56
3.4. O‘SIMLIKLARNING GENERATIV ORGANLARI. GUL
MUAMMONI ANIQLAYMIZ.
Gulli o‘simliklarning eng
buyuk kashfiyoti – gul. O‘simlik
hayotida gul qanday aha-
miyatga ega?
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Gul – yopiq urug‘li
o‘simliklarning generativ organi. Generativ organlar o‘simliklarning ko‘payishiga xizmat qiladi.
Gul
– shakli o‘zgargan novda. U gulband, gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil top
-
gan. Gul novdaga gulband bilan birikadi. Gulbandning kengaygan yuqori qismi – gulo‘rinda
gulning barcha qismlari joylashadi.
Gulqo‘rg‘on gulkosa va gultojdan iborat. Gulkosa ko‘pincha yashil kosachabarglar (shakli
o‘zgargan barglar)dan tashkil topgan bo‘lib, gulni tashqi tomonidan o‘rab turadi. Gultoj gulko
-
sa ichida joylashgan rangli tojibarglar yig‘indisidir. Gulqo‘rg‘on ichida changchi va urug‘chi
joylashgan
(3.15-rasm)
.
Gulqo‘rg‘on turlari
Tol, terak, tut, yong‘oq kabi o‘simliklar gulining gulqo‘rg‘oni yo‘qolib ketgan yoki tangacha
-
ga aylangan.
Changchi changdon va changchi ipidan tashkil topgan. Changchi iplari changdonni gulo‘rin
-
ga biriktirib turadi. Changdonda ko‘plab chang donalari yetiladi. Urug‘chi – bir yoki bir nechta
mevabarg (shakli o‘zgargan barg)dan hosil bo‘lgan organ. Urug‘chi tuguncha, ustuncha va tum
-
shuqchadan iborat. Tuguncha ichida urug‘kurtak, urug‘kurtakda esa murtak xalta joylashgan.
Murtak xaltada tuxum hujayra va markaziy hujayra yetiladi.
Gul • Gulqo‘rg‘on •
Changchi • Urug‘chi • Gul
diagrammasi • Gul formulasi
Dostları ilə paylaş: