shugullanishga qiziqishadi. Shuning uchun ularning sport seksiyalariga 
qatnashishlariga yanada ko‘proq sharoitlar yaratib berish lozim.
3. Ijtimoiy pedagog tomonidan o‘tkazilayotgan ichkilikka qarshi tarbiya 
bolada mustahkam antialkogol qarashlar sog‘lom \ayot tarzining zarurligi, 
organizm shakllanayotgan paytda spirtli ichimlik iste’mol qilish mumkin 
emasligi, ichkilikbozlikning axloqsiz omil ekanligini shakllantirishga 
qaratiladi.
4. Maktab pedagog jamoasini ichkilikka qarshi yo‘naltirish ham ijtimoiy 
pedagogning vazifasi hisoblanadi. O‘smir yoshidagi o‘quvchilarning ta’lim 


581 
dasturi bilan tanishish asosida ijgimoiy pedagog ichkilikka qarshi tarbiya 
elementlarini maktab darslari tarkibiga kiritishni ilgari surishi mumkin.
O‘spirinlik davri. O‘smirlikdan farqli o‘laroq, 17-18 yoshli o‘quvchilarda 
tengdoshlari jamoasiga emosional tobelik kuchli bo‘lmay va bunda birinchi 
o‘ringa individuallik ko‘tariladi. Hayotda o‘z o‘rnini qidirish, o‘zini biror-bir 
kasbiy faoliyatda anglab olish bilan birgalikda, o‘smir uchun o‘z ijtimoiy 
qiyofasini ham shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy pedagog 
o‘z e’tiborini ichimlik iste’mol qilishga mayli bor o‘spirinlar bilan individual 
ish olib borishga qaratadi. Bu faoliyat quyidagilar orqali amalga oshiriladi:
1. Bola hayotiy faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish 
maqsadida individual konsul tasi yal ar o‘tkazish.
2. Shaxsni ijtimoiy tarbiyalash, ijtimoiy pedagogik mashqlar orqali o‘smirga 
ijtimoiy ijobiy hulq atvor me’yorlarini o‘zlashtirishga yordam beradi.
O‘smirlarni ichkilikka qarshi tarbiyalash asosiy va yordamchi metodlarga 
ajratiladi. Asosiy metodlar – suhbat jarayonida ijtimoiy pedagog tomonidan 
o‘z nuqtai nazari, dalillarini monologik bayon etish, ma’ruzalar o‘qish. 
Yordamchi metodlar – kitob yordamida mustaqil ish olib borish, tajribalar 
o‘tkazish va boshqalar. Bu metodlar turli ish shakllari – jamoaviy va 
individual shaklda, turli mikromuhitlar oila, maktab jamoasi, dustlar davrasida 
amalga oshirilishi mumkin.
 
 
 
 


582 
 

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin