511
3.
Uch yoshidan keyingi ko‘r bo‘lib qolganlar.
Ommaviy
maktablarda, ta’lim olganda yomon ko‘ruvchi bola jiddiy
qiyinchiliklarga duch keladilar. Idrok etishning aniq emasligi, sekinligi, torligi
kabi xususiyatlar predmetlarni tanib olish,
ularning shaklini ajratish, o‘ziga
xos belgilarini bilib olishda ma’lum qiyinchiliklariga olib keladi. Bolalar
satrlar, harflar va raqamlarni adashtiradilar. Bular o‘qish texnikasi egallab
olish, o‘qilganlarning mazmunini tushunishga halaqit beradi. Oddiy maktabda
yomon ko‘ruvchi bolalar doskada nima yozilganligini ko‘rmaydilar,
qarab
bajariladigan ishlarni tashkil etishda yomon ko‘radigan bolalar tez
charchaydilar, bu ularning ish qobiliyatlarini pasaytiradi. Pedagoglarning
oldidagi eng muhim vazifa - yomon ko‘radigan bolani o‘z
vaqtida aniqlash,
unga maxsus ta’lim va tarbiya berish masalasini hal etish uchun PMPKga
yuborishdan iborat. Yomon ko‘radigan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash asosan
maxsus (Korreksion) maktablarda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: