54
Topshiriq
. Lupa yordamida kurtakning ichki tuzilishini o‘rganing va rasmini chizing.
3.3. AMALIY MASHG‘ULOT
VEGETATIV ORGANLAR METAMORFOZINI O‘RGANISH
Maqsad:
shakli o‘zgargan ildiz va novdaning turlari, ularning o‘simlik hayotidagi ahami-
yatini o‘rganish.
Bizga kerak:
sabzi ildizmevasi, kartoshka tugunagi, piyozbosh, yod, paxtali tayoqcha, suv
solingan idish.
Xavfsizlik qoidalari:
Shakli o‘zgargan ildiz va novdalar o‘simliklarni noqulay
tashqi muhitdan saqlaydi, o‘zida
oziq moddalar to‘playdi va ularning vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi uchun xizmat qiladi.
Ildizmevalar
– asosiy ildiz shakli o‘zgarib, yo‘g‘onlashuvidan hosil bo‘ladi. Ildizmevada za-
xira oziq modda to‘planadi. Ildizmevaning hosil bo‘lishida novdaning pastki qismi va asosiy
ildiz ishtirok etadi.
Boshpiyoz, lola, boychechakning piyozi – shakli o‘zgargan novda,
tashqi tomondan quruq
qobiq (shakli o‘zgargan barglar) bilan o‘ralgan. Bu qobiq uni yozda issiqdan va qishda
sovuqdan saqlaydi.
Agar u uzunasiga kesib qaralsa, tubida qisqargan kalta poyacha borligini
ko‘rish mumkin. Piyozning tubidagi kalta poyacha asosidan qo‘shimcha ildizlar hosil bo‘ladi.
Poyachada seret qobiqlar (shakli o‘zgargan barglar), kurtaklar joylashgan. Piyozning ana shu
seret barglari shakli o‘zgargan barglar bo‘lib, ularning hujayralarida oziq moddalar to‘planadi.
Piyozdagi fitokimyoviy
modda immunitetni mustahkamlab, virus va bakteriyalardan himoya
qiluvchi oqsillarning ajralishini jadallashtiradi.
Kartoshkaning tugunagi ham shakli o‘zgargan yerosti novdasi bo‘lib, yerosti poyasidan hosil
bo‘ladi. U ko‘p miqdorda oziq moddalar (kraxmal)
saqlaydi, ichki tuzilishi jihatidan novdaga
o‘xshaydi. Tugunaklaridagi chuqurchalarda – ko‘zchalarida kurtaklar joylashgan.
Tugunaklar
issiq, sernam sharoitda tez ko‘karadi. Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o‘sib chiqadi.
Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini
ko‘rish mumkin. Kraxmal boshqa o‘simliklar singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakar
-
ga aylanadi va po‘stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan
kraxmalga aylanadi va to‘planadi.
Dostları ilə paylaş: