Kambalasimon muskul (m. soleus) boldir muskulining ostida joylashgan
bo‘lib, kichik boldir suyagining tepa qismidan boshlanadi. Uning muskul qismi
boldirning o‘rtalarida payga aylanib, tovon payiga qo‘shiladi hamda tovon
suyagining o‘sig‗iga yopishadi.
Tovon (
oyoq kafti )
muskuli (m. plantaris) son suyagining taqim Yuzasidan,
tizza Bo‗g‗imi kapsulasidan boshlanib, so‘ngra uzun payga aylanadi va pastda tovon
suyagining do‘mbog‗iga yopishadi. Bu muskul ba‘zan uchramaydi.
F u n k s i y a s i. Bu muskullar tizza Bo‗g‗imini bukadi, Bo‗g‗im kapsulasini
tortadi. Oyoq kaftlarini bir-biriga yaqinlashtiradi. Odamning tik turishini ta‘minlaydi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. tibialis (LV–SII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.
Chuqur qavat .
Barmoqlarni bukuvchi uzun muskul (m. flexor digitorum
longus) katta boldir suyagining orqa Yuzasidan boshlanib, boldirning pastki qismida
to‘rtta payga bo‘linadi va II–V barmoqlarning distal falangalariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini va II–V barmoqlarni bukadi, boshqa muskullar
hamkorligida oyoq uchida turishda qatnashadi. Odam Yurganda barmoqlarni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. tibialis (LV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.
Katta boldir orqa muskuli (m. tibialis posterior), boldirning orqa Yuzasida
chuqur joylashgan bo‘lib, boldir suyaklari, suyaklararo membranadan boshlanadi,
qayiqsimon suyakning – tuberositas ossis navicularis va ponasimon suyakka, II–IV
oyoq kaft suyaklariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Oyoq panjasini bukadi. Oyoqning kaft yoyini saqlaydi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. tibialis (LV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior.
Bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor hallucis longus) ikki patli
bo‘lib, kichik boldir suyagi orqa Yuzasining pastki qismi va suyaklararo pardadan
boshlanib, payi oyoq kaftida joylashgan shu muskul nomidagi egat orqali bosh
barmoqning tirnoq falangasiga borib yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. tibialis (LIV–SII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis posterior, a. peronea.