I. M. Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti katta



Yüklə 121,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/176
tarix24.12.2023
ölçüsü121,16 Kb.
#191460
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   176
Biologiya 7 uzb 2022

Bilish va tushunish
1. O‘simlik organizmi qanday organlardan tashkil topgan? 
2. Ildiz kelib chiqishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
3. Ildiz tizimi deb nimaga aytiladi? 
Qo‘llash
. Tuproqni yumshatishning ildiz va hosil uchun ahami
-
yati nimadan iborat?
Tahlil
. Sabzi o‘simligi uchun ildizmevaning qanday ahamiyati 
bor?
Sintez
. Rasmda tasvirlangan agrotexnik usulning mohiyati va 
ahamiyati nimada? Tuproq tortilganda qanday ildiz hosil bo‘ldi? 
Baholash
. Ildiz novdaning qaysi qismidan o‘sadi va buni qan-
day isbotlash mumkin? 
Topshiriq
Shakli o‘zgargan ildizga ega 
o‘simliklar haqida qo‘shimcha 
ma’lumotlar to‘plang va guruh da 
muhokama qiling.
Yonildizlar
Asosiy ildiz
Qisqargan
poya
3.6-rasm.
Lavlagi o‘simligi 
ildizmevasi.
3.7-rasm.
Banyan o‘simligi 
tayanch ildizlari.
3.8-rasm.
Orxideya o‘simligi 
havo ildizlari.


51
3.2. NOVDA
MUAMMONI ANIQLAYMIZ. 
Batat va kartoshka tugu-
nagida oziq modda to‘planadi. Lekin nima uchun batatning 
tugunagi ildiz, kartoshkaning tugunagi novda hisoblanadi? 
Bunga qanday dalillar keltirish mumkin? 
YANGI BILIMLARNI KASHF ETAMIZ.
Novda o‘simliklar ning 
yerusti organi bo‘lib, poya hamda unda joylashgan barg va kur-
taklardan iborat 
(3.9-rasm)
.
Poya novdaning o‘zak organi hisoblanadi. Poya ildiz orqali 
shimib olingan suv va unda erigan mineral moddalarni hamda 
barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalarni 
o‘tkazadi. Poyalar fotosintez, oziq modda to‘plash funksiyalarini 
ham bajaradi, vegetativ ko‘payishga xizmat qiladi. Poyaning barg 
va yonkurtaklar joylashgan qismi 
bo‘g‘im
, qo‘shni bo‘g‘imlar ora
-
si 
bo‘g‘im oralig‘i
deyiladi. Poyalar ichki tuzilishiga ko‘ra yog‘och 
poya (terak, qayrag‘och) va o‘t poya (arpa, ituzum)ga bo‘linadi.
O‘sish yo‘nalishiga ko‘ra poyalar xilma-xil. Tik o‘suvchi po-
yalar (olma, bug‘doy)da mexanik to‘qima yaxshi rivojlangani 
uchun vertikal yo‘nalishda o‘sadi. O‘raluvchi poyalar atrofdagi 
o‘simlik yoki bironta tayanchga o‘ralib oladi. Tok, qovoq, bodring 
va no‘xat gajaklari yordamida ilashib o‘sadi. O‘rmalovchi poyalar 
(qulupnay, g‘ozpanja) qo‘shimcha ildizlar chiqarib o‘sadi.

Yüklə 121,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin