Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Qo‟l topografiyasi
. Fossa axillaris – qo‘ltiq osti chuqurchasini oldindan katta va 
kichik Ko‗krak muskullari (mm. pectoralis major et minor), orqadan orqaning serbar 
muskuli (m. latissimus dorsi), katta va kichik dumaloq muskullar (mm. teres major et 
minor), kurak osti muskuli (m. subscapularis) chegaralaydi. Medial tomondan tishli 
muskul (m. serratus anterior), lateral tomondan yelka suyagi, yelkaning ikki boshli 
muskuli (m. biceps brachii), tumshuqsimon yelka muskuli (m. coracobrachialis) 
chegaralaydi. O‗mrov suyagi bilan birinchi qovurg‗a orasida joylashgan qo‘ltiq 
sohasining tepa bo‘shlig‗i (apertura superior) bo‘yinni qo‘ltiq osti bo‘shlig‗i bilan 
qo‘shib turadi. Qo‘ltiq osti chuqurida (fassiyasida qo‘ltiq osti arteriyasi va venasi) 
limfa tugunlari joylashgan. 
Qo‘ltiq osti chuqurining oldingi devori uchta uchburChakka ajratilgan. 
1. 
O„mrov
-
Ko„krak uchburchagi 
(trigonum clavipectorale) tepadan o‗mrov 
suyagi, pastdan m. pectoralis minor ning tepa qirrasi bilan chegaralanadi. 
2. 
Ko„krak uchburchagi 
(trigonum pectorale) Ko‗krakning kichik muskuli 
sathiga to‘g‗ri keladi. 
3. 
Pastki uchburchak 
(trigonum subpectorale) tepadan Ko‗krakning kichik 
muskuli, pastdan katta muskulining pastki qirralari chegaralab turadi. Bu 
uchburchaklar qo‘ltiq bo‘shlig‗ida joylashgan nerv chigallari va qon tomirlarining 
yo‘nalishini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Qo‘ltiq osti chuqurchasining orqa 
devorida ikkita teshikcha bo‘lib, biriga to‘rt qirrali (foramen quadrilaterum), 
ikkinchisiga uch qirrali (foramen trilaterum) teshikcha deyiladi. Teshikchalar tepadan 
kurak osti muskuli (m. subscapularis), pastdan katta dumaloq muskul (m. teres major) 
bilan chegaralanadi. Bu bo‘shliq o‘rtasidan yelkaning uch boshli muskuli (m. triceps 
brachii) uzun boshi o‘tishi natijasida to‘rt qirrali va uch qirrali teshiklar paydo 
bo‘ladi. To‘rt qirrali teshik (foramen quadrilaterum)ning lateral devorini yelka 
suyagining xirurgik bo‘yni, medial devori uch boshli muskulining uzun boshi, 
tepadan kurak osti muskulining pastki qirrasi, pastdan esa katta dumaloq muskul 


309 
chegaralaydi. Uch qirrali teshikning lateral devorini uch boshli muskulning uzun 
boshi, tepadan kurak osti muskulining pastki qirrasi, pastdan esa katta dumaloq 
muskul chegaralaydi. 
Yelkaning ikki boshli muskuli Yonboshida medial va lateral egatchalar (sulcus 
bicipitalis medialis et lateralis) joylashgan. Medial egatchadan yelka arteriyasi bilan 
venasi va oraliq nervi o‘tadi. Yelkaning orqa sohasida uch boshli muskul bilan yelka 
suyagining aylanma joylashgan bilak egati (sulcus radialis) bor, uning orasida bilak 
nervi kanali (canalis nervi radialis yoki canalis humeromuscularis) joylashgan bo‘lib, 
chiqish teshigi yelkaning pastki qismida bo‘ladi. Kanaldan bilak nervi, yelkaning 
chuqur arteriyasi va venasi o‘tadi.
Tirsak chuqurchasi (fossa cubitalis) ning tubini va tepa chegarasini yelka 
muskuli (m. brachialis) lateral tomondan yelka-bilak muskuli (m. brachioradialis), 
medial tomondan esa dumaloq pronator (m. pronator teres) chegaralab turadi. Bu 
chuqurchadan yelka arteriyasi, venasi va oraliq nervi o‘tadi. Chuqurcha sohasida, teri 
ostidan o‘tadigan venadan amaliyotda har xil dorilarni vena qon tomiriga quyish 
uchun foydalaniladi. 
Bilakda yelka muskuli (m. brachialis) bilan kaftni bilak tomonga bukuvchi 
muskul (m. flexor carpi radialis) oralig‗ida bilak egati (sulcus radialis) bor. Tirsak 
tomonda kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul (m. flexor carpi ulnaris) bilan 
panjani bukuvchi Yuza muskul (m. flexor digitorum superficialis) oralig‗ida tirsak 
egati (sulcus ulnaris) joylashgan. O‘rta egat (sulcus medianus) esa m. flexor 
digitorum superficialis bilan kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul oralig‗ida 
bo‘ladi. Bilak va tirsak egatlaridan shu nomli arteriya, vena va nervlar o‘tadi, oraliq 
egatida oraliq nervi joylashadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin