I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

 
 
Maqsad:
o‘quvchilarda o‘simlik organlaridan vaqtinchalik pereparat 
tayyorlash ko‘nikma sini shakllantirish. 
Bizga kerak:
mikroskop, buyum va qoplag‘ich oyna, preproval igna, 
skalpel, piyozbosh, yod eritmasi, pipetka, filtr qog‘oz.
Xavfsizlik qoidalari: 
1. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘qituvchingiz nazorati ostida bajaring.
2. Mashg‘ulotlarni bajarish tartibini diqqat bilan o‘qib chiqing.
3. Kerakli jihozlarni topib, stol ustiga tartib bilan qo‘ying. Ortiqcha narsalarni olib tashlang.
4. Asboblarning sozligini, idishlarning butunligini tekshiring. Darz ketgan, cheti uchgan 
probirka va kolbalardan foydalanmang!
5. Tajriba tugagach, barcha idishlarni tozalab, o‘qituvchiga topshiring.
6. Tajribani tugatganingizdan so‘ng qo‘lingizni sovunlab yuvishni unutmang.
O‘simlik to‘qimalarini, ularning hujayraviy tuzilishini o‘rganish uchun har xil preparatlar 
tayyorlanadi. To‘qimani o‘rganishda qizil piyozdan foydalanish mumkin. 
Ishni bajarish tartibi: 
1. Toza buyum oynasiga pipetkada bir tomchi suv tomizing.
2. Piyozni skalpel yordamida bo‘ling. 3. Pinset bilan kesilgan piyozning yupqa po‘stini ajratib 
oling. 4. Piyozning yupqa po‘stini buyum oynasidagi bir tomchi suv ustiga tekis qilib joylashti-
ring. 5. Ustiga bir tomchi yod eritmasi tomizing. 6. Qoplagich oyna bilan yopib, ortiqcha suvni 
filtr qog‘ozga shimdiring. 7. Dastlab mikroskopning kichik obyektivida, keyin katta obyektivida 
kuzating. Xuddi shunday preparat tayyorlab, kartoshka tuganagi yoki ivitilgan bug‘doy donidan 
g‘amlovchi to‘qi mani, nok yoki behi meva etidan olib, hujayralarini ko‘rish mumkin.
Natija: 
o‘simlik organlaridan vaqtinchalik preparatlar tayyorlash va mikroskopda o‘rganish 
orqali tadqiqotchilik ko‘nikmalari shakllanadi. Tirik organizmlarning tuzilishi va xususiyatlari 
haqida ilmiy xulosalar chiqarishga zamin yaratadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin