II BOB TIRIKLIKNING MOLEKULA VA HUJAYRA DARAJASI 2.1. HUJAYRA – TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISH BIRLIGI MUAMMONI ANIQLAYMIZ. 1. Hayvon hujayralari baja-
radigan vazifasiga ko‘ra har xil tuzilishga ega. 2. Hujayra
tuzilishiga ko‘ra hayvonlarni o‘simlik va zamburug‘lardan
farq qilish mumkin.
Yuqoridagi fikrlarning qaysi biri to‘g‘ri? YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ. Tirik organizmlar o‘ziga xos funksiyalarni bajaruvchi
biologik molekulalardan tashkil topgan. Barcha tirik organizmlarning hujayralari kimyoviy
elementlardan iborat. Shu elementlar jonsiz tabiat obyektlari tarkibiga ham kiradi.
Tirik organizm hujayralarida uglerod, vodorod, kislorod va azot barcha kimyoviy
elementlarning 98% dan ortiq qismini tashkil etadi. Hujayrada 2% ga yaqin kaliy, natriy, kalsiy,
xlor, magniy, temir, fosfor va oltingugurt elementlari mavjud. Qolgan kimyoviy elementlar
hujayralarda juda oz miqdorda bo‘ladi. Hujayra tarkibiga kiruvchi har bir element muhim
hayotiy jarayonlarni ta’minlaydi.
Kimyoviy elementlar bir-biri bilan bog‘lanib,
anorganik va organik moddalarni hosil qiladi.
Hujayra tarkibidagi moddalarning har biri
muhim ahamiyatga ega. Suv hujayra shaklini
belgilaydi,
moddalar almashinuvi, fotosin-
tez jarayonlarida ishtirok etadi. Umurtqasiz
hayvonlarda suv gidrostatik skelet vazifa sini
bajaradi. Organizmda moddalar transportini
ta’minlaydi.
Suvning yana qanday funksiyalarini bilasiz? Minerallarning yetishmasligi organizm hayotiy jara yonlarining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, yod yetishmasligi odamlarda buqoq kasalligiga, kalsiy yetishmasligi tish va suyaklar
rivoj lanishining orqada qolishiga, magniy yetishmasligi o‘simliklarda fotosintez jarayonining
susayishiga olib keladi.
Uglevodlar hujayra devori tarkibiga kiradi, organizm uchun energiya manbai sifatida
xizmat qiladi, zaxira sifatida to‘planadi. Uglevodlarga glyukoza, saxaroza, kraxmal misol bo‘ladi.
Glyukoza parchalanib hujayrani energiya bilan ta’minlaydi. Saxaroza esa kundalik hayotimizda
foydalaniladigan shakar bo‘lib, meva va ildizmevalarda to‘planadi. Kraxmal ko‘pincha donli
o‘simliklar, masalan, bug‘doy, sholi, makkajo‘xorining don mevasida, kartoshkaning tugunagida
zaxira sifatida yig‘iladi.
Oqsillar hujayraning asosiy qurilish materiali hisoblanadi (membrana oqsillari), hujayrada
kechadigan reaksiyalarni tartibga soladi (fermentlar), organizm immunitetini ta’minlaydi
(antitana lar) va hujayralarda zaxira sifatida to‘planadi.
Hujayra qobig‘i • Sitoplazma • Yadro • Golji majmuasi • Fagotsitoz • Pinotsitoz