I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Hujayra qobig‘i.
Hujayra bio 
logik 
sistema bo‘lib, hujayraning tarkibiy qismlari 
(qobiq, sitoplazma, yadro, organoidlar) 
uning yaxlitligini
ta’minlaydi. Hujayra 
qobig‘i hujayrani o‘rab, uni tashqi muhitdan 
ajratib turadi. Hujayra qobig‘i hujayraning 
ichki tarkibiy qismi – sitoplazma, yadro 
va organoidlarni shikastlanishdan himoya 
qiladi, hujayra shaklini belgilaydi, hujay
-
ralar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi, hujayraga zarur moddalarni tanlab o‘tkazadi va 
moddalar almashinuvi mahsulotlarini hujayradan tashqariga chiqaradi.
Hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana tashkil etadi. Barcha tirik orga nizm 
hujayralarida plazmatik membrana bir xil tuzilishga ega. Membrana ikki qavat lipid qat lami 
va unda joylashgan oqsil molekulalaridan iborat. 
Membrana devorlarida maxsus oqsillar ingichka kanalchalarni hosil qiladi. Bu kanalchalar 
orqali hujayra ichiga yoki hujayra tashqarisiga kaliy, natriy, kalsiy va boshqa ionlar o‘tadi.
Shuningdek, nisbatan yirikroq bo‘lgan molekulalar (oqsil, uglevod, lipidlar) hujayra ichiga 
fa gotsitoz yoki pinotsitoz usulida o‘tadi. 
Hujayra membranasiga oziq zarrachasi tegishi bilan membrananing shu qismida botiqlik 
paydo bo‘lib, oziq zarrachasi membranaga o‘ralgan holda hujayra ichiga o‘tadi. Bu jarayon 

fagotsitoz”
deb ataladi. Masalan, amyoba soxta oyoqlari bilan oziq zarrachalarini qamrab 
olishi fagotsitoz usulida kechadi. 
Har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishi
 “pinot-
sitoz” 
deyiladi. “Pinotsitoz” so‘zi yunoncha 
pino
– “ichaman”, 
sitoz
– “hujayra” so‘zlaridan 
olingan. Pinotsitoz tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, bakteriya, zamburug‘, o‘simlik va hay von 
hujayralarida amalga oshadi 
(2.3-rasm)

2.2-rasm.
Prokariot hujayra.
2.1-rasm. 
O‘simlik hujayrasi.
Qobiq
Xivchin
Sitoplazma
Vakuola kiritmalari
DNK


39
Fagotsitoz yoki pinotsitoz orqali hujayra ichiga tushgan oziq moddalar (oqsillar 
aminokislotalargacha, polisaxaridlar glyukozagacha, lipidlar yog‘ kislotasi va glitseringacha) 
parchalanishi zarur. Bu jarayonda lizosomalar ishtirok etadi. 
O‘simlik, zamburug‘, bakteriya hujayralari plazmatik membranasini tashqi tomondan qalin 
hujayra devori o‘rab turadi 
(2.4-rasm)


Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin