YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ Bilish va tushunish 1. Chuchuk suv gidrasining jinssiz ko‘payishi qanday amalga oshadi?
2. Yomg‘ir chuvalchangining
jinsiy
sistemasi qanday tuzilgan?
3. Erkak va urg‘ochi hasharotlar qanday farqlanadi?
4. Hasharotlarning to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanishi qanday
davrlarni o‘z ichiga oladi?
5. Amfibiyalarning
jinsiy
sistemasi qanday tuzilgan?
Qo‘llash 1. Lichinkaning g‘umbakka aylanishi qanday sodir bo‘ladi?
2. Qushlarning tuxumi qattiq po‘choq bilan o‘ralgani qanday
ahamiyatga ega?
Tahlil . Hasharotlarning chala metamorfoz va to‘liq metamorfoz
bilan rivojlanish jarayonlarini o‘zaro so lishtiring.
Sintez 1. Rasmdagi hasharot qanday o‘zgarish bilan rivojlanadi? Xuddi
shunday usulda rivojlanadigan hasharotlar ro‘yxatini tuzing.
2. Amfibiyalarning rivojlanish siklini ifodalovchi sxema chizing.
Baholash . Har yili Saida xolaning tovug‘i tuxum bosib, jo‘ja ochadi.
Saida xola 1–2 kunlik tuxumlardan 12 tasini ehtiyotlab, bitta tovuqning katagiga joylaydi. Tovuq bosib
yotgan tuxumlardan 17–21 kun davomi da jo‘ja ochib chiqadi. Bu yil ham qo‘yilgan 12 ta tuxumdan 10
ta jo‘ja chiqdi. 2 ta jo‘ja rivojlanmay qolishining sababini qanday izohlaysiz?
10.6. HAYVONLARNING INDIVIDUAL RIVOJLANISHI MUAMMONI ANIQLAYMIZ. Rivojlanish – tirik orga-
nizmlar ning muhim xususiyati. Rivojlanish jarayonida qan
-
day qilib qurt kapalakka, itbaliq baqaga aylanadi?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Ontogenez –
organizmlar ning zigotadan boshlanib to nobud bo‘lishiga-
cha bo‘lgan
individual rivojlanish davri. Bu atamani fanga nemis tabiatshunosi Ernest Hekkel
kiritgan.
Hayvonlarda ontogenez urug‘lanish, ya’ni zigotaning hosil bo‘lishi, undan esa murtak
(embrion)ning rivojlanishi bilan boshlanadi.
Hayvonlarda ontogenez turlari
Lichinkali rivojlanish Tuxumdan rivojlanish Bachadonda rivojlanish
Hayvonlar ontogenezi