514
usuli daholarni yetishtirish uchun yetarli emas hamda ko‘p mehnat talab qiladi.
Faqatgina matematika bilan kuniga eng kam 6 marotaba shug‘ullanish lozim.
Natijada ota-ona aksar vaqtini bu darslar bilan o‘tkazadi, kechki soatlarda esa
yangi darslar uchun kartochka tayyorlanish lozim. Ammo,
bu usuldan
umuman bosh tortish ham to‘g‘ri emas, balki aksincha uning samarali
tomonlaridan foydalanish mumkin: masalan, bolaning sevimli kitobini o‘qish
bilan birgalikda unga turli kartochkalarni ko‘rsatsangiz bo‘ladi.
Bu ta’lim usuli olim va pedagog
R.Shtayner falsafasiga asoslangan bo‘lib,
uning mohiyatida
shaxsiyatning ruhiy va
estetik rivojlanishiga qaratilgan, bolaning
aql-zakovati esa unchalik ahamiyat kasb
etmaydi. Shu sababli, usul – tabiat, ijod
va kasb hunarlarni kuzatishni o‘z
ichiga
olgan. Valdorf ta’limi markazlarida o‘quvchilar ganchkorliq turli musiqa
asboblarini chalish, xalq hunarmandchiligi, turli sahna ko‘rinishlarida ishtirok
etish (aktyorlik mahorati) kabi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanadilar. O‘qish
uchun mashg‘ulotlarni esa bola 12 yoshga kirgandan so‘ngra boshlash tavsiya
qilinadi. Ta’lim vaqtida bolaning asosiy bilim manbai va yo‘naltiruvchisi
o‘qituvchidir. Dars o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi suhbat tarzida o‘tkaziladi.
O‘qituvchi darsni hikoya qilib bergach, o‘quvchi o‘z tushunganlarini
hissiyotini so‘zlash va ko‘rsatish bilan namoyish qilishi lozim.
Albatta, Valdorf usulining ham o‘ziga yarasha kamchiliklari bor.
Ba’zilarning fikriga ko‘ra, bu usul real hayotdan uzoq bo‘lgan
vaziyat
yaratishi ehtimoli katta. Undan tashqari, bolaning normal rivojlanishida
asossiz to‘sqinlik
yuzaga keladi, 12 yoshda o‘qishni o‘rgana boshlash bola
uchun juda kech. Bu usulda asos qilib olingan estetik tarbiya esa mantiq va
tafakkur rivojlanishini cheklanishiga olib keladi.
Valdorf usuli giperaktiv,
asabiy, agressiv, o‘ziga ishonchi yo‘q va e’tibori past bo‘lgan bolalar uchun
foydali.
Ammo ishingiz sababli vaqtingiz kam bo‘lsa, bu usul sizga to‘g‘ri kelmasligi
mumkin. Chunki farzandingiz bilan birgalikda
chevarliq ganchkorlik kabi
hunarlarni birga qilishingiz lozim. Dars davomida butun e’tibor bolaga
qaratiladi, ota-onalar esa vaziyatga moslashadi va faqat yordamchi vazifasini
bajaradi. Valdorf pedagogikasi bolaning sog‘lom o‘sishiga negativ ta’sirining
oldini olish uchun ta’lim tizimida hyech qanday shoshilishga yo‘l qo‘ymaydi.
Mariya
Montessorining
usuli
bolalarga o‘yin shaklida ta’lim berish,
Dostları ilə paylaş: