55
fasini bajaradi. Ilashib o‘suvchi o‘simliklarda poya (tok, qovoq, bodring) yoki barg lar (no‘xat,
loviya) jingalaklarga aylangan.
Ishni bajarish tartibi:
1. Ildizmevaning kichik bo‘lakchasi o‘zida oziq modda saqlashini ko‘rish
uchun qu yidagi
tajribani o‘tkazamiz.
Sabzi ildizmevasining o‘tgan yilgi barg qoldiqlari va novdaning pastki qismi saqlanib qolgan
yuqori qismidan kichik bo‘lakcha kesib oling va suv solingan idishga rasmda ko‘rsatilgandek
joylashtiring.
Bir necha kundan so‘ng yashil novdaning o‘sib chiqishini kuzating.
2. Kartoshka tugunagini quyosh nuri tushib turgan derazaga qo‘ying.
Bir necha kundan
keyin uning rangi o‘zgarishini kuzating. Tugunak kesilganda uning
ichki qismi yashil rangga
kirganini ko‘rish mumkin. Tugunakning yashil rangga kirishining sababini guruhda muhoka-
ma qiling.
3. Kartoshka tugunagini bir necha kun issiq xonada saqlang. Tugunakda qanday o‘zga rishni
kuzatdingiz?
4. Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi
kuchsiz
yod eritmasi tomizing, tugunak rangi asta-sekin ko‘karishini kuzating.
Tajriba nati
-
jasini guruhda muhokama qiling.
5. Boshpiyozning piyozini uzunasiga kesing. Quruq qobiqlar ostidagi sersuv barglarni, ular
orasida joylashgan kurtaklarni kuzating. Piyozboshning novda ekanini ko‘rsatuvchi belgilarini
aniqlang va guruhda muhokama qiling.
Kartoshkaning tugunagi va boshpiyozning piyozida oziq moddalar novdaning qaysi qismida
to‘planadi?
Dostları ilə paylaş: