O‘SIMLIK ORGANLARI Vegetativ organlar Generativ organlar Ildiz va novda
Gul, meva
Fotosintez, nafas olish, o‘sish, rivojlanish, modda-
lar transporti, vegetativ ko‘payishni ta’minlaydi.
O‘simlikning ko‘payishi bilan bog‘liq vazi
-
falarni bajaradi.
Ildiz – o‘simlikning yerosti vegetetiv or-
gani. Ildiz o‘simlikni tuproqda mustahkam
-
lash, suv va unda erigan minerallarning
so‘rilishi va o‘simlikning yerusti organlari-
ga yetkazib berilishini ta’minlaydi. Bundan
tashqari, ildizda oziq moddalar to‘planadi,
u vegetativ ko‘payish organi bo‘lib ham xiz-
mat qiladi.
Rivojlanishiga ko‘ra o‘simliklarda
aso- siy, yon va qo‘shimcha ildizlar farqlanadi.
Asosiy ildiz urug‘ murtakdagi boshlang‘ich
ildizdan rivojlanadi. Qo‘shimcha ildizlar poya yoki bargdan hosil bo‘ladi.
Yon ildizlar asosiy,
qo‘shimcha va yonildizlardan rivojlanadi. Yonildizlar o‘z navbatida birinchi, ikkinchi va hokazo
tartibli bo‘ladi (
3.2–3.3-rasmlar ).
Bir o‘simlikning barcha ildizlari yig‘indisi
ildiz tizimi (sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimi
tuzilishiga ko‘ra
o‘q ildiz va
popuk ildiz ga bo‘linadi.
Ildiz tizimlari O‘q ildiz tizimi Popuk ildiz tizimi Urug‘ murtagidagi boshlang‘ich ildiz rivojlanishda davom
etsa, undan yonildizlar o‘sib chiqadi va
o‘q ildiz tizimi hosil
bo‘ladi. O‘q ildiz tizimi ko‘pchilik ikki urug‘pallali o‘simlik larga
xos.
Bir urug‘pallali o‘simliklarda urug‘ murtagidagi bosh-
lang‘ich ildiz rivojlanishdan to‘xtaydi. Natijada urug‘ murta-
gining boshlang‘ich poyasidan qo‘shimcha ildizlar, ulardan esa
yonildizlar o‘sib chiqadi va
popuk ildiz tizimi hosil bo‘ladi.
Ildizning uchki qismidagi bo‘linuvchi qism shikastlansa,
uning bo‘yiga o‘sishi to‘xtaydi va yonildizlarning hosil bo‘li-
shi kuchayadi. Pomidor, karam, bulg‘or qalampiri kabi o‘sim
-
liklardan mo‘l hosil olishda o‘simliklarni urug‘dan o‘stirib,
keyin boshqa joyga ko‘chirib o‘tqazishdan avval ildizning uch
-
ki qismini chilpib tashlaydilar (
3.4–3.5-rasmlar ).
O‘simliklarning boshqa organlari singari ildiz ham kislo
-
rod bilan nafas oladi. Shuning uchun o‘simlik ekilgan tuproqni
yumshatib turish zarur.
qo‘shimcha ildiz
yon ildizlar
asosiy ildiz
yon ildizlar
3.3-rasm. Begoniyaning
qo‘shimcha ildizi.
3.2-rasm. Ildiz turlari.
3.5-rasm .
Ildizning uchki qismini
chilpib tashlagandan so‘ng.
3.4-rasm .
Ildizning uchki qismini
chilpib tashlangungacha.
50
Ayrim o‘simliklarda ildiz qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashishi natijasida