308
suyak-do‘mboq kanalcha mavjud bo‘lib, undan pay qinlar (vaginae tendinum)ga
o‘ralgan 6 ta fibroz kanalchalar o‘tadi. Birinchi kanaldan (bosh
barmoq tomonidan
hisoblaganda) m. extensor pollicis, m. adductor pollicis longi paylari,
ikkinchi
kanaldan mm. extensores carpi radialis longus et brevis paylari,
uchinchi kanaldan
(oldingi kanallarga nisbatan kesishib joylashgan) m. extensor pollicis longus payi,
to‘rtinchi kanaldan m. extensor digitorum va m. extensor indicis, beshinchi kanaldan
m. extensor
digiti minimi va oxirgi, oltinchi kanaldan m. extensor carpi ulnaris
paylari o‘tadi.
Kaft sohasidagi fassiya
bosh barmoq va jimjiloq tomonidagi muskullarni o‘rab
turadi. Kaft o‘rta chuqurchasini esa keng uchburchak shaklli kaft aponevrozi yopadi,
uning uchi to‘rtga bo‘linib, barmoqlarga tarqaladi. Barmoqlarga bo‘lingan
aponevrozlar oralig‗ida ko‘ndalang fassiyalar (fasciculi transversi) tortilgan.
Panjaning
kaft tomonida, aponevroz ostida ko‘ndalang boylam va ikkita fibroz
kanalcha bo‘lib, ularning biridan pay qiniga o‘ralgan
bosh barmoqni bukuvchi
muskul o‘tsa, ikkinchisidan panjalarni bukuvchi muskul paylari o‘tadi. Pay qinlarida
sinovial suYuqlik bo‘lganidan muskullar qisqarganda ular ravon sirg‗aladi. Pay
(sinovial) qinlar kaftning o‘rtasida (jimjiloqqa boruvchi paydan tashqari) tugaydi.
Jimjiloq tomondagi sinovial qin tirnoq falangalarigacha davom etadi. II–V
barmoqlarga boruvchi muskul paylarining har biri alohida fibroz qinga egadir.
Dostları ilə paylaş: