Modernizatsiyalash jarayonlari


Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish



Yüklə 4,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/82
tarix24.12.2023
ölçüsü4,16 Mb.
#191210
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82
pedagogika (2)a

Tayanch-harakat apparati buzilgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish. 
Tayanch-harakat apparatlari buzilishining turlari va yuzaga kelish 
sabablari. 
Tayanch-harakat apparatidagi turli buzilishlar bolalarni o‘qitish va 
tarbiyalashda muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Tayanch-
harakat apparati funksiyalarining buzilishi tug‘ma yoki orttirilgan bo‘lishi 
mumkin. Tayanch-harakat apparati patologiyasi quyidagi turlarga ajratiladi: 
1) nerv tizimining kasallanishi (bolalar serebral paralichi (BSP), 
poliomiyelit); 
2) tayanch-harakat apparatining tug‘ma patologiyasi; sonning tug‘ma 
chiqqanligi; bo‘yin qiyshiqligi; qiyshiq oyoqlik va oyoqning boshqa 
nuqsonlari; umurtqa pog‘onasi rivojlanishidagi nuqsonlar (skolioz); qo‘l yoki 
oyoqlarning rivojlanmaganligi va nuqsonlari; qo‘li barmoqlarining anomal 
rivojlanishi; artrogripoz (tug‘ma mayiblik); 
3) orttirilgan kasalliklar va tayanch-harakat apparatining zararlanishi; orqa 
miya, bosh miya va qo‘l-oyoqlarning travmatik jarohatlanishi; poliatrit; skelet 
kasalliklari (tuberkulez, suyaklardagi shishlar, osteomiyelit), skelet tizimi 
kasalliklari (raxit, xondodistrofiya). 
Tayanch-harakat apparati patologiyasi bo‘lgan bolalarda asosiy buzilish 
harakatlanishdagi nuqson hisoblanadi. Bunday nuqsonlarga ega bolalarning 89 
% ini serebral paralichli bolalar tashkil etadilar. Ularda harakat buzilishi psixik 
va nutqiy buzilishlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Shu bois bu kabi bolalar 
nafaqat davolash va ijtimoiy yordamga, balki psixologik-pedagogik va 
logopedik korrektsiyaga ham muhtoj bo‘ladilar. 
Harakatlanish buzilishlari o‘rtacha darajada bo‘lgan bolalar Yurishni o‘rganib 
olsalarda, biroq, shonch bilan Yura olmaydilar, ular uchun maxsus moslamalar 
zarur. Harakatlanish buzilishining yengil shaklida bolalar uyda va ko‘chada 
mustaqil, qo‘rqmay Yura oladilar, o‘zlariga to‘la xizmat ko‘rsatadilar.

Yüklə 4,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin