Muskul to‘qimasi.
Muskul to‘qimasi qisqa
-
rish xususiyatiga ega bo‘lib, odam va hayvon-
lar harakatini ta’minlaydi. Tuzilishiga ko‘ra
3 xil muskul to‘qimasi farqlanadi: silliq tolali
muskullar, skelet muskullari, yurak muskullari.
Silliq tolali muskullar ichki organlar,
masalan, oshqozon, ichak, qontomirlar, ayi rish
organlari devorida bo‘ladi. Skelet muskul-
lari bosh, gavda va oyoqlar harakatini, yurak
muskullari esa yurakning qisqarishini ta’min
-
laydi
(2.11-rasm)
.
XULOSA CHIQARAMIZ
•
Ko‘p hujayrali organizmlarda tuzilishi,
kelib chiqishi va bajaradigan vazifasi bir xil
hujayralar biologik sistema – to‘qimalarga
birlashadi. O‘simliklarda hosil qiluvchi, asosiy,
jamg‘aruvchi, qoplovchi, mexanik, o‘tkazuvchi
to‘qimalar farqlanadi.
YANGI BILIMLARNI QO‘LLAYMIZ:
Bilish va tushunish
1. To‘qima deb nimaga aytiladi?
2. Odam va hayvon tanasi qanday to‘qimalardan
tuzilgan?
3. Hosil qiluvchi to‘qima turlari va funksiyalarini ayting.
4. Asosiy to‘qima turlari va funksiyalarini bayon eting.
5. Qoplovchi to‘qima turlari va funksiyalari nimalardan iborat?
6. Mexanik to‘qima turlari va funksiyalarini gapirib bering.
Qo‘llash
. “To‘qimalar” mavzusini diqqat bilan o‘rganing va jadvalni to‘diring.
To‘qima
Tuzilishi
Funksiyalari
Tahlil
. O‘simliklarnıng qoplovchi to‘qimalari va hayvonlarning epiteliy to‘qimalarini funksional
jihatdan taqqoslang.
Sintez
. O‘simlik va hayvon to‘qimalari turlarini klaster usu-
lida ifoda eting.
Baholash
. To‘qimalarning bajaradigan funksiyalari ularning
tu zilishi bilan bog‘liqligini misollar orqali baholang.
Topshiriq
Barglari mum bilan qop lan gan
o‘simliklar ro‘yxatini tuzing.
2.11-rasm.
Muskul to‘qimasi
.
2.10-rasm.
Nerv hujayrasi.
Dendritlar
Miyelin qobiq
Yadro
Tana
Akson
Skelet muskuli
Yurak muskuli
Silliq muskul
|