40
Tirik organizm hujayralari funksiyasiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: somatik va jinsiy hujayralar.
Somatik hujayralarga hayvonlarning teri, muskul, suyak, jigar hujayralari, o‘simliklarning ildiz,
barg hujayralari misol bo‘ladi.
Jinsiy hujayralar
gametalar
deyiladi. Urg‘ochilik gametalari
tuxum hujayra, erkaklik gametalari
urug‘ hujayra (spermatozoid)
deyiladi.
Somatik hujayralar
organizm tanasida oziqlanish, nafas olish, himoya, tayanch, harakat kabi funksiyalarni amalga
oshiradi. Jinsiy hujayralar esa organizmlarning ko‘payishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: