Ichki yopqich muskul (m. obturatoris internus) Yonbosh suyagining yopqich
teshigi atrofidan va yopqich pardaning Yuzasidan boshlanadi, kichik quymich
teshikdan tashqariga chiqib, spina ishiadica orqali davom etadi, so‘ngra sonning katta
ko‘stidagi –fossa trochanterica ga yopishadi. Muskulning burilgan joyida muskul
bilan spina ischiadica oralig‗ida sinovial xalta (bursa ischiadica musculi obturatorii
interni) joylashadi.
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: rr. musculares (pl. sacralis) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea inferior, a. obturatoria, a. pudenda interna.
Ustki va ostki egizak muskullar (mm. gemellus superior et inferior) quymich
do‘mbog‗i (tuber ischii) va o‘sig‗i (spina ischiadica) dan boshlanib, ichki yopqich
muskul payi ustida va pastida joylashib, u bilan tashqariga chiqadi va fossa
trochanterica ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: rr. musculares (LIV–SIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea inferior, a. obturatoria, a. pudenda interna.
Sonning to‟rt burchakli muskuli (m. quadratus femoris) egizak muskullar
oralig‗ida joylashgan quymich do‘mbog‗i (tuber ischii) dan boshlanib, sonning
ko‘stlararo g‗adir-buduriga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga tortadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. ischiadicus (LIV–SI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea inferior, a. circumflexa femoris medialis, a.
obturatoria.
Tashqi yopqich muskul (m. obturatorius externus) yopqich teshik va uning
membrana tashqi Yuzalaridan boshlanib, Chanoq-son Bo‗g‗imi kapsulasining orqa va
pastidan o‘tib, son suyagining katta ko‘st chuqurchasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. obturatorius (LIII–SIV) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. obturatoria, a. circumflexa femoris lateralis.