I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Pingvinlar turkumi
 
vakillari suvda yashash-
ga mos lashgan qushlar. Quruqlikda harakatlanganida 
gavda sini tik tutadi. Pingvinlar koloniya bo‘lib yashaydi. 
Ular baliq lar va boshqa dеngiz hayvonlari bilan oziqla
-
nadi.
Chumchuqsimonlar turkumi
ga qal dirg‘och, go‘ng-
qarg‘a, mayna, qora qarg‘a, chug‘urchuq, bulbul, chum-
chuq, to‘rg‘ay, chittak, zarg‘aldoq, hakka kabi qushlar 
kiradi. Chumchuqsimonlar ning tumshuqlari, oyoq lari
qanotlari hamda ozig‘i turli-tuman. 
Ushbu turkum vakillari O‘zbekiston qushlarining yarmidan ko‘pini tashkil etadi.
G‘ozsimonlar turkumi.
G‘ozsimonlar
 
suvda yax-
shi suzadi. Oyoqlarining oldingi uchta barmog‘i orasi
-
da suzgich parda bor. Tumshug‘i kеng bo‘lib, qirrasi
-
da mayda muguz tishchalar joylashgan. G‘ozsimonlar 
turkumiga g‘oz, oqqush, o‘rdak, suqsur, churrak kiradi. 
Lochinsimonlar turkumi
ga lochin, 
qarchig‘ay, kalxat, burgut, qirg‘iy, oqbosh 
qumoy kiradi. Kunduzgi yirtqichlarning 
tumshug‘i va tirnoqlari baquvvat va 
o‘tkir, uchi qayrilgan bo‘lib, o‘ljani tutish
-
ga mos lashgan.
Yapaloqqushlar turkumi.
 
Yapaloq- 
qushlar (boyqush, ukki) tunda yirik 
hasharotlar, kеmiruv chilar, hatto boshqa 
qushlarni ov qi lishga moslashgan. Quloq-
lari hatto shitirlagan tovushni ham juda 
yaxshi eshitadi. Bo‘yni juda egiluvchan 
bo‘lgani sababli boshini 270° gacha bura 
oladi. Yapaloqqushlar ning patlari g‘ovak 
va yumshoq bo‘lga nidan shovqinsiz uchadi.
Qushlarning O‘zbekistonda 480 ga yaqin turi uchraydi. 
Qushlarni 
ornitologiya
fani o‘rganadi.
Imperator pingvini
Katta chittak Qishloq qaldirg‘ochi Uy chumchug‘i Qora qarg‘a Oddiy hakka
Kulrang g‘oz
Oqbosh qumoy Lochin
Boyqush
Ukki


32
Sutemizuvchilar
– oyoqlari tanasi ostida joylashgan, 
tanasi yung bilan qoplangan umurtqali hayvonlar. Sut-
emizuvchilar issiqqonli hayvonlar bo‘lib, bolasini sut bi
-
lan boqadi. Sutemizuvchilar terisining ustki qatlamidan 
yung, tirnoq, tuyoq, shox hosil bo‘ladi. Sutemizuvchilar-
ning yung qoplami uzun va yo‘g‘on qiltiqlar hamda ular 
ostida joylashgan mayin yunglardan iborat. Har bir yung 
tolasi ostida mayda muskullar bor. Muskullarning qisqa
-
rishi tufayli mayin yunglar orasiga havo kiradi, bu esa 
tana haroratini saqlashga yordam beradi. Qiltiqlar tеrini 
mеxanik ta’sirlardan himoya qiladi 
(1.27-rasm)
. Sutemi-
zuvchilar og‘zi va ko‘zlari atrofida joylashgan uzun qillar 
(vibrissa) esa tuyg‘u vazifasini bajaradi 
(1.28-rasm)

Sutemizuvchilar terisida ter, yog‘, sut, hid chiqaruv-
chi bezlar rivojlangan. Hayvonlar ter bilan birga ortiqcha issiqlikni ham ajratadi. Bu esa tana 
harorati doimiy muvozanatda saqlanishida muhim ahamiyatga ega. Yog‘ bezlari ajratadigan 
yog‘simon suyuqlik terining yumshoq va elastik bo‘lishini ta’minlaydi. Hid bezlaridan ajraladi
-
gan suyuqlik yordamida hayvonlar yashash hududlarini belgilaydilar, yosh hayvonlar o‘z uya-
siga yo‘l topadilar, ota-onalar esa bolalarini topadilar. Urg‘ochilari bolalarini sut bilan boqadi.
Jayra va tipratikan terisidagi tikanlar shakli o‘zgargan yunglardir. Dengiz sutemizuvchi
-
larida yung qatlami yo‘qolib ketgan.
 Dengiz sutemizuvchilarida yung qatlami yo‘qolib ketishi 
sababini tushuntiring.
Sutemizuvchilar sinfi tuxum qo‘yuvchilar va tirik tug‘uvchi sutemizuvchilar kenja sinfla riga 
bo‘ linadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin