Panjani yozuvchi kalta bilak muskuli
(m.extensor carpi radialis brevis) –
yelka suyagining lateral g‗adir-budur do‘mboqchasi (epicondylus lateralis) tirsak
Bo‗g‗imi kapsulasidan boshlanib, III kaft suyagining orqa sathiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani yozadi va tanadan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. collateralis radialis, a. recurrens radialis, a. radialis.
BILAKNING ORQA GURUH MUSKULLARI
Yuza qavat muskullari.
Panjani yozuvchi muskul
(m. extensor digitorum). Bu muskul panjaning bilak
va tirsak yozuvchi muskullari orasida joylashgan bo‘lib, yelkaning lateral g‗adir-
303
budur do‘mboqchasi (epicondylus lateralis) va bilak fassiyasidan boshlanadi.
Bilakning o‘rta qismida to‘rtta payga ajraladi va retinaculum extensorum (yozuvchi
muskul ushlagichi) tagidan o‘tib, panja sohasida ularning har biri uchtadan paychaga
ajraladi. O‘rta qismi II–V barmoqlarning ikkinchi falangalariga yopishadi. V
barmoqqa boruvchi bu muskul jimjiloqning yozuvchi muskuli (m. extensor digiti
minimi) deb ham ataladi.
F u n k s i y a s i: II–V barmoqlarni va kaftni yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.
Panjani yozuvchi tirsak muskuli
(m. extensor carpi ulnaris) yelka suyagining
g‗adir-budur do‘mboqchasi, tirsak suyagining orqa sathidan boshlanib, retinaculum
extensorum (yozuvchi muskul ushlagichi) ostidan o‘tadi va kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani tirsak tomonga tortib yozadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVI–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.
|