Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Dumbaning o‟rta muskuli 
(m. gluteus medius) dumba katta muskuli ostida 
joylashgan bo‘lib, Yonbosh suyagining tashqi Yuzasi (oldingi va orqa dumba 
chiziqlari oraliq sathi) dan boshlanib, son suyagining katta ko‘stiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskulning orqa tutamlari qisqarsa, oyoq tashqariga, oldingi 
tutamlari qisqarsa, son ichkariga buriladi, o‘rta tutamlari qisqarsa, oyoqlar bir-biridan 
uzoqlashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. gluteus superior (LIV–SI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea superior, a. circunflexa femoris lateralis. 
Dumbaning kichik muskuli 
(m. gluteus minimus) dumba o‘rta muskulining 
ostida joylashadi, Yonbosh suyagining tashqi Yuzasi (o‘rta pastki dumba chiziqlari 
oraliq sathi)dan boshlanib, son suyagining katta ko‘stiga yopishadi. Katta ko‘st bilan 
muskul oralig‗ida sinovial xalta (bursa trochanterica) joylashgan. 
F u n k s i y a s i. Sonni tashqariga buradi, son-Chanoq Bo‗g‗imini yozadi, 
engashgan gavdani to‘g‗rilaydi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. gluteus superior (LIV–V–SI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea superior, a. circumflexa femoris lateralis. 
Sonning serbar fassiyasini taranglashtiruvchi muskul 
(m. tensor fasciae 
latae) Yonbosh suyagining oldingi tepa o‘tkir o‘sig‗idan boshlanib, sonning serbar 
fassiyasiga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Sonning serbar fassiyasini tarang qiladi, binobarin tizza 
Bo‗g‗imini mustahkamlaydi, sonni bukadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. gluteus superior (LIV–SI)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea superior, a. circumflexa femoris lateralis. 
Noksimon muskul 
(m. piriformis) dumg‗aza suyagining Chanoq Yuzasidan 
boshlanib, katta quymich teshigi orqali tashqariga chiqadi va sonning katta ko‘stiga 
yopishadi. Bu muskul foramen ischiadicum ni to‘la qoplamaydi. Shuning uchun 


311 
muskulning ustki va pastki qismlarida qon tomir va nervlar o‘tadigan bo‘shliqlar 
qoladi. 
F u n k s i y a s i. Sonni tashqi tomonga buradi, bir oyoqni ikkinchisidan 
uzoqlashtiradi. 
I n n e r v a t s i y a s i: rr. musculares (SI–III) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea superior et inferior. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin