41
likning bo‘yiga o‘sishini ta’minlaydi. Poya va ildizning po‘stloq (floema) va yog‘ochligi (ksilema)
orasida yon hosil qiluvchi to‘qima – kambiy joylashgan. Bu to‘qima hujayralari poya va ildizda
halqa shaklida joylashadi hamda o‘simlik organlarining eniga o‘sishini, ya’ni yo‘g‘onlashuvini
ta’minlaydi. Hosil qiluvchi hujayralardan o‘simlikning asosiy, qoplovchi, o‘tkazuvchi, mexanik
va boshqa to‘qimalari hosil bo‘ladi.
Asosiy to‘qima.
Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra asosiy to‘qima bir necha xil bo‘ladi:
assimilyatsion to‘qima (xlorenxima), jamg‘aruvchi to‘qima (organik moddalarni, suv va
havoni
jamg‘aruvchi). Assimilyatsion to‘qima hujayralari xloroplastlarga ega bo‘lib,
fotosintez qilish
xususiyatiga ega. Bu to‘qima hujayralarida organik moddalar hosil bo‘ladi. Assimilyatsion
to‘qima hujayralari yashil barglarda, novdalarda bo‘ladi
(2.6-rasm)
.
Jamg‘aruvchi to‘qima
hujayralarida uglevod, oqsil, yog‘ va boshqa moddalar to‘planadi.
Bu to‘qima ildizpoya, ildizmeva, tugunak, piyozbosh, meva, urug‘larda yaxshi rivojlangan.
Cho‘llarda o‘suvchi ayrim o‘simliklar poyasi va bargida (masalan, kaktuslar tanasida) suv
to‘plovchi parenxima hujayralari mavjud. Suvda va botqoqliklarda o‘sadigan o‘simliklarda
aerenxima to‘qimasi rivojlangan bo‘lib, bu to‘qima hujayralari orasida havo to‘planadi.
Qoplovchi to‘qima.
Qoplovchi to‘qimalar o‘simlikning barcha organlarini tashqi
tomondan
qoplab turadi va o‘simlik organlarini himoya qilish funksiyasini bajaradi. Bu to‘qima 3 ga
bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: