I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

O‘SIMLIK ORGANLARI
Vegetativ organlar
Generativ organlar
Ildiz va novda
Gul, meva
Fotosintez, nafas olish, o‘sish, rivojlanish, modda-
lar transporti, vegetativ ko‘payishni ta’minlaydi.
O‘simlikning ko‘payishi bilan bog‘liq vazi
-
falarni bajaradi.
Ildiz
– o‘simlikning yerosti vegetetiv or-
gani. Ildiz o‘simlikni tuproqda mustahkam
-
lash, suv va unda erigan minerallarning 
so‘rilishi va o‘simlikning yerusti organlari-
ga yetkazib berilishini ta’minlaydi. Bundan 
tashqari, ildizda oziq moddalar to‘planadi, 
u vegetativ ko‘payish organi bo‘lib ham xiz-
mat qiladi.
Rivojlanishiga ko‘ra o‘simliklarda 
aso-
siy, yon va qo‘shimcha ildizlar
farqlanadi. 
Asosiy ildiz 
urug‘ murtakdagi boshlang‘ich 
ildizdan rivojlanadi. Qo‘shimcha ildizlar poya yoki bargdan hosil bo‘ladi. 
Yon ildizlar
asosiy, 
qo‘shimcha va yonildizlardan rivojlanadi. Yonildizlar o‘z navbatida birinchi, ikkinchi va hokazo 
tartibli bo‘ladi (
3.2–3.3-rasmlar
). 
Bir o‘simlikning barcha ildizlari yig‘indisi
 ildiz tizimi (sistemasi)
deyiladi. Ildiz tizimi 
tuzilishiga ko‘ra 
o‘q ildiz
va 
popuk ildiz
ga bo‘linadi.
Ildiz tizimlari
O‘q ildiz tizimi Popuk ildiz tizimi
Urug‘ murtagidagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishda davom 
etsa, undan yonildizlar o‘sib chiqadi va 
o‘q ildiz tizimi
hosil 
bo‘ladi. O‘q ildiz tizimi ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simlik larga 
xos.
Bir urug‘pallali o‘simliklarda urug‘ murtagidagi bosh-
lang‘ich ildiz rivojlanishdan to‘xtaydi. Natijada urug‘ murta-
gining boshlang‘ich poyasidan qo‘shimcha ildizlar, ulardan esa 
yonildizlar o‘sib chiqadi va 
popuk ildiz tizimi
hosil bo‘ladi. 
Ildizning uchki qismidagi bo‘linuvchi qism shikastlansa, 
uning bo‘yiga o‘sishi to‘xtaydi va yonildizlarning hosil bo‘li-
shi kuchayadi. Pomidor, karam, bulg‘or qalampiri kabi o‘sim
-
liklardan mo‘l hosil olishda o‘simliklarni urug‘dan o‘stirib, 
keyin boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazishdan avval ildizning uch
-
ki qismini chilpib tashlaydilar (
3.4–3.5-rasmlar
). 
O‘simliklarning boshqa organlari singari ildiz ham kislo
-
rod bilan nafas oladi. Shuning uchun o‘simlik ekilgan tuproqni 
yumshatib turish zarur.
qo‘shimcha ildiz
yon ildizlar
asosiy ildiz
yon ildizlar
3.3-rasm. 
Begoniyaning 
qo‘shimcha ildizi.
3.2-rasm.
Ildiz turlari. 
3.5-rasm

Ildizning uchki qismini 
chilpib tashlagandan so‘ng.
3.4-rasm

Ildizning uchki qismini 
chilpib tashlangungacha.


50
Ayrim o‘simliklarda ildiz qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashishi natijasida 

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin