Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) katta
boldir suyagining lateral do‘ngi, suyaklararo parda va boldir fassiyasidan boshlanib,
to‘rtta payga ajraladi, lateral tomondagi pay kanali orqali o‘tib, II–V barmoqlarning
dorsal Yuzalariga yopishadi. Bu muskulning pastki qismida (lateral tomondan) kichik
muskul tutami ajraladi va m. peroneus fibularis (tertius) nomli muskul tutami V kaft
suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panja va barmoqlarni yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. peroneus profunda (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.
Boldir va oyoq panjasi muskullari va fassiyasi.
1–m. vastus medialis; 2–lig. patellae; 3–m. triceps surae; 4–margo anterior; 5–m.
tibialis anterior; 6–retinaculum mm. extensorum superius; 7–malleolus medialis; 8–
fascia dorsalis pedis; 9–tendo m. extensoris hallucis longi; 10–tendunes m. extensoris
digitorum longi; 11–retinaculum extensorum inferius; 12–malleolus lateralis; 13–m.
extensor digitorum longus; 14–mm. peronei (mm. fibularis); 15–fascia cruris; 16–
integumentum commune; 17–caput fibulae; 18–bursa subcutanea prepatellaris.
Bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m. extensor hallucis longus) kichik
boldir suyagining medial Yuzasi, suyaklararo pardadan boshlanib, pastda –
retinaculum mm. extensorum inferius ostidan o‘tib, bosh barmoqning birinchi va
ikkinchi falangalariga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani va bosh barmoqni yozadi, oyoq kaftining ichki
tomonini ko‘taradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. peroneus profundus (LIV–V–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. tibialis anterior.
Orqa guruh . Bu muskullar Yuza va chuqur qavat bo‘lib joylashadi.
Yu z a q a v a t. Boldirning uch boshli muskuli (m. triceps surae) boldir muskuli
va kambalasimon muskuldan tuzilgan bo‘lib, teri ostida Yuza joylashadi.
Boldir muskuli (m. gastrocnemius) ikki boshli bo‘lib, ular tizza Bo‗g‗imi
kapsulasi, katta boldir suyagining medial va lateral do‘ng o‘siqlaridan boshlanadi va
boldirning o‘rtalarida kuchli payga aylanib, kambalasimon muskul payiga qo‘shilgan
318
holda tanada eng kuchli tovon payi (Axill payi – tendo calcaneus Achillis) nomi bilan
tovon suyagi o‘sig‗iga yopishadi.