Maqsad: o‘quvchilarda o‘simlik organlaridan vaqtinchalik pereparat
tayyorlash ko‘nikma sini shakllantirish.
Bizga kerak: mikroskop, buyum va qoplag‘ich oyna, preproval igna,
skalpel, piyozbosh, yod eritmasi, pipetka, filtr qog‘oz.
Xavfsizlik qoidalari: 1. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qituvchingiz nazorati ostida bajaring.
2. Mashg‘ulotlarni bajarish tartibini diqqat bilan o‘qib chiqing.
3. Kerakli jihozlarni topib, stol ustiga tartib bilan qo‘ying. Ortiqcha narsalarni olib tashlang.
4. Asboblarning sozligini, idishlarning butunligini tekshiring. Darz ketgan, cheti uchgan
probirka va kolbalardan foydalanmang!
5. Tajriba tugagach, barcha idishlarni tozalab, o‘qituvchiga topshiring.
6. Tajribani tugatganingizdan so‘ng qo‘lingizni sovunlab yuvishni unutmang.
O‘simlik to‘qimalarini, ularning hujayraviy tuzilishini o‘rganish uchun har xil preparatlar
tayyorlanadi. To‘qimani o‘rganishda qizil piyozdan foydalanish mumkin.
Ishni bajarish tartibi: 1. Toza buyum oynasiga pipetkada bir tomchi suv tomizing.
2. Piyozni skalpel yordamida bo‘ling. 3. Pinset bilan kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib
oling. 4. Piyozning yupqa po‘stini buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga tekis qilib joylashti-
ring. 5. Ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing. 6. Qoplagich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni
filtr qog‘ozga shimdiring. 7. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida
kuzating. Xuddi shunday preparat tayyorlab, kartoshka tuganagi yoki ivitilgan bug‘doy donidan
g‘amlovchi to‘qi mani, nok yoki behi meva etidan olib, hujayralarini ko‘rish mumkin.
Natija: o‘simlik organlaridan vaqtinchalik preparatlar tayyorlash va mikroskopda o‘rganish
orqali tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanadi. Tirik organizmlarning tuzilishi va xususiyatlari
haqida ilmiy xulosalar chiqarishga zamin yaratadi.