152
Yashash muhitidan kelib chiqib hasharotlar urug‘langan
tuxum larini turli muhitlarga qo‘yadi
(
10.22-rasm)
.
Nima deb o‘ylaysiz, tuxum endi qanday rivojlanadi?
Urg‘ochisi qo‘ygan tuxumlar o‘sib
rivojlanadi va lichinkaga
aylanadi. Hasharotlar rivojlanish davrlariga qarab quyidagi guruh-
larga bo‘linadi:
1. Chala o‘zgarish (chala metamorfoz) bilan rivojlanuvchi
hasharotlar.
2. To‘liq o‘zgarish (to‘liq metamorfoz) bilan rivojlanuvchi
hasharotlar.
Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlarda tuxumdan
chiqqan lichinka juda faol oziqlanadi va o‘sib rivojlanadi. Lichinka bir necha marta tullab (xi-
tinli qobig‘ini tashlab), voyaga yetgan hasharotga aylanadi. To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlarning tuxum dan chiqqan lichinkalari tashqi va ichki tuzilishi bilan voyaga yetgan
-
laridan farq qiladi. So‘nggi marta tullaganidan keyin lichinka g‘umbakka aylanadi. G‘umbak
hasharot rivojlanishidagi tinim davri bo‘lib, oziqlanmaydi, harakatlanmaydi. Bu davrda murak
-
kab o‘zgarishlar natijasida voyaga yetgan hasharotga xos bo‘lgan organlar shakllanadi. Chala
o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarda g‘umbaklik davri kuzatilmaydi.
Chala o‘zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlar
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi
hasharotlar
Tuxum
→
lichinka
→
voyaga yetgan hasharot
Tuxum
→
lichinka
→
g‘umbak
→
voyaga yetgan
hasharot
Suvaraklar, chigirtkalar, ninachilar, qandalalar
Qo‘ng‘izlar, kapalaklar, pashshalar, chumolilar, arilar.
Amfibiyalarning ko‘payishi.
May va aprel ning
iliq kunlarida ko‘l baqasida ko‘payish
instinkt lari
kuzatiladi. Erkak baqalar baland ovozda “sayray”
boshlashadi. Buning uchun ularda maxsus ovoz
chiqaradigan organ
rezonatorlari
mavjud
(
10.23-rasm)
.
Jinsiy sistemasi xuddi baliqlarnikiday,
urg‘ochilarida tana bo‘shlig‘ida joylashgan bir juft
tuxumdon, erkaklarida
buyrak yaqinida joylash
-
gan bir juft urug‘dondan iborat. Yetilgan tuxum
hujayralar tuxum yo‘lida shilimshiq qobiq bilan
o‘ralib kloakaga, u yerdan tashqariga chiqariladi.
Amfibiyalarda tashqi urug‘lanish kuzatiladi. Urug‘langan tuxumlar suv yuzasida to‘p-to‘p bo‘lib
qalqib yuradi. Tuxum larning ustki qismi qoramtir tusda bo‘lganidan quyosh nuri ta’sirida yax
-
shi isiydi. Ulardan bir yarim haftadan keyin lichinka – itbaliq rivojlanib chiqadi. Itbaliq dastlab
tuxumdan
qolgan oziq moddalar bilan, keyinchalik mayda suvo‘tlar, mikroorganizmlar bilan
10.23-rasm
.
Erkak baqaning rezonatorlari.
10.22-rasm.
Urg‘ochi hasharot
-
ning tuxum qo‘yish jarayoni.
153
oziqlanadi. Itbaliq ichki va tashqi tuzilishi bo‘yicha
mayda baliqlarga o‘xshaydi. Uning ikki yonida joy
-
lashgan
ikki tutam tashqi jabralari, ikki kamerali
yuragi, bitta qon aylanish doirasi va yon chizig‘i
kabi organlari bo‘ladi. Rivojlanish jarayo
nida
dastlab orqa, keyin oldingi oyoqlari paydo bo‘ladi,
qon aylanish sistemasi organlari ham qayta quri
-
lib, uch kamerali yurak, ikkita qon
aylanish doirasi
paydo bo‘ladi. O‘pkalar hosil bo‘ladi va itbaliq
tez-tez suv yuzasiga nafas olish uchun ko‘tariladi.
Dumi asta-sekin qisqarib,
voyaga yetgan baqaga
aylanadi
(
10.24-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: