Chuqur qavat muskullari. Supinatsiya qiluvchi muskul (m.supinator) bilakning tepa va lateral tomonida,
m. brachioradialis ostida joylashadi. Yelka suyagining lateral g‗adir-budur
do‘mboqchasi – lig. collaterale radiale dan boshlanib, bilak suyagi Yuqori qismining
orqa sathi – tuberositas radii ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bilakni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. recurrens radialis, a. recurrens interossea, a. radialis.
Bosh barmoqni olib qochuvchi uzun muskul (m. abductor pollicis longus) –
bilak suyaklarining orqa Yuzasidan boshlanib, retinaculum extensorum (yozuvchi
muskul ushlagichi) ostidan o‘tadi va bosh barmoqning birinchi falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni qolgan barmoqlardan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i:
n. radialis (CVI–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. interossea posterior, a. radialis.
Bosh barmoqni yozuvchi uzun va qisqa muskullar (m.extensor pollicis
longus et brevis) bilak suyagi orqa Yuzasining o‘rta qismidan boshlanib, kalta
muskul payi bosh barmoqning birinchi falangasiga, uzuni esa tirnoq falangasiga
yopishadi.
Bilak-kaft Bo„g„imi sohasida (bosh barmoq tomonda) m. extensor pollicis
longus bilan mm. extensor pollicis brevis et abductor pollicis longus lar oralig‗ida
anatomik chuqurcha mavjud bo‘lib, tamaki chuqurchasi (anatomicheskaya tabakerka)
ham deyiladi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni orqaga tortadi.
Bilakning orqa Yuza muskullari.
1–m. brachioradialis; 2–m. extensor carpi radialis longus; 3–m. extensor carpi
radialis brevis;4–m. extensor digitorum; 5–m. abductor pollicis longus; 6–m. extensor
pollicis brevis; 7–m. extensor pollicis longus; 8–tendines m. extensoris digitorum; 9–
connexus intertendineus; 10–m. extensoris digiti minimi; 11–tendi m. extensoris
indicis; 12–retinaculum extensorum; 13–m. extensor carpi ulnaris; 14–m. extensor
digiti minimi; 15–m. flexor carpi ulnaris; 16–m. anconeus; 17–olecranon; 18–m.
triceps brachii.
305
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. interossea posterior, a. radialis.