Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №16 
Chanoq va son sohasidagi mushaklari, fassiyalari. Boldir sohasining va oyoq 
panjasi mushaklari va fassiyalari.
Chanoq va son sohasidagi mushaklari, 
fassiyalari. Boldir sohasining va oyoq panjasi mushaklari va fassiyalari. 
Chanoq tana bilan deyarli harakatsiz birlashganligi sababli muskullar faqat 
Chanoq-son Bo‗g‗imiga aloqador bo‘lib, ikki (oldingi va orqa) guruhlarga ajralib 
joylashgan. 
Oldingi guruh Yonbosh
-
bel muskuli 
(m. iliopsoas) ikki boshli bo‘lib, katta 
(beldan boshlanuvchi) boshcha (m. psoas major) XII Ko‗krak va I–IV bel 
umurtqalaridan va umurtqalararo tog‗aylardan boshlanadi, ikkinchi Yonbosh 
boshchasi (m. iliacus) esa Yonbosh suyagining shu nomli chuqurchasi (fossa iliaca, 
spina iliaca anterior, superior et inferior) dan boshlanadi. Ikkala muskul boshchalari 
o‘zaro birlashib, m. iliopsoas ni hosil qiladi va Chov boylamining osti (lacuna 
musculorum) dan o‘tib, son suyagining kichik ko‘stiga yopishadi. 
F u n k s i y a s i. Sonni bukadi va qisman tashqariga buradi. Oyoq qimirlamay 
turganda gavdani bukishda qatnashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: rr. musculare plexus lumbalis (LI–IV) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. iliolumbalis, a. circumflexa ilium profunda.


310 
Kichik bel muskuli 
(m. psoas minor) XII Ko‗krak va I bel umurtqalari tanasi va 
umurtqa oraliq tog‗aylardan boshlanib, fascia iliaca ga qo‘shilib ketadi. Bu muskul 40 
foiz odamlarda uchramaydi.
F u n k s i y a s i. Fassiyani taranglatadi va belni bukishda qatnashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: rr. musculares (LI–II) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. lumbales. 
Orqa guruh muskullari 
. Katta dumba muskuli (m. gluteus maximus) katta 
hajmli bo‘lib, teri ostida joylashadi. Yonbosh suyagining tashqi Yuzasi va fascia 
thoracolumbalis dan, linea glutea posterior dan, dumg‗aza va dumsimon suyaklar 
Yonbosh Yuzasidan, lig. sacrotuberale dan boshlanib, pastga yo‘naladi va trochanter 
major ustidan o‘tib, tuberositas glutea ga yopishadi. Muskul bilan trochanter major 
oralig‗ida sinovial xaltacha (bursa trochanterica) joylashgan. Muskulning bir qismi 
son fassiyasiga qo‘shilgan holda son fassiyasi taranglashuvida qatnashadi. 
F u n k s i y a s i. Qisqarganda m. iliopsoas ga qarama-qarshi son-Chanoq 
Bo‗g‗imini yozadi, sonni tashqariga buradi. Oyoqlar qimirlamay turganda engashgan 
gavdani to‘g‗rilaydi, odamning tik turishida qatnashadi. 
I n n e r v a t s i y a s i: n. gluteus inferior (LV–SI) dan. 
Q o n t o m i r l a r i: a. glutea superior et inferior, a. circumflexa femoris 
medialis.

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin