I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Epiteliy to‘qimasi 
funksional jihat-
dan qoplovchi epiteliy va bezli epiteliyga 
bo‘linadi. Qoplovchi epiteliy hujayralar aro 
moddasi juda kam va zich joylashgan 
hujayralardan iborat. Qoplovchi epiteliy 
organizmni tashqi ta’sirlardan himoya 
qilish, oziq moddalarning qonga so‘rili
-
shi, gaz almashinuvi, ayirish kabi funksi-
yalarni amalga oshiradi 
(2.8-rasm)

Bezli epiteliy hujayralari hazm 
shirasi, gormonlar ishlab chiqaradi. 
Himoya funksiyasi hayvon to‘qimalarini 
shikastlanish, harorat o‘zgarishi va 
zararli mikroorganizmlardan himoya 
qilishda namoyon bo‘ladi. Bu vazifalarni 
hayvonlarning tana qoplami – teri bajaradi.
Oziq moddalarning qonga so‘rilish funksiyasi ichak epiteliysiga xos. Bu to‘qimalar yorda-
mida oziq moddalar ichaklardan qonga so‘riladi.
Gaz almashinuvi funksiyasini o‘pka epiteliysi amalga oshiradi, ba’zi hayvonlarda teri ham 
gaz almashinuvida ishtirok etadi. Ayirish funksiyasini ayirish organlari epiteliysi bajaradi.
Ichki muhit to‘qimalari (biriktiruvchi to‘qima)ga 
tog‘ay, suyak, pay, qon va limfa, 
to‘qima suyuqligi, yog‘ to‘qimalari misol bo‘ladi 
(2.9-rasm)

Ichki muhit to‘qimalari hujayralari 
orasida hujayralararo modda ko‘p bo‘ladi.
Tog‘ay va suyak to‘qimalari organizmda tayanch va himoya funksiyalarini bajaradi. 
Masalan, tog‘ayli baliqlar skeleti tog‘ay to‘qimasidan iborat. 
Qon, limfa va to‘qima suyuqligi organizmda moddalar transportini ta’minlaydi. Qon hujay
-
ralar (eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar) va hujayralararo modda – plazmadan iborat. 
Yog‘ to‘qimasi yog‘ hujayralaridan iborat bo‘lib, hayvon organizmini mexanik ta’sirlardan 
va sovuqdan (tyulen, morj, kit) himoya qiladi. Zaxira sifatida bu hujayralarda yog‘ moddasi 
to‘planadi.
Nerv to‘qimasi
organizm boshqaruvini ta’minlovchi asosiy to‘qima hisoblanadi. Bu to‘qima 
tuzilishi va bajaradigan funksiyasiga ko‘ra 2 xil nerv hujayralari: neyronlar, neyrogliya hamda 
hujayralararo moddadan tashkil topgan 
(2.10-rasm)

Neyronlar ta’sirni qabul qilish, tahlil qilish va uni uzatish funksiyalarini bajaradi. 
2.9-rasm. 
Ichki muhit to‘qima turlari
.
2.8-rasm.
Epiteliy to‘qimasi turlari.
G‘ovak birikti-
ruvchi to‘qima
Zich birikti ruvchi 
to‘qima
Tog‘ay
Suyak
Qon
Bir qavatli yassi epiteliy
Bir qavatli kubsimon epiteliy
Qatlamli ustunsimon epiteliy
Bir qavatli ustunsimon 
epiteliy
Ko‘p qavatli ustunsimon 
epiteliy


44
Neyron hujayra tanasi uzun o‘simta – akson 
va kalta o‘simtalar – dendritlardan tuzilgan.
Neyrogliya neyronlar orasida joylash-
gan kalta o‘simtalarga ega hujayralar bo‘lib, 
neyronlarni oziqlantirish, himoya qilish, 
tayanch funksiyalarini bajaradi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin