I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Qushlarning ko‘payishi.
Qushlarning ko‘payish davri 
tuxumdan chiqadigan jo‘jalar uchun 
oziqning mo‘l-ko‘l bo‘lishiga bog‘liq. 
Erkak qushlarda bir juft urug‘don va 
bir juft urug‘ yo‘li bo‘lib, u kloakaga 
ochiladi. Urg‘ochilarida bitta tuxum-
don va tuxum yo‘li bo‘lib, tuxum 
hujayra tuxum yo‘lida urug‘lanadi. 
Urug‘langan tuxum ohak po‘choq 
bilan o‘ralib, kloaka orqali tashqi 
muhitga chiqariladi. Qushlar tu xum 
hujayrasida sariqlikning miqdori 
ko‘p, metamorfozsiz rivojlanadi
(
10.25-rasm)

Jinsiy ko‘payish bilan bog‘liq bo‘lgan instinktlar 
yaxshi rivojlangan. Tuxumidan chiqqan jo‘jalarning tuzilishiga qarab: 
jo‘ja ochadigan
va 
jish 
bola ochadigan
qushlarga bo‘linadi.
Jo‘ja ochadigan qushlarning tuxumidan chiqqan jo‘jalarning tanasi par bilan qoplangan va 
ko‘zi ochiq bo‘ladi. Jo‘jalar ko‘p o‘tmay onasining ortidan yugurib ketadi (qirg‘ovul, bedana, 
o‘rdak, g‘oz va tovuq).
Jish bola ochadigan qushlarning jish bolalari ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq, yalang‘och 
tanasi siyrak, mayin patlar bilan qoplangan bo‘ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi (kaptar, 
qaldirg‘och, chumchuq, qarg‘a, musicha, laylak hamda yirtqich qushlar) (
10.26–10.27-rasmlar
). 
XULOSA QILAMIZ

Sodda tuzilishga ega bo‘lgan umurtqasiz hayvonlar jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi.

Erkak va urg‘ochi jinsiy organlari bitta organizmda joylashgan hayvonlar 
germafroditlar
deyi ladi.

Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan umurtqasiz hayvonlar faqat jinsiy usulda ko‘payadi.

Hasharotlar chala yoki to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadi.

Umurtqali hayvonlarning jinsiy organlarini tuxumdon va urug‘donlar tashkil etadi.

Amfibiyalarda tashqi urug‘lanish, qushlarda ichki urug‘lanish kuzatiladi.

Qushlarning tuxumi qattiq ohak po‘choq bilan himoyalangan.
10.26-rasm
. Qushlarning jo‘jalari. 
10.27-rasm
. Qushlarning jish bolalari. 
10.24-rasm
. Ko‘l baqasining rivojlanishi. 
10.25-rasm
. Qushlar tuxumining tuzilishi. 
ohak po‘choq
po‘choq osti parda
havo kamerasi
suyuq oqsil
oqsil kanopcha
sariqlik
murtak diski


154

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin