42
bo‘shliqlar mavjud. Yasmiqchalar o‘simlik poyasining nafas olishini ta’minlaydi. Daraxt va buta
-
larning tanasi va ildizida har yili po‘kak to‘qimasining yangi qavati shakllanadi. Natijada eski
po‘kak qavatlari hisobiga
po‘stloq
hosil bo‘ladi. Po‘stloq hujayralari cho‘zilish xususiyatiga ega
bo‘lmaganligi sababli daraxt va butalar tanasi yo‘g‘onlashgan sari po‘stloqda yoriqlar paydo
bo‘ladi.
O‘tkazuvchi to‘qima.
Bu to‘qima o‘simlik tanasida moddalar transportini ta’minlaydi. Bu
jarayon poya va ildizning ksilema hamda floemasidagi o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari orqali
amalga oshadi. Ksilemada o‘tkazuvchi naylar va traxeidlar bo‘lib, ular orqali suv va unda eri-
gan minerallar ildizdan o‘simlikning barcha organlariga harakatlanadi. Floemada elaksimon
naylar va elaksimon hujayralar bo‘lib, ular orqali barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan
organik moddalar o‘simlikning boshqa organlariga yetkaziladi
(2.7-rasm)
.
Dostları ilə paylaş: