I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta


Muhokama qiling va xulosa chiqaring



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Muhokama qiling va xulosa chiqaring: 
1. O‘simlik hayotida transpiratsiyaning qanday ahamiyati bor?
2. O‘simlikning qancha suv bug‘latishini aniqlash nima uchun kerak?
7.4. UMURTQASIZLARNING QON AYLANISH SISTEMASI
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Hayvonlarda moddalar 
transporti qanday amalga oshadi? O‘simlik va hayvonlard
-
agi moddalar transporti farqlanadimi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Hayvonlarda transport vazifasini qon aylanish sis
-
temasi amalga oshiradi. Qon orqali oziq moddalar, kislorod va karbonat angidrid gazlari 
tashiladi. Qon aylanish sistemasini yurak va qontomirlar tashkil etadi. 
Qontomirlar uch xil bo‘ladi:
1. Arteriya – yurakdan chiquvchi qontomirlar.
2. Vena – yurakka keluvchi qontomirlar.
3. Kapillyar – mayda qontomirlar.
Qon aylanish sistemasi ochiq 
va yopiq bo‘ladi. Agar qontomirlar-
ning uchi ochiq bo‘lib, qon to‘qi
-
ma suyuqligi bilan arala shib ketsa, 
ochiq qon aylanish sistemasi hi-
soblanadi. Qon tomirlardan tash-
qariga chiqmasa, faqat tomirlar 
bo‘ylab harakatlansa, qon aylanish 
sistemasi yopiq bo‘ladi 
(7.8-rasm)

Kislorodga to‘yingan qon arterial 
qon, karbonat angidridga to‘yingan 
qon 
venoz qon
deyiladi.
Umurtqasiz hayvonlarda qon ay
-
lanish sistemasi dastlab halqali chu
-
valchanglarda paydo bo‘lgan. Halqali 
chuvalchanglarda ikkita yirik: orqa 
va qorin qontomiri mavjud 
(7.9-rasm)
. Halqum atrofida bir nechta halqasimon qontomirlar 
muskul bilan ta’minlangan. Muskullarning qisqarishi hisobiga halqasimon tomirlar “yurak” 
vazifasini bajaradi, ya’ni qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishini ta’minlaydi. Qon orqa qon- 
7.8-rasm. 
Ochiq va yopiq qon aylanish sistemasi.
Yurak • Aorta • Arteriya • 
Vena • Kapillyar


108
tomir orqali tananing oldingi tomoniga, qorin qontomiri bo‘ylab tananing keyingi tomoniga 
oqadi. Halqali chuvalchanglarda qon qizil rangda. Qon aylanish sistemasi yopiq.
7.9-rasm.
Yomg‘ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi.
Mollyuskalardan chuchuk suv shillig‘ida qon aylanish sistemasida
 ikki kamerali yurak 
pay-
do bo‘lgan. Yurak ikki qism: qorincha va bo‘lmachadan iborat 
(7.10-rasm)
. Qon aylanish doirasi 
qorinchalardan boshlanadi. Qorincha qisqarganda arterial qon arteriya qontomirlariga chiqa
-
riladi va to‘qimalarga yetkaziladi. To‘qimalardagi moddalar almashinuvi qoldiqlari va karbonat 
angidrid bilan to‘yingan venoz qon vena tomirlariga yig‘ilib, o‘pkaga boradi. O‘pkada gaz al
-
mashinuvi sodir bo‘ladi. Bunda qondagi karbonat angidrid o‘pkaga, o‘pkadagi kislorod qonga 
o‘tadi. Arterial qon o‘pkadan chiqib, bo‘lmachaga quyiladi.
O‘pkadagi gazlar almashinuvi, ya’ni transporti qanday amalga oshadi?
Mollyuskalarda qon rangsiz yoki havorang bo‘ladi. Ochiq qon aylanish doirasiga ega.
7.10-rasm.
Suv shillig‘ining qon aylanish sistemasi.
7.11-rasm. 
Daryo 
qisqichbaqasining qon 
aylanish sistemasi.
orqa qontomir
qorin qontomiri
halqasimon tomirlar
yurak bo‘lmachasi
yurak qorinchasi
arteriya
Qisqichbaqasimonlarning bosh-ko‘krak qismida yumaloq oqish yurak joylashgan. Yurak
-
da uch juft teshik mavjud. Yurak qisqarganda qon arteriya qontomiri orqali harakatlanib, 
to‘qimalarga yetkaziladi. Qondagi oziq moddalar va kislorod hujayralarga o‘tadi. Aksincha, 
hujayralardagi moddalar almashinuvi qoldiqlari, jumladan, karbonat angidrid qonga o‘tadi. 
Hosil bo‘lgan venoz qon qontomirlarga yig‘ilib, jabralarga yetkaziladi. Jabralarda gaz almash
-
inuvi natijasida venoz qon arterial qonga aylanadi. Yurak bo‘shashganda arterial qon uch juft 
teshik orqali yurakka quyiladi. Qisqichbaqasimonlarning qoni rangsiz, qon aylanish sistemasi 
ochiq 
(7.11-rasm)
.
yurak
arteriya
vena


109
O‘rgimchaksimonlarning qon aylanish sistema
-
si qisqichbaqasimonlarnikiga o‘xshaydi, faqat yurak 
tananing qorin qismida joylashganligi bilan farqlana
-
di 
(7.12-rasm)
.
Hasharotlarning qon aylanish sistemasi ochiq 
(7.13-rasm)
. Ularning ko‘p kamerali naysimon yura-
gi qorin qismining orqa tomonida joylashgan. Yurak 
qisqarganda qon kalta arteriya orqali bosh tomonga 
harakatlanadi. Qon tomirdan chiqib, to‘qima suyuqli
-
gi bilan aralashadi. To‘qimalarda moddalar almashinuvi sodir bo‘ladi. Yurak bo‘shashganda 
yurakning ikki yonidagi teshikchalardan qon yurakka quyiladi. Hasharotlarning qoni gazlar 
transportida ishtirok etmaydi.
7.13-rasm. 
Hasharotlarning qon aylanish sistemasi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin