O‘quv rejasi muammo va masalalari
Inklyuziv ta’limni amalga oshirish uchun va turli xil o‘qish qobiliyatlari
mavjud talabalarni yaxshiroq moslasha olishlari uchun ta’lim tizimi,
o‘qitishning tuzilishi va o‘qitish amaliyotini namoyish etish ko‘proq
moslashadigan xamkorlik tarzida bo‘lishi zarur
125
.
MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKA. BOLANING SOTSIUMDA
RIVOJLANISHI
IJTIMOIY PEDAGOGIKA. BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI
REJA
Ijtimoiy pedagogikaning predmeti, maqsadi, asosiy vazifasi, kategoriyalari,
rivojlanish tarixi. Ijtimoiylashuv – ijtimoiy pedagogik jarayon. Ijtimoiy
pedagogikaning tamoyillari.
Ijtimoiylashuv tushunchasi va ijtimoiylashuv jarayoni. Ijtimoiylashuv
vositalari, agentlari, mexanizmlari. Ijtimoiylashuvga ta’sir etuvchi omillar.
Shaxs ijtimoiylashuviga siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning ta’siri.
Bolaning ilk ijtimoiylashuv davri. “Sotsium” tushunchasi, ijtimoiy maqom,
ijtimoiy moslashuv tushunchalari. Bolaning ijtimoiylashuvida oila, ta’lim-
tarbiya tashkilotlari, madaniyat, din, mahallaning o‘rni. Milliy mentalitet va
uning ijtimoiylashuvda tutgan o‘rni.
518
Tayanch iboralar: ijtimoiy pedagogika, fan, maqsad, vazifa, obyekt, predmet,
zaruriyat, insonparvarliq tabiat bilan uyg‘unligi, madaniyatga muvofiqliq
variativliq jamoaviyliq birgalikdagi faoliyat, davomiyligi tamoyili,
ijtimoiylashuv, moslashuv, individuallashuv, ehtiyojlar, muloqot, faoliyat,
shaxsiy “Men”, sosium, identifikasiya, refleksiya
Ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator bahs-munozaralarga
sabab bo‘lmoqda. Ma’lumki, har qanday fan bilim sohasi sifatida nazariya va
amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini
to‘ldirib boradi va voqyelikning mukammallashuviga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Demaq biz ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyatining sohasi
sifatida o‘rganishimiz lozim. Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogika ko‘pgina
boshqa fanlar (falsafa, matematika, biologiya) kabi o‘quv fani bo‘lib ham
xizmat qilishi mumkin. O‘zbekiston tarixiy pedagogik an’analarga ega
davlatdir. Sharq mutafakkirlari va diniy arboblarining asarlarida ijtimoiy
pedagogika fanining rivojlanishiga asos bo‘ladigan g‘oyalar mavjuddir. XIX
asrda o‘zbek ma’rifatparvarlari, XX asrdagi novator pedagoglarining ijtimoiy
tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy pedagogika uchun boy manba hisoblanadi.
Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning MDH hududidagi tadrijiy
rivojlanishi to‘xtatib qo‘yildi. Ijtimoiy pedagogikaning tiklanishi faqatgina XX
asrning 90-yillaridan boshlanadi. Uning qayta “tug‘ilishi” ijtimoiy
pedagoglarni hozirgi sharoitdagi amaliy faoliyatlarida ijtimoiy pedagogika fani
yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug‘ilgani bilan izohlanadi. Bu yerda
davlat va jamiyat faoliyat yuritishining yangi tamoyillari: bozor iqtisodiyoti,
raqobat, byudjetdan pul ajratishni ko‘paytirish yoki kamaytirish, iqtisodiy
holatningbeqarorligi kabilar nazarda tutilmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy
hayotni demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga a’zo bo‘lish aholining
kam ta’minlangan qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi.
Biroq, ijtimoiy pedagogika sohasidagi mavjud nazariya va amaliyotning
tizimlashtirilmaganligi bu ikki soha bir biridan alohida ravishda rivojlanishiga
sabab bo‘ldi va ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida shakllanishiga o‘z
ta’sirini ko‘rsatdi. Natijada, bugungi kunda ilmning bu sohasini to‘liq qamrab
519
oluvchi ta’rifni berish ancha murakkab hisoblanadi. Rossiyalik qator olimlar
ijtimoiy pedagogikaga ta’rif berishga harakat qilganlar. Masalan, Yu. V.
Vasilkova bu fanni “alohida shaxs yoki guruhni tarbiyalash, o‘qitish nazariyasi
va amaliyotidir” deb ta’kidlaydi. A.V.Mudrikning fikricha, “Ijtimoiy
pedagogika – barcha yosh va ijtimoiy guruhlar ijtimoiy tarbiyasini o‘rganuvchi
pedagogika ”dir.
B.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasini “Ma’lum
yutuqlarni birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy tarbiya jarayonida amalga
oshiradigan fan”,- deb hisoblaydi. I.P.Podlasiyning “Pedagogika" darsligida
quyidagicha ta’rif mavjud: “Ijtimoiy pedagogika - ijtimoiy muhitning shaxsni
shakllantirishga va ijtimoiy tarbiya muammolariga ta’siri qonuniyatlarini
o‘rganuvchi fandir”. M. A. Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning obyekti
va predmetini aniqlash orqali ta’rif bermoqchi bo‘lgan. Ijtimoiy
pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan”
tushunchasining o‘zi obyektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab chiqishga
qaratilgan faoliyat ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy-
mazmuniy jihatini o‘rganish “ijtimoiy pedagogika” atamasiga e’tibor
qaratishni talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo‘lib, “Pedagogika” va
“Sotsiologiya” fanlari ma’nosining integrasiyasidan (birlashuvidan) vujudga
kelgan. Bu birlashuv “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va
“ijtimoiy tarbiya”ni kiritgan.
Ijtimoiy pedagogika fanning maqsadi jamiyatdagi xar bir shaxsning
hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan
iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug‘ullanish, keksalar, qariyalar,
kasal va boquvchisini yo‘qotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan
bolalar holidan xabar olish, narkomaniya va qonunbuzarlikka qarshi kurashish.
Ijtimoiy pedagogika fanning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o‘z ichiga oladi.
1. Bolani va o‘smirni xaqiqatgo‘y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;
2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil
ravishda hal qila olishi va o‘z munosabatini bildirishi;
3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni
o‘rgatish;
520
4. Hayotdagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda
tushunishga o‘rgatish.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin.
Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g‘amxo‘rlik va e’tibor talab etadigan
madaniy-tarixiy an’ana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy
ishlarda rahm –shafqat, xayriya, yordam kabi tushunchalar juda ko‘p
ishlatiladi.
Ammo ularning aniq ifodalangan o‘ziga xos jihatlari ham bor,
mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan
institut sifatida namoyon bo‘ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy
himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida
ta’kidlanganideq ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mita
muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy hodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri
ikkinchisini to‘ldira bordi.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud
bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Ijtimoiy
pedagogika fanning ilk kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan
820-829 yillardan boshlab rivojlangan.
Har bir fan aniq bir xaqiqatdan “o‘sib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi.
Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan
amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha
amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada
samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat
muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq.
Amaliy faoliyat –bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi
bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy –pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari
faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif,
san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi
ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashkilot
521
ishlarining ko‘lamini kengaytiradi, o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi
imkoniyatlar ochadi.
Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning
jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu
vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini qondirish, ularning faoliyatida
uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chuqur
mushohada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.
Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv
fani – bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan
predmetdir.
O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga
ega – fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani
sifatida.
Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy
pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar.
Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo hududida jahon dinlari orasida
eng qadimgi din zardushtiylik dini hukmronlik qildi.
Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, yani insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi ―Avesto (olovga sig‘inish) o‘z erasining
o‘ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushtiy dinda axloqiy
me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. ―Avestoda inson
yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savobli ishlar qilishi lozim
deb yozilgan.
Avestoning katta qismi bo‘lgan Yasnalarda inson kamolini ko‘rsatuvchi
axloq – odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr, hukta
(gukta) – yaxshi soz va hvarsha (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi. “Men
yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men
yaxshilikdan iborat qonunga shon-shavkat baxsh etaman”- deyiladi.
Avesto tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki
qarama -qarshi kuch: Voxu Mana (Yezgu fikr) va Apo Mana (Yovuz fikr)
ta’sir ko‘rsatadi deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va
522
yovuzlik yotadi. Yaxshi fikr deganda yaqin kishisiga mehribon bo‘lish,
muhtojlarga ko‘maklashishga, yovo‘zlikka qarshi kurashishga tayyor turish,
kishilarni baht-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stliq totuvlikda
yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson
o‘z fikri hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi
darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda
inson yaxshi niyatni yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya
harakatlar qiladi. Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy hislatlar qadrlangan.
Inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni kasb-hunarga ega bo‘lishi), adolatli
bo‘lishi (ya’ni insoniy bo‘lishi), shunday axloqiy xususiyatlarga ega bo‘lishi
lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqga ega, vatanparvar
kuchli iroda, bilim sohibi bo‘lishi zarur edi.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy
maqom, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqidagi turli bilimlarni,
jamiyatga kunikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga
oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida uz aksini
topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi. Bola ijtimoiylashuvining ajralib
turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga
baho berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o‘zlashtirib
boradi, shuning uchun qam bola shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-
onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog,
shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur
ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda
qullashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika
bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish
jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir
vaqtda unda muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalar
shakllanadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida –
bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda – juda zarur buladi. Bolaning
ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni unga yetkazish,
ijtimoiy kunikma va malakalarni shakllantirish bilim deyiladi. Shu bilan
birga, “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu
tushuncha
pedagogik
faoliyatning
vazifa
va
maqsadlariga
asosiy
523
yondashuvlarni belgilaydi. Boshqa tomondan, tarbiya ijtimoiy hayotning
doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning
lugaviy ma’nosidan ancha kengdir. Shuni hisobga olib, ijtimoiy tarbiyani
insonning
qobiliyati,
bilimi,
qadriyatlar,
u
yashayotgan
jamiyatga
munosabatidan
iborat
imkoniyatlarini
obyekti
rivojlanish
tarixi
rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga
oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim. Boshqa suzlar bilan
ifodalaydigan bo‘lsaq ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy
rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir. Bu
sharoitlar individual va guruhiy subyektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu
paytning o‘zida mazmuni, shakli va usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan
jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini
tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash hamda ularga individual
yordam ko‘rsatish. Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh(jamoa)larning
maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruzdagi o‘zo‘zini boshqarish
faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish orqali
amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar,
bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar,
odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi,
shuningdeq o‘zo‘zini anglash, o‘ziga ishonch, o‘z ijtimoiy xayot yulini
belgilash va shu yo‘ldan borish tushuniladi. Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni
oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va
tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘zo‘zini
rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqyeini, o‘rnini yuksaltirishda namoyon
bo‘ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur
bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning
o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglashi hamda unda oila, guruh va jamiyatga
mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va
individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita
tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi
ijtimoiy madaniy sohdga mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim
muassasalari va tashkilotlarida farkdanib, bu farq tashkilot turiga, unda
faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat shu jarayonning subyektlari
524
orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday
munosabat ijtimoiy jiqatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki
o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etniq ijtimoiy va ijtimoiy
psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada
ular mansub guruxdarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. Umuman
olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning
birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy
samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb
qisoblashlariga bog‘liq. O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan
ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.
XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo‘lib utgan ijtimoiy-madaniy
jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika, balki “ijtimoiy ish” deb nomlangan
ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo‘lishini ta’minladi. G‘arbiy Yevropa
davlatlarida, ayniqsa, Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika
bilan bir qatorda, ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlandi.
Biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy xodimlarning kasbiy faoliyatlarida ko‘p
umumiy jihatlar mavjud bo‘lganligi sababli, bu tushunchalar bir kayebni
anglatuvchi sinonim suzlar sifatida foydalaniladi. Bu mutaxassislar jamiyatda
tarbiyaviy, axborot, hamkorliq tashkiliy, himoya, qullab-quvvatlovchi
vazifalarni bajarishadi. Bu toifa xodimlarning paydo bulishi aholining
himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarga
eqtiyojtug‘ilgani bilan bog‘liq. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning
rivojlanish tarixi juda yaqin. A vvalambor, ularni insonlarga munosabatning
tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. Bundan tash qari, “meqribonlik”,
“xayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogikada, ham
ijtimoiy ishda qullanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish
amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki hamkasblar toifasini kengaytirish,
ularning maqsadlarini yaqinlashuviga va birbirlarini to‘ldirishlariga olib
keladi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, masalan, bolalar
bog‘chalari va maktablarda, hozirda ham ijtimoiy xodimlar va ijtimoiy
pedagoglar birgalikda ish olib borishlari mumkin. Biroq ularning har biri o‘z
maqsadlari
va
vazifalariga
ega.
Ijtimoiy
xodimlar
va
ijtimoiy
pedagoglarlarning farqlari quyidagilarda namoyon buladi. Bilim sohasiga
525
ko‘ra: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa sotsiologiyadan.
Amaliy faoliyatga kura ijtimoiy pedagoglar uz faoliyatlarida pedagog
faoliyatining nazariy va metodik www.ziyouz.com kutubxonasi asoslariga
suyansalar, ijtimoiy xodimlar, asosan, ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan
foydalanadilar. Bu ikki soha shuningdeq faoliyat obyekti bo‘yicha ham
farqlanadi. Ijtimoiy ish obyekti insonning barqaror faoliyat yuritishiga xalaqit
beruvchi muammolarga ega sh axsdir^ Muammolar har bir insonda butun
hayoti davomida yuzaga kelib, ular psixologiq tibbiy, huquqiy, moddiy
bulishi, yoki insonga bog‘liq bulmagan tashqi omillar (kasallik va boshqa)ga
bog‘liq bulishi ham mumkin. Bu holda ijtimoiy ish obyekti uz muammolarini
mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bulgan
inson buladi. Shunday qilib, ijtimoiy ish obyekti hayoti davomida ijtimoiy
yordamga mu>sgoj bulgan insondir. Ijtimoiy pedagogika obyekti esa bolaning
ijtimoiy subyektga aylanishiga kerak bo‘ladigan yordamdir. Ijtimoiy xodim
yordam ko‘rsatayotgan inson mijoz deyiladi. Ijtimoiy pedagogikada, odatda,
“go‘dak”, “bola” so‘zlari ishlatiladi. "Ijtimoiy ish” – insonlarning bir-biriga
insoniy munosabatining namoyon bo‘lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim
zamonlardayoq insonning diniy burchi, ekgiyojmandlarga insoniy xizmatlar
tizimi sifatida paydo bulgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy
ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan
olinmoqda. Ijtimoiy faoliyat insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashuvini
osonlashtirishga qaratilgan tizimli choratadbirlardir. U mehribonlik va shunga
o‘xshash faoliyat doirasida nafaqat kundalik muammolarni, balki ehtiyoj larni
qondirishga to‘siq bo‘ladigan muammolarni hal qilishga ham yordam berishi
bilan ajralib turadi. Davlat va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilotlar
(tijorat va notijorat) tomonidan ko‘rsatiladigan yordam eng samaralidir.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy
etganligidan dalolat beradi. U butun aqolining hamdardligiga sabab bo‘ladi.
Shuning uchun bu kasb egalari ancha obro‘-e’tiborga egadirlar. Biroq ijtimoiy
xodimlarning maoshi butun dunyo miqyosida yuqori emas. Ex^imol, ijtimoiy
tashkilotlarga ishga kiruvchilar sonining ham ko‘p emasligi sababi ham
shundadir. Ijtimoiy xodim ishini ham aqloqiy burch, ham kasb desak bo‘ladi.
Shu o‘rinda: “Ijtimoiy xodim o‘zi nima bilan shug‘ullanadi?” degan savol
tug‘ilishi tabiiy. Ijtimoiy ishning uziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917
yilda Meri Richmondning “Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo‘ldi. Bu
526
mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy xodim odamlarni kambag‘allikdan halos etish
bilan shug‘ullanmaydi, u kambag‘allikni umuman bartaraf etish uchun nima
qilish hakddao‘ylaydi”, – deb yozilgan. Ijtimoiy ishda M. Richmonddan keyin
izlanish, tashhis, davolash paradigmasi asosiy bo‘ldi. Ijtimoiy ishni
metodologik asoslashga bag‘ishlangan ilk yirik asarlardan birida I. Karpf
(1931 yil) ijtimoiy ish o‘z rivojlanishida tayanishi lozim bo‘lgan fanlarni
alohida ko‘rsatib o‘tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya,
statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. Shundan buyon bu
ro‘yxat deyarli o‘zgarmadi. Amaliy ijtimoiy xodim atamasi 1970 yildan buyon
qo‘llanilmokda Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai
nazaridan mijoz, guruh bilan ishlash, yo‘naltirilganlik nuqtai nazaridan
bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq
tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlar, kambag‘allar, nogironlar, akli ojizlar,
aroqxo‘rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga
nisbatan keng qarashlar shakllandi. Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi
muammolar bilan to‘qnash keladilar. Bu muammolarga aroqxo‘rliq mulkchilik
huquqdarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar, ruhiy
va jismoniy kasalliklar, bezoriliq jamiyatdan ajralib qolish kabilarni kiritish
mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada
chuqurroqo‘rganish imkonini beradi. Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar
hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog‘liqni sakrash, turli kasb egalari
bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari.
Bu ixtisoslashuvga berilgan eng keng ta’rifdir. Ixtisoslashuv ijtimoiy
xodimdan o‘z sohasida undan yordam so‘rab murojaat qilgan aholi toifalari
haqida zaruriy bilimlarga ega bo‘lishini talab qiladi. XX asrning 70-yillarida
tizimli yoki yaxlit yondashuv yetakchi yondashuvga aylandi. Unga muvofiq
ijtimoiy xodimlardan bir sohaga ixtisoslashuv, moslashuv, universalliq turli
usullarni uyg‘unlashtira olish talab qilina boshlandi. Pedagogik va sosiologik
nazariyalarning ahamiyati oshdi. Ijtimoiy ish sohasidagi tor ixtisosliklarning
kupayishi bilan, ularning birlashishga bulgan zarurat orta boshladi: metodik
madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug‘ildi. Tizimli
yondashuv yordamida ijtimoiy xodimlar bir vaqtning o‘zida bir qancha inson
muammolarini hal qilishni amalga oshirish malakasiga ega bo‘ldi. Butun
dunyoda ijtimoiy xodimlarni tayyorlashga jiddiy yondashilmoqda. Unda milliy
ta’lim tizimlarining uziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda, ya’ni
527
Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, Shvesariya va
Yaponiyada uziga xos xususiyatlari bilan farqqiladi. Zamonaviy ijtimoiy
pedagogika jiddiy ilmiy asosga tayanadi. Ijtimoiy ishga oid barcha bilimlar
shu sohaga oid ishlangan va boshqa sohalardan o‘zlashtirilgan bilimlarning
yig‘indisidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunosliq sotsiologiya,
psixologiya fanlariga oid bilimlarga asoslanadi. Ijtimoiy xodimlar shaxs,
ijtimoiy guru^larning xulq-atvori, oila muammolari, hokimiyat, qo‘shnichilik
va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, ijtimoiy tabaqalanish,
murakkab tuzilmalar, turli madaniy tizimlarning turlarini psixologiya va
sotsiologiyadan olganlar. Mijozlar va guruxdar bilan amaliy ish olib borish
metodikasi esa pedagogika, psixologiya va tibbiyot fanlari ta’siri ostida
shakllanadi. Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bulishi lozimligi
talab qilinmokda, shuning uchun ham bu kasb bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy
tadqiqotlarning nufuzi borgan sari ortib bormokda. Maxsus konferensiyalar
tashkil qilinib, ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qullash masalalari
muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg‘or yutuqdarning almash inuvi
ijtimoiy pedagogikaning dinam ik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Tarbiya
ijtimoiy institut sifatida uz tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: oilaviy, diniy,
ijtimoiy, korreksion tarbiya majmuasi; ijtimoiy rollar yigindisi; tarbiyachilar,
tarbiyalanuvchilar, oila a’zolari, din arboblari, mintaqaviy, xududiy tarbiya
tashkilotlari rahbarlari, jinoiy va totalitar guruhlar yetakchilari; turli xildagi
tarbiya muassasalari; ijobiy va salbiy sanksiyalar yig‘indisi; tarbiyachilarning
ta’lim va professional tayyorgarligi darajasi. Tarbiya ijtimoiy institut sifatida
ijtimoiy hayotda muayyan vazifalarga ega bo‘lib, uning eng umumiy vazifalari
quyidagilardir:
– jamiyat a’zolarida bir maqsad sari qaratilgan dunyoqarashni shakllantirish
va ular tomonidan tarbiya jarayonida amalga oshirilishi mumkin bulgan bir
qator ehtiyojlarning qondirilishi uchun sharoitlar yaratish;
– jamiyatda faoliyat yuritish va uni rivojlantirishga qodir bulgan kadrlarni
tayyorlash;
– ijtimoiy hayot barqarorligini madaniyatni avlodlarga meros qoldirish orqali
ta’minlash;
528
– o‘zgaruvchan ijtimoiy holatlarga jamiyat a’zolarini moslashishini
ta’minlash;
– jamiyat a’zolarining intilishlari, maqsadlarining birlashishini va ijtimoiy,
kasbiy, etnokonfessial guruxdar manfaatlarining uygunlashuvini ta’minlash.
Ijtimoiy pedagogning bu yo‘nalishlarga bog‘liq asosiy faoliyati zamonaviy
tarbiya tamoyillari asosida quriladi. Tarbiya tamoyillari tarbiyani amalga
oshirish qoidalari bo‘lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va
tarbiyaning shakl metod va vositalari amalga oshiriladi.
Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati
haqidagi g‘oya chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning asarlarida uz
ifodasini topgan bo‘lib. XVIII asrdan boshlab u turli davlat pedagoglarining
tadqiqot obyektiga aylangan. Bu g‘oya XVIII ayerda fransuz mutafakkiri Jan
Jak Russo va rus pedagogi J1. Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX
ayerda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida ham
uz aksini topgan. Ijtimoiy pedagogika nuqgai nazaridan insonparvarlashuv
tamoyili pedagogning o‘z tarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish jarayonida,
mas’uliyatli va mustaqil subyektga nisbatan munosabatda bo‘lishini ko‘zda
tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar,
o‘smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:
– tarbiya ijtimoiylashuv obyekti bo‘lmish inson qay darajada g‘ayri ijtimoiy
qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirishini
anig‘utydi;
– tarbiya inson o‘zini ijtimoiylashuv subyekti sifatida his qilishi, uz
subyektivligining namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;
– tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga
imkoniyat yaratadi;
– tarbiya insonni turli yosh bosqichlarida turli xavflar bilan to‘qnash
kelishiga yo‘l quymasligi yoki insonning ijtimoiylash uv qurboniga aylanishi
ehtimolini kamaytirishi mumkin. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini
amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va uz-uzini tartibga solishni
529
rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga,
g‘urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlar
tashuvchisi insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Yanada kengroq
ma’noda, insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi
aloqalarning yaxshilanishiga hamda ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda
insonlarning birlashishiga yordam beradi.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Tarbiyaning tabiat bilan
uyg‘unligi qaqidagi g‘oya antik davrlarda paydo bulgan va bizgacha
Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan
uygunligi haqidagi tamoyilni XVII ayerda Yan Amos Komenskiy ta’riflagan
va u XVIII – XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX ayerda tabiat
va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uygunligi
tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V. I. Vernadskiy tomonidan
noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol o‘ynadi. Noosfera –
rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda
insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bulishi va hal
etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili tabiiy va
ijtimoiy jarayonlarning o‘zaro aloqasini ilmiy tushunishni, inson va tabiat
taraqqiyoti rivojlanishning umumiy krnunlariga mos kelishini, insonning yoshi
va jinsini hisobga olgan holda tarbiyalashni, shuningdeq uni uz rivojlanishiga
o‘zini javobgar etib tarbiyalashni va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini
shakllantirish uchun mas’ul ekanligini nazarda tutadi. Yuqoridagilarga
asoslangan holda, tarbiyaning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyiliga ko‘ra, inson:
– o‘zini borliqning bir bo‘lagi, deb his qilishini;
– ro‘y berayotgan planetar jarayonlarni va undagi mavjud global
muammolarni tushunishini;
– o‘zida noosfera uchun mas’uliyatni his qilishini;
– o‘zini noosferani yaratgan subyekt sifatida bilishi hamda tabiat, planeta va
biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko‘zda
tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili. Tarbiya madaniylashuvining
zaruriyati g‘oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIII asr), fransuz mutafakkiri
530
Klod Gelvesiy (XVIII asr) va shvesariyalik pedagog Iogann Pestalossi
asarlarida o‘z aksini topgan. XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg
tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, tarbiyaning madaniyatga muvofiklik
tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlar asoslanishi, u yoki bu milliy
madaniyatlarning kadriyatlariga va me’yorlarga mos ravishda bunyod
etilishini nazarda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o‘z
oldiga bolalar va o‘smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli
yo‘nalishlari, ularning uziga xos xususiyatlarini o‘rgatishni maqsad qilib
quyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy,
iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo‘nalishlari nazarda tutiladi. Tarbiyaning
madaniylashuv tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy tavsifdagi
madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farklanishi sababli qiyinchiliklarga
duch kelmoqda. Bizning davlatimizda shahar va qishloq aholisi o‘rtasida,
shaharda esa turli ijtimoiy-kasbiy guruxlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan
bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o‘rtasidagi
muvozanatni saqlash tarbiya samaradorligining asosiy shartlaridan biridir.
Tarbiyaning variativligi tamoyili. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs
ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan belgilanadi. Tarbiya variativligi tamoyili
insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,
etnik xususiyatlar, shuningdeq mintaqaviy munisipial va lokal sharoitlarni
inobatga olib, shaxsiy, yosh, differensial va individual yondashuvlar asosida
ma’naviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o‘rin
tutadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’riflash imkoniyati va
zarurati XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy
o‘zgarishlar sababli vujudga keldi (A. G. Asmolov). Bu o‘zgarishlarni
insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning yosh va ijtimoiy guruhlari
maqsadlari bilan bir qatorda, individual maqsadlarini tan olishi, ta’limning
etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun
sharoitlar yaratilishi kabilar bilan izohlash mumkin. Ijtimoiy tarbiyaning
variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarur:
– turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik
qatlamlarning
ijtimoiy-kasbiy
talablarini,
hududiy
va
mintaqaviy
tashkilotlarning
ehtiyojlarini
qondirish
uchun
turli
xildagi
tarbiya
muassasalarini tashkil etish;
531
– ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va hududiy tizimlarini tashkil etish;
– mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish;
– inson tomonidan o‘zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy
yo‘llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish.
Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi
mikroomillar ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo‘shnilar, mikrojamiyat,
tarbiya tashkilotlari) bilan o‘zaro munosabatlarida ro‘y beradi. Ijtimoiy tarbiya
bir tomondan, jamoalarda amalga oshirilsa, boshqa tomondan, bolalar va
o‘smirlarni jamoa hayotiga obyektiv zarurat sifatida kiritib boradi. Jamoa
tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g‘oya juda qadimda paydo
bulgan. Uning nazariy asoslari XIX asrdan boshlab, pedagogik nuqtai
nazardan, jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish
bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning
o‘zgarib turuvchi dunyoga kirishi, jamoaviylik tamoyilini ijtimoiy tarbiyaning
yetakchi tashkiliy asosi, deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik
tamoyilining zamonaviy ta’rifiga kura ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga
oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa, jamiyatga ko‘nikish
tajribasini qo‘lga kiritish imkonini beradi.
Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili. Tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g‘oyasi qadimgi Elladada paydo
bo‘lib, o‘rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator
pedagoglarining asarlarida o‘ziga xos rivojlanishga erishdi. So‘nggi o‘n
yilliklarda tarbiyaga subyekt-obyekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa
bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika
uchun nihoyatda muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning
birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko‘ra bolalar, o‘spirinlar, o‘smirlarning
ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi
qadriyatlar (aqiy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular:
– dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar;
– ijtimoiy tarbiya subyektlariga xos bo‘lgan qadriyatlar;
532
– tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bulgan qadriyatlar. Ijtimoiy
tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining
tengligini taqozo etmaydi. Bu hol yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir
xil emasligi, ijtimoiy rollarning assimmetrialligi bilan izoutnadi. Birgalikdagi
faoliyat tamoyilida birinchi o‘rinda tenglik emas, balki o‘zaro hurmat va
sofdillik turadi.
Tarbiyaning davomiyligi tamoyili. Bu tamoyil ijtimoiylashuvning merosiylik
tavsifidan
kelib
chiqadi.
Tarbiyaning
davomiyligi
tamoyili
inson
rivojlanishining har bir bosqichini individual va ijtimoiy qadriyat, deb biladi.
Bu tamoyilga kura, har bir bola yoki o‘smirning ijtimoiy rivojlanishida doimo
davomiy va tugallanmaydigan jihatlar mavjud buladi. Chunki bolalar dunyo va
uzi bilan o‘zaro munosabatda bo‘la turib, doimo o‘zlarining innovatik
xususiyatlarini saqlab qolishadi (Masalan, J1. Tolstoy o‘z hayoti davomida
unda beshta inson o‘zgargan, deb hisoblaydi). Tarbiyaning davomiyligi
tamoyiliga kura uni shunday tashkil qilish kerakki, har bir yosh bosqichida
inson "qayta shakllanish” imkoniyatiga ega bo‘lsin. Sanab o‘tilgan tarbiya
tamoyillarini inobatga olinishi va ularning ta’minlanishini ijtimoiy pedagogik
faoliyatda ijobiy natijaga erishishning shartlaridan biri, deb hisoblash mumkin.
Ijtimoiylashuv omillari va vositalari
"Ijtimoiylashuv” so‘zi dastlab siyosiy iqtisodiyotdan kelib chiqqan. U
siyosiy iqtisodiyotda yer va ishlab chiqarish vositalarining umumlashuvi
ma’nosini anglatgan. "Ijtimoiylashuv” atamasini birinchi bo‘lib amerikalik
sosiolog F. G. Keddings insonlarga nisbatan qo‘llagan. U "Ijtimoiylashuv
nazariyasi” (1987) kitobida hozirgiga yaqin ma’noda "ijtimoiy tabiat yoki
individ xarakterini rivojlantirish, insonni ijtimoiy hayotgatayyorlashdir” degan
fikrni bildiradi. XX asr o‘rtalarida ijtimoiylashuv inson rivojlanishini butun
umri mobaynida o‘rganuvchi hamda fanlararo boglanuvchi mustaqil ilmiy
sohaga aylandi. Ijtimoiylashuvning turli konsepsiyalarini ta,hlil qilish uni,
shartli ravishda, ikki asosiy yondashuvga ajratish imkonini beradi: –
subyektiv-obyektiv. Unda insonga jamiyat ta’sirining sust iste’molchisi
533
sifatida qaraladi (E. Dyurkgeym, T. Parsons); – subyektiv-subyektiv. Bunda
ijtimoiylashuv jarayonida insonning faol o‘rni, uning hayotiy holatlarga ta’sir
etish qobiliyati nazarda tutiladi. Jamiyat va ijtimoiy moslashuv jarayonlarini
tushunishning hozirgi talablariga ikkinchi yondashuv ko‘proq mos keladi,
chunki zamonaviy fanda ijtimoiylashuv insonning madaniyatni o‘zlashtirish
jarayonidagi rivojlanishi va o‘zgarishi bilan belgilanadi. Ijtimoiylashuv
jarayoni. Bolaning ijtimoiylashuvi, xususan, insonning ijtimoiy moslashuvi
uning bilishga bulgan obyektiv ehtiyoji jarayonida paydo buladi. Biroq bu
bilan uzviy ravishda bolada boshqa bir obyektiv ehtiyoj – o‘ziga xoslikni
namoyon qilish hissi ham shakllanadi. Bola uni yuzaga chiqarish uchun turli
usul va vositalarni qidira boshlaydi va buning natijasida uning
individuallashuvi ro‘y beradi. Shaxsning faqat o‘ziga tegishli bulgan ijtimoiy
ahamiyatga ega xislatlari individual tarzda namoyon buladi, uning ijtimoiy
xulq-atvori esa takrorlanmas jihatlarga ega buladi. Bolaning ijtimoiy
rivojlanishi o‘zaro bog‘liq bulgan ikki yo‘nalishda olib boriladi: moslashuv
(ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni o‘zlashtirish) va individuallashuv
(mustaqilliq nisbatan uziga xoslikka ega bo‘lish). Shunday qilib ijtimoiylashuv
tushunchasi
zamonaviy
fanda
inson
shaxsining
moslashuvi
va
individuallashuvi jarayonlarini o‘zaro bog‘laydi. Inson (bola)ning aniq bir
jamiyat
sharoitlariga
moslashuvi
yoki
undan
ajralib
chiqishi
(individuallashuvi) ijtimoiylashuv jarayonining mazmunini tashkil qiladi.
Moslashish subyekt va ijtimoiy muhitning o‘zaro faol yaqinlashuv jarayoni va
natijasidir. (J. PiaJe, R. Mertoj). Ijtimoiy moslashuv esa ijtimoiy muqit
talablariga insonning munosabat bildirishidir. Shunday qilib, ijtimoiylashuv
(moslashuv) individning ijtimoiy mavjudotga aylanish jarayoni va natijasidir.
Bolaning sotsiumda rivojlanishi
Individuallashuv insonning obyektiv ehtiyojlar bilan bogliq hrlda jamiyatda
ma’lum darajada alohidalikka intilishi bo‘lib, uning yoshligidayoq o‘z-o‘zini
namoyon qilishga bo‘lgan harakatlarida paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj kuyidagicha
namoyon bo‘ladi: a) o‘z qarashlariga ega bo‘lish; b) o‘ziga xosliklarga ega
bo‘lish; v) o‘ziga tegishli bo‘lgan masalalarni o‘zi hal qilish; g) o‘z mavqyeini
aniqab olishiga xalaqit beradigan hayotiy holatlarga qarshi turish. Agar sh
axsning jamiyatga kirish ida moslash uv va individuallashuv jarayonlari
o‘rtasida tenglik yuzaga kelsa, insonning jamiyatga yaqinlashuvi ro‘y beradi.
534
Shu bilan birga, bunday hollarda shaxs va muhitning o‘zaro ta’sir etishi ham
sodir bo‘ladi. Shunday qilib, muvaffaqqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va
individuallashuv o‘rtasida muvozanat saqlangandagina amalga oshishi
mumkin. Bu jarayon uch asosiy sohada amalga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qo‘lga kiritish,
erkin mo‘ljal olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-
atvor me’yorlarini o‘zlashtirish.
3. Shaxsiy "Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida
shakllantirish, uz ijtimoiy mansubligi va o‘rnini anglash, o‘ziga baho berishni
shakllantirish. Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga
xos bulgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar
kiradi: go‘dakni emizish va g‘amxo‘rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik
yurish-turish qoidalari, insonni o‘rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari,
ma’naviy madaniyat unsurlari (alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli
va mazmuni, oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning qayotiy
faoliyatidagi ko‘p sonli munosabatlari: muloqot, o‘yinlar, ma’naviy-amaliy
faoliyat, sport bilan shug‘ullanish. ha r bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh
ijobiy va salbiy, rasmiy va norasmiy qarorlar, ta’qiqlashlar, ruxeat berish,
majburlash kabi chora-tadbirlarni ishlab chiqadi. Bu choralar yordamida inson
xulq-atvori
shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga
moslashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari: muloqot
(otaonalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o‘yin, o‘qish, ijod,
sport). Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga
xilma-xil faoliyat turlari mos kelishi anikutangan. Bolaning barqaror
rivojlanish ining eng muhim shartlaridan biri muloqotdir.
Muloqot va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari
qo‘llaniladi: 1) go‘daklik davri – bevosita hissiy-ruhiy; 2) go‘daklikdan
keyingi davr – predmetli faoliyat; 3) maktabgacha davr – rolli o‘yinlar; 4) ilk
maktab davri – o‘quv faoliyati; 5) o‘smirlik davri – kasb ta’limi faoliyati; 6)
o‘spirinlik davri – shaxsiy muloqot faoliyati.
535
Insonning voyaga yetishida va shakllanishi jarayonida u bilan bevosita
munosabatda bo‘lgan kishilar muhim o‘rin tutadilar. Ularni ijtimoiy
pedagogikaga oid adabiyotlarda “ijtimoiylashuv agentlari’1 deb hrm
nomlanadi. Turli yosh davrlarida agentlarning tarkibi turlicha buladi. Bolalar
va o‘smirlar uchun ota-ona, aka-uka, opa-singillar, qarindoshlari, tengdoshlari,
qo‘shnilar agent bo‘lishlari mumkin. Yoshlik davriga kelib, agentlar qatoriga
turmush
o‘rtog‘i
va
hamkasblari
ham
qushilishlari
mumkin.
Ijtimoiylashuvdagi tutgan o‘rniga, inson uchun ahamiyatiga qarab agentlar
faol ta’sir etuvchi va faol ta’sir ko‘rsatmaydigan agentlarga farqlanadi.
Ijtimoiylashuv mexanizmlari. Insonning ijtimoiylashuvi turli omillar, agentlar
bilan hamkorlikda va bir qator mexanizmlar asosida amalga oshadi. Fransuz
olimi Gabriel Tard, amerikalik Uri Bronfenbrener, rus olimlaridan V. S.
Muxina
va
A.
V.
Petrovskiylarning
tadqiqotlarida
ijtimoiylashuv
mexanizmlariga turlicha yondashuvlar keltiriladi.
Mavjud ma’lumotlarning umumlashtirilishi quyidagi mexanizmlarni alohida
ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. I. P. Podlasыy tasnifi bo‘yicha,
ijtimoiylashuv mexanizmlari quyidagilardan iborat:
1. Bostirish mexanizmi. Uning mazmuni muayyan g‘oya, fikr, xohish,
istaklarni ongdan chiqarib tashlashdan iborat. Bu mexanizmningtashqi va ichki
turlari mavjud. Ichki mexanizm ham o‘z o‘rnida ixtiyoriy va g‘ayri ixtiyoriyga
bulinadi. G‘ayriixtiyoriy mexanizm unutishdir. Ixtiyoriy bostirish mexanizmi
iroda kuchi bilan amalga oshiriladi. Tashqi bostirish mexanizmi tarbiyaning
kengtarqalgan usulidir.
2. Ajratish mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv mexanizmi sifatida
inson uzi uchun yomon taassurotlardan voz kechishi bilan bog‘liq. Ajratish
mexanizmi, odatda, nizolarni hal qilishda kuzatiladi. O‘z-o‘zini cheklash
mexanizmi. Bu mexanizm ijtimoiylashuv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Agar
tarbiyalanuvchiga
uning
yutuqlari
do‘stlarinikidan
ko‘ra
ahamiyatsizroqtuyulsa, uning uziga nisbatan hurmati pasayadi, yomon o‘qiy
boshlaydi. Bu esa uning o‘z “Men”ini cheklab qo‘yishi va qiyinchiliklar oldida
ojiz qolishi, demakdir. Ba’zi hollarda o‘z-o‘zini cheklash mexanizmini
qo‘llashni oqlasa bo‘ladi. Chunki bu holatda moslashuv sodir bo‘lishi
mumkin. Biroquzoq muddatli o‘z-o‘zini cheklash o‘z-o‘ziga baho berishning
536
pasayishiga olib keladi. Oqibatda bola o‘z salohiyatini bilmay turib, ilk
muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng boshlagan ishini tashlab qo‘yib, oqimga qarab
suza boshlaydi;
3. Loyihalash mexanizmi. Bu mexanizmining mohiyatini o‘z kamchiliklarini
boshqalarga tegishli, deb hisoblash tashkil qiladi. O‘ziga yoki boshqalarga
qarshi krratilgan salbiy hissiyotlar yordamida inson o‘ziga bo‘lgan hurmatni
saqlab qoladi. Shubhali inson boshqalardan gumonsiraydi, xudbin hammani
xudbin deb hisoblaydi.
4. Identifikasiyalash mezanizni. Bu mexanizm ijtimoiylashuvning yana bir
asosiy mexanizmidir. Identifikasiya jarayonida tarbiyalanuvchi xayolan o‘zini
o‘rtoqlari bilan qiyoslaydi. Identifikasiya obyekti nafaqat real insonlar, balki
tasavvurlardagi insonlar ham bo‘lishi mumkin. Identifikasiyaning to‘liq,
qisman, ongli, ongsiz turlari mavjud. Identifikasiya mexanizimi introyeksiya
mexanizimi bilan juda bog‘liq. Bunda boshqalarning xislatlari, go‘yoki
“ketma-ket terilganday” maxsus o‘zgartirilmagan holda bola ongida
o‘zlashtirib olinadi. Garchi bu mexanizm xayolan amalga oshirilsada, uning
natijalarini anglab olish unchalik murakkab emas.
5. Empatiya mexanizmi. Bu mexanizm boshqa odamning hissiy holatiga
hamdard bo‘lish. Bu mexanizm hissiyotga boy shaxslarning ijtimoiylashuvida
muhim ahamiyatga ega. Intellektuallashuv mexanizmida katta yoshdagi
tarbiyalanuvchi abstrakt fikrlay boshlaydi va vaziyatdan chiqib ketish yo‘lini
o‘zi uchun emas, go‘yoki boshqa odam uchun qidiriyotgandek tuyuladi. Bu
mexanizm tarbiyalanuvchi hayotiy muhim muammolarga (kasalliq boshqa
maktabga o‘tish, institutga kirish) duchor bo‘lganda namoyon bo‘ladi.
6. Harakatlarni bekor qilish mexanizmi. Bu mexanizm fikr, xissiyot,
harakatlarni susaytirish uchun qo‘llaniladi. Tarbiyalanuvchi kechirim
so‘raganida, uning xatolarining kechirilishi va sof vijdon bilan faoliyatini
davom ettirishiga ishonadi. Ko‘pchilik shu tarzda komillikka erishadi.
I. V. Mudrikning fikricha, psixologik va ijtimoiy psixologik mexanizmlarga
quyidagilarni kiritish mumkin: Imprinting (xotirada saqlab qolish) – insonning
unga ta’sir qiladigan hayotiy muhim obyektlarni eslab qolishi. Bu mexanizm,
odatda, go‘daklik davrida ko‘p qo‘llaniladi. Biroq keyingi yosh davrlarida ham
537
imprintingni kuzatish im iz mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi
Eksiztensial bosim mexanizmi – tilni o‘zlashtirish va o‘zaro munosabatga
kirishganda kerak bo‘ladigan ijtimoiy xulqatvor me’yorlariga anglamagan
holda ega bo‘lish. Tavdvd – biror-bir “namuna”ga o‘xshash uchun harakat
qilish. Bu holat insonning ijtimoiy tajriba tuplashining ixtiyoriy va asosan
ixtiyorsiz yo‘llaridan biridir. Refleksiya mexanizmi – ichki suhbat. Unda inson
jamiyatning turli institutlari, oila, tengdoshlar jamoasi, obro‘-e’tiborli
shaxslarga xos xususiyatlarga baho beradi, ularni ko‘rib chiqadi yoki inkor
etadi. Refleksiya insonning turli “Men” obrazlari orasidagi real va xayoliy
shaxslarning ichki suhbatidir. Bu mexanizm yordamida insonning shakllanishi
ro‘y beradi. Bundan tashqari, ijtimoiylashuvning ijtimoiy pedagogik
mexanizmlariga an’anaviy va institusional mexanizmlari i ham kiritsa buladi:
An’anaviy mexanizm inson tomonidan oila, atrof-muhit, qo‘shnilar,
o‘rtoqariga xos me’yor, qarash steriotiplarini o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi. Bu
o‘zlashtirish ongsiz ravishda amalga oshirilib, taassurotlar yordamida sodir
buladi.
Institusional mexanizm insonning jamiyat institutlari va turli tashkilotlar
bilan o‘zaro munosabati jarayonida kuzatiladi. Bu jarayonda inson turli bilim
va tajribalarni tuplashi mumkin. Ijtimoiylashuv omillari. Ijtimoiylashuv
bolalar, o‘smirlar, yoshlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli shart-
sharoitlar bilan o‘zaro munosabat jarayonida yuzaga keladi. Insonga ta’sir
qiluvchi bu sharoitlar omil deyiladi. Hozircha ularning hammasi ham
aniqanmagan bo‘lib, ular haqidagi bilimlar yetarli emas.
Ijtimoiylashuvning omillari ikki guruhga bo‘linadi: tashqi va ichki. Tashqi
omillarga quyidagilar kiradi: Megaomillar (mega-eng katta) – kosmos, yer
shari va planetar jarayonlar. Makroomillarga (makro-katta) – davlat, xalq,
jamiyat, shuningdeq bularga demografiq ijtimoiy, siyosiy, ekologiq ya’ni
yerning barcha aqolisining ijtimoiylashuviga ta’sir ko‘rsatadigan omillar
kiritiladi. Mezoomillar (mezo-o‘rta) – hudud va yashash joyidagi ommaviy
aloqa tarmoqlari, u yoki bu submadaniyatga tegishliligiga ko‘ra ajratilgan
guruhlarning ijtimoiylashuvining shart-sharoitlari. Mezoomillar etnik
qurilmalarni shakllantirish jarayoniga, mintaqaviy sharoitlarga hamda shu
hududning OAVlariga ta’sir qiladi. Mikroomillar, ya’ni muayyan shaxslarga
538
ta’sir qiluvchi omillar bo‘lib, bunga oila, qo‘shnilar, tengdoshlar guruhlari,
tarbiya muassasalari, turli ijtimoiy, diniy, davlat, xususiy tashkilotlar kiradi.
Shaxs tug‘ilganidan boshlab rivojlanadigan muhit sosium yoki mikrososium
deyiladi. Tashqi ijtimoiy omillardan tashqari, ichki biologik omillar ham
mavjud. Ularni bir-biridan mustaqil o‘rganishning iloji yo‘q. Shu sababli
zamonaviy ilmiy nazariyalarda shaxs rivojlanishining asosiy omillari sifatida
biologik va ijtimoiy omillar, ularning o‘zaro munosabati kuzatiladi. Biologik
omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi.
Irsiyat
deganda
ota-onalardan
bolalarga turli belgi, o‘xshashliq
xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson
organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdeq qomat
tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib
turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdeq irsiyat bo‘yicha nerv
faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin. Irsiyat
bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan
qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi.
Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la
olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim-tarbiya
jarayonlariga bog‘liq. Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud.
Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va
boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi. Ma’lumki, bola
rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi
tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy
nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday
bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi
nihoyatda og‘ir kechadi. Shu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari
joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga
yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus
pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga
kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi. Bu esa ularning jamiyatga
integrasiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi. Shuning uchun ham
bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi
bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
539
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga
aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integrasiyasi natijasida sodir buladi.
Bu jarayon shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi
gan qadriyat, ijtimoiy me’yor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga
oshiriladi. Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p
qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik
bilan kechadi. Chunki shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy
me’yorlar o‘zlashtiriladi. Bola ijtimoiylashuvida sosium muhim ahamiyatga
ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta-sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola
tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli
muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari
tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib
borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik
ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga
harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan
va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi.
Shuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit
bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim
ahamiyatga ega. Muhit tushunchasi turli fan vakillari sosiologlar, psixaloglar,
pedagoglarning urganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik
salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni.
Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi
muhitga integrasiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Bunda inson va unga
ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik
tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi
uchun qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi
narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari
bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson
muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va uz
o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning
xatti-harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi ham mumkin. Muqitning
insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik
javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda
540
tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Inson jamiyatda bir vaqtning o‘zida bir qancha
mavqyelarni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz
mavqyelarini egallashi mumkin. Har bir mavqye insonga muayyan talablarni
qo‘yadi va, shu bilan birga, unga bir qancha huquqlarni beradi.
Insonning
jamiyatdagi
muayyan
huquq
va
majburiyatlari
bilan
tavsiflanadigan mavqyei ijtimoiy maqom deyiladi. Insonning ijtimoiy
maqomiga millati, tug‘ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Bunday maqomlar, odatda, tug‘ma maqom deyiladi.
Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustakdl erishganligiga qarab
belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb
tayyorlovchi o‘quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo‘yicha diplomga
ega bulgan shaxs erishishi mumkin. Yuqoridagi maqomni qulga kiritilgan
maqom desaq adashmagan bo‘lamiz. Maqom insonning jamiyatdagi xulq-
atvorini muayyan vaziyatlarda o‘zini shu maqomdagilar holatiga ko‘ra
belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muhimdir. Shuning
uchun inson maqomi bilan belgilanadi gan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi.
Turli ijtimoiy rollarni o‘zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas
kdsmi hisoblanadi. Uning murakkablik jihati shundaki, jamiyatda faqat
jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo‘lmasdan, balki ijtimoiy
me’yor va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. Shuning
uchun bola shakllanish va rivojlanish jarayonida ham ijobiy, ham salbiy
rollarni o‘zlashtirishi mumkin.
Ijobiy rollarga, avvalo, oila a’zosining rolini kiritsak buladi. Oilada bola
bunday rollarning bir nechtasini o‘zlashtiradi: o‘g‘il yoki qiz, aka yoki opa,
jiyan, nabira, shuningdeq bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin. Bola uz
rivojlanishi davomida o‘zlashtiradigan yana bir muhim rol – jamoa a’zosi
rolidir. Bola bog‘cha yoki maktabda, sport to‘garagida tengqurlari bilan
muomala qilganida jamoa a’zosi, o‘rtoq, o‘quvchi, yetakchi kabi rollarni
o‘zlashtiradi. Bundan tashqari, har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. Chunki
u hayoti mobaynida zarur bo‘lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular:
ovqat, kiyim-kechaq kitob va boshqalar. Jamiyat insonga takdim etgan
xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoqo‘zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol o‘z Vatani fuqarosi bo‘lish, uni sevish, u bilan
faxrlanish, vatanparvar bo‘lish bilan bog‘liqsir. Shu bilan birga, bola
541
o‘zlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis
roli. Uni bola maktab, akademik lisey va kasb-xunar kollejlarida o‘zlashtiradi.
Salbiy rollarga daydi, tilanchi, muttaham rollarini misol qilsak bo‘ladi. Katta
shahar ko‘chalarida, savdo do‘konlari bozor, jamoa transportlarida tilanchi
bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko‘nikishgan. O‘tgan
qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o‘g‘rilik bilan
shug‘ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo‘lsa, ularni bu ishga
kattalar undashadi. Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o‘zlashtirishi uning
ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. “Ijtimoiy
moslashuv” deganda shaxsning ijtimoiy muxit sharoitlariga ko‘nikishi
tushuniladi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni
muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy
variantlarini subyektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda,
ijtimoiylashuv uzluksiz jarayon bo‘lib, bunda inson doimo jamiyat bilan
munosabatda bo‘ladi. Tarbiya tor ma’noda esa diskret (uzlukli) jarayondir.
Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda
cheklangan buladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir.
Shunga qaramay, xanuzgacha tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud
emas. Bunga uning ko‘p ma’noliligini ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon,
qadriyat, tizim, ta’sir, o‘zaro munosabat sifatida ko‘rilishi mumkinligini sabab
kdlib ko‘rsatsak buladi. Bu tushunchalarning hyech qaysi biri tarbiya
mazmunini alohida olgan qolatda to‘liq ochib bera olmaydi. Quyida
tarbiyaning ijtimoiylashuvga nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga
xos bo‘lgan umumiyligini o‘zida aks ettirishga harakat qilgan ta’rifi
keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari
inobatga olinmagan.
A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya – insonning jamiyatga
ko‘nikishiga ko‘maklashuvchi va bu ko‘nikish sodir etiladigan guruh va
tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning
ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to‘liq va butunlay to‘g‘ri, deb bo‘lmaydi.
Unda muallifning nuqtai nazari o‘z aksini topgan. Tarbiya ijtimoiy omillarni
insonga ta’sir ko‘rsatishining tarkibiy qismi bo‘lish bilan birga, o‘z
xususiyatlariga ham ega. Bu jarayon boshqalaridan farkdi ravishda, doimo bir
maqsad sari yo‘naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar
542
tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir
qiluvchi boshqa omillar: muhit, OAVlari, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq
shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o‘z o‘rniga
ega bo‘lib, boshqa omillarningo‘rnini na to‘liqto‘ldira oladi, na bekor qila
oladi.
Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o‘tgan sari o‘zgaradi. Bola
qanchalik kichik bo‘lsa, tarbiya uning shakllanishiga shunchalik ko‘p ta’sir
ko‘rsatadi. Vaqt o‘tgani sayin tarbiyaning bola shakllanishidagi hissasi
kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi
mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi.
Biroq boshqa bir jarayon – o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi.
Bolaning uz shaxsini mukammallashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish bo‘yicha
mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o‘z-o‘zini tarbiyalashga eqtiyoj
shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan,
insonning o‘z-o‘zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir.
Shuning uchun o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho‘ziladi. Tarbiya,
o‘z-o‘zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy
an’analar, OAVlari, maktab jamoasi, do‘stlar, bolalar bog‘chasi va boshqalar)
o‘zaro ijobiy ta’siri natij asida bolaning jamiyatga integrasiyalashuvining
tabiiy jarayoni sodir bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik ahamiyatli va
sermazmun bo‘lsa, bola unda shuncha erkin va mustaqil bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiylashuvi uning jismoniy va ruhiy rivojlanishining
xususiyatlari sababli murakkablashishi, yoki ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni
bola tom onidan o‘zlashtirilishida qandaydir sabablar tufayli muhitning salbiy
ta’siri oqibatida noto‘g‘ri yo‘nalishda borishi mumkin. Buning natijasida bola
me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj
bo‘lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya
orqali amalga oshiriladi. Biroq buning uchun har bir toifadagi bolalarning
ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab
chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi
qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan bo‘lib, u
jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko‘nikishi yoki salbiy
omillarning oqibatlarini yengishi kerak buladi. Agar ijtimoiy muhit
sifatlarining shakllanmaganligi darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko‘nikishga
543
xalaqit beradigan darajada yuqori bo‘lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmaslik
holati sodir bo‘ladi. Bunday qollarda bola tomonidan yo‘qotilgan ijtimoiy
aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni
qo‘llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o‘sishi va
rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir buladi. Agar bu jarayon
sodir bo‘lmasa, uning aksi – dezadaptasiya ro‘y beradi. Bunday qolatda esa
bolaning ijtimoiy reabilitasiyasiga ehtiyoj tutiladi.
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning
kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi
xamisha bir xil bo‘lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri aniqlash va
bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda
kuzatib ko‘rish lozim.
Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o‘laroq, u
insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar
bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatish natijasida shakllanib boradigan
sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat,
harakat va hokazo), hayotda o‘z o‘rnini topa olishi, uning Vatan, xalqning
ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, iymonli bo‘lishi,
insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi
tarbiyaga bog‘liq bo‘ladi.
Fan faoliyatining bir sohasi u yangi obyektiv bilim va ko‘nikmalarni yaratadi.
Inson rivojlanishi juda qiyin prosess. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga
shu jumladan insonga ham xosdir. Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri
ostida bo‘ladi.
Tashqi faktorlarga: Insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit kiradi.
Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga qaratilgan maqsadli
yo‘naltirilgan faoliyat kiradi.
Ichki faktorlar: biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga ta’sir qiladigan
faktorlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo‘ladi. Bolaning rivojlanishi
prosessida turli faoliyatlarga duch keladi: o‘yin, o‘qish, mehnat, sport va
boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo‘ladi ota-onasi, aka-ukasi,
qarindoshlari do‘stlari va boshqalar bilan.
544
Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqotga kirishish natijasida turli
ijtimoiy ko‘nikmalar hosil bo‘la boshlaydi. Bolaning normal rivojlanishi
uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global o‘y, ekologik
faktorlar: suv, xavo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko‘r, soqov ya’ni nuqsonli
bolalarning ko‘payishi kuzatilmoqda. Ekologik faktorlar natijasida tayanch
apparat buzilishini, shizofreniya kon kasalliklari kabi kasalliklarga olib
kelmoqda.
Lekin bolani ijtimoiylashtirishda prosessida bularni hammasini hisobga olish
kerak ijtimoiiy faktorlarga: Mikro faktorlar, makro faktorlar, mezon faktorlar
kiradi.
Bolaning rivojlanishida sosiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng
yaqin bo‘lgan sosiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to‘garaklardir.
Bola bir sosiumdan ikkinchisiga o‘tib yurishi mumkin. U faqatgina bu
sosiumdan o‘ziga mos keladigan qulay sharoitni qidiradi va shu qidirish
natijasida o‘ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy
yoki ijobiy bo‘lishi mumkin.
Bolaning sosiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda
katta bo‘ladi. Ijtimoiy maqom tug‘ma, orttirilgan bo‘ladi.
Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, keyin xulqni
boshqarish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy
qismlar - axloqiy ong, axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab
yig‘indisidir. Individning sosiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bir
tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatish imkonini
beradigan muayyan qadriyatlar tizimini (normalar, namunalar, bilimlar,
tasavvurlarni) o‘zlashtirib olishni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan,
shaxsning o‘z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o‘zini faol qaror toptirishini o‘z
ichiga oladi.
Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to‘la-
to‘kis qo‘shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko‘rsatkichlar ijtimoiy faollik
va harakatchanlikdir.
Ijtimoiy faollik –shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda
qatnashishi, ularga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatining muvjudligidir.
545
Totalitartizim sharoitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy
jarayonlarga ta’sir ko‘rsata olmas, ularni o‘zgartirish yo‘lida ijtimoiy faollik
ko‘rsata olmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o‘z o‘rnini belgilab olishi
jarayoni ko‘pincha uning real istaklari va intellektual qobiliyatlariga bog‘liq
bo‘lmasligigaolib borar edi. Binobarin, shaxsning sosial roli uning ijtimoiy
jarayonlar hamda ularni o‘zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga
adekvat emas edi.
Dostları ilə paylaş: |