Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Mashinachilar muskuli 
(m. sartorius) Yonbosh suyagining oldingi Yuqori 
o‘sig‗i (spina iliaca anterior superior) dan boshlanib, katta boldir suyagining g‗adir-
budur do‘mbog‗i (tuberositas tibia) ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Tizza Bo‗g‗imida boldirni, Chanoq Bo‗g‗imida sonni bukib 
ichkariga buradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. femoralis (LII–IV) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoralis lateralis, a. genus suprema, a. 
femoralis. 


314 
Medial guruh
. Taroqsimon muskul (m. pectineus) qov suyagining o‘tkir qirrasi 
– lig. pubicum superius dan boshlanib, shu suyakning qirrali chizig‗i (linea pectinea) 
ga yopishadi. Taroqsimon muskul bilan m. iliopsoas oralig‗ida uchburchak shaklli 
chuqurcha (fossa iliopectinea) hosil bo‘ladi. 
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LII–III) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. pudenda externa, a. profunda femoris. 
Sonni yaqinlashtiruvchi uzun muskul (m. adductor longus) qov suyagidan 
boshlanib, son suyagi g‗adir-budur chizig‗ining ichki labiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. pudenda externa. 
Sonni yaqinlashtiruvchi katta muskul (m. adductor magnus) qov va quymich 
suyaklari –tuber ischiadicum dan boshlanib, son suyagining g‗adir-budur chizig‗iga 
yopishadi. Muskulning tepa qismi ko‘ndalang yo‘nalgan bo‘lib, unga sonni 
yaqinlashtiruvchi kichik muskul (m. adductor minimus) deyiladi. 
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria. a. pudenda externa.
Sonni 
yaqinlashtiruvchi kalta 
muskul 
(m. 
adductor brevis). 
Sonni 
yaqinlashtiruvchi katta muskul tagida joylashgan bo‘lib, qov suyagidan boshlanib son 
suyagi g‗adir-budur chizig‗ining tepa qismiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi. 


315 
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes. 
Nozik (ingichka) muskul (m. gracilis) sonning medial tomonida teri ostida 
joylashib, qov suyagining pastki qismidan boshlanadi va boldir suyagining g‗adir-
budur do‘mbog‗i (tuberositas tibiae) ga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Sonni bir-biriga yaqinlashtiradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LIII–IV) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, aa. perforantes. 
Orqa guruh 
(115). Ikki boshli son muskulining (m. biceps femoris) uzun 
boshchasi (caput longum)– quymich suyagining shu nomli do‘mbog‗i (lig. 
Sacrotuberale dan, kalta boshchasi (caput brevis) esa son suyagi g‗adir-budur 
chizig‗ining lateral labi – septum intermusculare laterale femoris dan boshlanib
ikkala boshcha birlashgan holda kichik boldir suyagining boshchasiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Sonni yozadi; boldirni bukib tashqariga buradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. ischiadicus (LIV–V–SI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. circumflexa femoris medialis, aa. perforantes. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin